Kerri Isroilga keldi

485
0

dfAQSh davlat kotibi Jon Kerri Misrga qilgan safari ortidan Isroilga o’tdi. Isroil radiosi Jon Kerri Isroil bilan Falastin qarshilik harakati o’rtasida o’t ochishni to’xtatish borasida qaror qabul qilishni ta’minlash uchun Tel Avivga kelganligi haqida xabar tarqatdi.

Radioda tarqatilgan xabarga ko’ra, AQSh davlat kotibi keyingi soatlarda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va shu onda Isroilda bo’lgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Kerri bu erdagi uchrashuvlarini tamomlashi ortidan Ramallohga o’tadi va u erda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashadi.

Kerri avval bu mavzuda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy va Arab davlatlari ligasining bosh kotibi Nabil Arabiy bilan uchrashuv o’tkazgan, biroq natija chiqmagan edi.

Kerridan avval Isroilga kelgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil prezidenti Benyamin Netanyahu bilan ko’rishib, Hamasning Isroilga otgan raketa hujumlarini qattiq qoraladi. Ammo Isroilning 650 nafarga yaqin musulmonlarning o’limiga sabab bo’lgan qirg’inbarot hujumlari haqida esa “o’zini himoya qilish huquqi”, deya AQShning so’zini takrorladi.

Tel-Avivda Netanyahu bilan matbuot anjumani tashkil qilgan BMT bosh kotibi hech bir o’lkaning maktablari va shifoxonalari hujumga tutilishini istamasligini bildirar ekan, Hamas Isroilga raketa otishida nohaq ekanligini ta’kidladi. Ammo BMT bosh kotibi Isroilning hujumlaridan esa ko’z yuma qoldi. Oxirgi olingan xabarlarga ko’ra, Isroil armiyasi 16 kun ichida 4349 marta havodan, 4367 marta dengizdan, 6325 marta quruqlikdan, jami bo’lib 15041 marta hujum uyushtirgan. G’azoda o’ndan ortiq shifoxonalarni, 6ta suv havzalarini va 45ta masjidni raketta hujumiga tutgan. Ulardan bir qanchasi er bilan yakson bo’lgani aytilmoqda. Pan Gi Mun Isroilning bu hujumlarini “o’zini himoya qilish huquqi” ekanligini aytib “o’lkani himoya qilish huquqiga hurmat bilan qaraymiz”, dedi.

Netanyahu ham Pan Gi Munnig so’zini ma’qullab “Isroil faqat o’zini va fuqarolarini mudofaa qilmoqda. U faqat qonuniy huquqidan foydalanyapti”, deya bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.