Tojikiston milliy unversiteti talaba qizlarning tashqi ko’rinishlarini yana bir bora “tartibga keltirishga” kirishdi. Navbatdagi ta’qiqqa uzun ko’ylak va keng yubkalar tushdi.
Tojikiston Milliy universiteti rahbariyati ikkinchi kundirki talaba qizlarga darslarga uzun ko’ylak, yubka va keng shimlarda kelishni ta’qiqlamoqda.
O’tgan payshanba kuni unversitet o’qituvchilari talaba qizlarni darvoza oldida kutib olib, talaba qizlar bundan buyon mashg’ulotlarga faqatgina G’arb standartlariga mos bo’lgan yubka yoki ko’ylakda (tizzadan sal pastroq bo’lgan) yohud milliy ko’ylakda kelishlari shartligi haqida ogohlantirib chiqqan edi.
Milliy unversitet talabasi bo’lgan Shaxnozaning so’zlariga ko’ra, o’tgan hafta tarbiyaviy ishlar bo’yicha rektor muovini hamda besh fekultet dekani o’rinbosarlari darvoza oldida turib olib, undan bundan buyon mashg’ulotlarga uzun ko’ylakda kelmaslikni talab qilishgan. “Ular menga, uzun ko’ylak kiyish shart emas, biz Turkiyada yashayotganimiz yo’q, deyishdi”, – dedi talaba qiz.
Yana bir talaba Xangomaning aytishicha, uni ham unversitetga uzun ko’ylakda kelmaslik haqida ogohlantirishgan.
“Ular menga nima uchun mashg’ulotlarga uzun yubka yoki keng shimda kelmasligim kerakligini xatto tushintirib ham o’tirishmadi. Avvallari bosh kiyimga osilishar edi, endi bo’lsa uzun ko’ylak va keng yubkalarni ta’qiqlashmoqda. U holda biz mashg’ulotlarga nima kiyib kelamiz”, – dedi o’z xayronligini yashira olmagan Xangoma.