Xindiston «Turkmaniston – Afg’oniston – Pokiston – Xindiston» gaz quvirini (TAPI) Qozoqston chegaralaridan boshlab qurishlik taklifini o’rtaga tashladi, ma’lum qiladi Tengrinews.kz.
Gaz quviri Chimkentdan (Qozoqstonning janubiy chegarasidagi yirik shaxar) boshlab O’zbekistonda davom etishligi mumkin edi, deb belgilaydi Xindistonning The Hindu nashriyoti. Maqolada, shuningdek Xindiston tarafidan, kelajakda Rossiya hududlarigacha kengayib borishi mumkin bo’lgan gaz quviri tizimi loihasi taqdim etilganligi aytiladi. Nashriyot, bu masala Xindiston tashqi ishlar ministri Salman Xurshidning qozoqstonlik kasbdoshi Yerlan Idrisov bilan bo’lgan uchrashuvida muhokama qilinganligini ma’lum qiladi. Mazkur mavzuga tomonlar yaqin oylar ichida yana qaytishlari kutilmoqda.
TAPI loihasi Turkmaniston tashabbusiga binoan tuzilgan va u 2010 yili Ashxobodda o’tgan ishtirokchi-mamlakatlarning davlatlararo kelishuvida imzolangan, loihaning amaliy tatbiqi boshlanganligi haqidagi hujjatga tayanadi. Turkmaniston variantiga binoan, TAPI yiliga 33 mlrd kub metr gaz o’tkazishlik quvvatiga ega. Magistral Turkmanistondagi eng yirik «Galqinish» gaz konidan boshlab, G’irot, Qandaxor afg’on shaxarlari orqali o’zining nihoiy nuqtasi – Xindistonning Pokiston bilan chegarasidagi Fazilka aholi punktigacha borishi kerak