Bosh vazir Qirg’iziston aholisiga murojaat qilmoqchi

438
0

2063Chorshanba kuni Bishkekda bo’lib o’tgan selektor yig’ilishida bosh vazir Jo’mart O’torbaev To’qto’g’ul suv omborida suvning etishmayotganligi bois mamlakat aholisiga murojaat qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

“Qish og’ir keladi! Bugungi selektor yig’ilishidan so’ng murojaat matni tayyor bo’ladi. Barcha muammolarni aytib rasman murojaat qilamiz. Xalqqa ochiq aytmog’imiz darkor, agarda biz limitni oshirib yuborsak majburiy holda uni qisqartiramiz”,- dedi bosh vazir.

Avvalroq, To’qto’g’ul suv omborida suvning tanqisligi sababli hamda zarur miqdordagi suv hajmini 2015 yilning 1 apreligacha saqlab qolish uchun elektr energiyasi iste’molini 1,6 mlrd kVt-s ga qisqartirish zarurligi xabar qilingan edi. Energiya iste’moliga limit respublika bo’yicha 2014 yilning 1 oktyabridan joriy etiladi va 2015 yilning 31 martiga qadar davom etadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.