Shahrisabzda olti go’dak SPID qurboni bo’ldi

589
0

44bc68501c_184271Shahrisabz shahar prokurori Sherali Ashirovning xabar qilishicha, 2007-2013 yillar oralig’ida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 26 nafar go’dak SPID (OITS) virusini yuqtirib olib, ulardan olti nafari hayotdan ko’z yumgan.

Prokurorning so’zlariga ko’ra, go’daklarni SPID virusini yuqtirib olishi mazkur mintaqada “SPID tarqalishiga qarshi etarlicha kurashilmagani sababli” yuzaga kelgan. Shahrisabzda mazkur hodisaga sababchi bo’lgan tibbiët xodimlari va boshqalar ustidan O’zbekiston Jinoyat kodeksining 113-moddasi 3-bandi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan.

O’zbekistonda tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligi sababli go’daklar va kattalar o’rtasida SPID virusini yuqtirib olish birinchi marotaba kuzatilayotgani yo’q. Misol uchun, 2007 yilda Andijon viloyatining SPIDga qarshi kurash markazida to’qqiz kishiga SPID virusini yuqtirilgan bo’lsa, 2007-2008 yillarda Namangan viloyati kasalxonalarida 147 go’dak SPID virusi bilan zaharlangan edi. Bunga kateter va bir marta qo’llaniladigan shritslardan sterilizatsiyasiz va ko’p marotaba qo’llanishligi sabab bo’lgan. O’sha vaqtda 13 nafar vrach va tibbiyot xizmatchilariga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilib, ulardan 12 kishi besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan edi.

O’zbekistonda SPID kasalligi birinchi marta 1987 yilda xorijiy fuqarolar o’rtasida aniqlangan bo’lsa, 1989 yilga kelib o’zbekistonliklar ham bu bedavo dardga mubtalo bo’lgani aniqlandi. 2007 yilda UNAIDS (BMTning OIV/OITS bo’yicha birlashgan dasturi) koordinatori Bertil Lindblad OIV tarqalishi bo’yicha O’zbekiston Markaziy Osiyoda “etakchilik” qilayotganini ma’lum qilgan edi. “1999 yilda faqatgina 28ta yangi holat qayd qiligan bo’lsa, 2003 yilga kelib bu 1836tani, 2006 yilda esa ro’yxatga olinganlar soni 2205 kishini tashkil etdi”, – degan edi Lindbland.

2009 yilda Moskva shahrida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV/OITS bo’yicha bo’lib o’tgan uchunchi konferentsiyada qayd etilishicha, 2009 yil 1 yanvarga kelib O’zbekistonda 12 816 kishi OIV bilan kasallangan. 2014 yil mart oyiga kelib esa, 27 570 kishi mazkur kasallikni yuqtirib olganlar sifatida ro’yxatga olindi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar faqatgina rasmiy hisobotlar bo’lib, amalda esa bu ko’rsatkichlar bir necha barobar ko’p bo’lishi ehtimoldan holi emas. Chunki boshqa barcha sohada bo’lgani kabi bu sohada ham rasmiy hukumat hech qanday aniq ma’lumot bermay keladi.

Karimov boshchiligida O’zbekiston hukumati olib borayotgan mustabid siyosat natijasida oddiy xalq iqtisodiy zulm ostida hayot kechirmoqda. Ish joylarini mavjud emasligi, borida ham beriladigan ish haqqi hatto kundalik ehtiyojini qoplashga ham etmasligi natijasida millionlab odamlar Rossiya, Qozog’iston va boshqa yurtlarda yillar davomida ishlashga majbur bo’lishmoqda. OIV/OITS virusini eng ko’p yuqtirganlar ham aynan mana shunday mehnat muhojirlari o’rtasida qayd etilyapti. Ayollar esa yo’qchilik sababli o’z tanalarini sotishgacha etib borishyapti.

Bundan tashqari hukumat tomonidan Islom dinini hayotdan va jamiyatdan uzoqlashtirish uchun olib borayotgan qaqshatqich kurashi natijasida jamiyatda, ayniqsa yoshlar ichida halol-harom tushunchasi, Allohdan qo’rqishlik hissi susayib, odamlar faqatgina shu dunyoda yaxshi yashash, ayshi-ishrat surib qolish fikriga tushib qolishdi. Natijada esa jamiyatda buzuqchilik, giyohvandlik kabi illatlari ko’payib ketdi. Aynan mana shu illatlar OITSni keltirib chiqarishini hech kim hayoliga ham keltirmay qo’ydi. Musulmonlarni to’g’ri yo’lga boshlashi, halol va haromni tanitishi kerak bo’lgan “saroy ulamolari” esa Islom dini haqiqatlarini odamlarga etkazish o’rniga, hukumat tomonida chiqarilgan buzuq qaror va qonunlarni jamiyat ichida targ’ib qilishga zo’r berib harakat qilishmoqda.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

 والله لتأمرن بالمعروف ولتنهون عن المنكر ولتأخذن على يد الظالم ولتأطرنه على الحق أطرا ولتقصرنه على الحق قصرا أو ليضربن الله بقلوب بعضكم على بعض ثم ليلعنكم كما لعنهم» [رواه أبو داود

“Allohga kasamki! Amru ma’ruf va nahiy munkar qilasizlar va zolimning qo’lidan tutib, uni haq yo’lda sobit bo’lishga va haq yo’ldan chiqmaslikka majbur qilasizlar, yoki bo’lmasam Alloh qalblaringizni bir-biriga urishtirib, so’ng sizlardan oldin o’tganlarni la’natlagani kabi sizlarni ham la’natlaydi!”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.