18 noyabr kuni, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pnompenga uchub keta turib, u erda o’tadigan Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlari Uyushmasining (ASYeAN) forumi chog’ida AQSh davlat kotibi Xillari Klinton bilan uchrashishligini ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat va uni tartibga solish uchun vositachilar tayinlash zarurligi borasida so’zlashiladi. O’q otuvni to’xtatish haqida o’tadigan muzokaralarga Arab davlatlari Ligasini tortishlik rejalashtirilmoqda
Avvalroq, Qohirada Falastin va Isroil vakillari o’rtasida G’azo muammosini hal qilish borasida yashirin muzokaralar boshlandi. Buni Falastin etakchisi Mahmud Abbosning yordamchisi Nabil Shaat tasdiqladi. U “o’q otqvni to’xtatish ittifoqiga kelishishlik uchun jiddiy harakatlar ketayotgani” haqida aytdi. . Bu muzokaralar xozircha hech qanday natija bergani yo’q
Muzokaralarning XAMAS tarafidan ishtirokchilaridan birining ma’lum qilishicha, qarama-qarshi tomonlarning kelishishligiga halaqit berib tugan narsa – ularning kafolati. Manba, ismi e’lon qilinmaslik sharti bilan, XAMAS tarafidan Isroil hududlarini bombardimon qilish to’xtatilsa, Isroil “G’azo sektoriga qarshi tajovvuzini” bas qilishligiga AQSh kafil bo’lishi zarurligini bayon qildi
Kecha, Isroil prezidenti Shimon Peres, XAMAS o’q otishni to’xtatsa va muloqotga tayyor ekanligini izxor qilsa, isroil hukumati sulhga tayyorligining bayonotini berdi. Premer-ministr Benyamin Netanyaxu esa, aksincha, antiterror amaliyotlar davom etayotgani va miqyosda kengayishi mumkinligini bayon qildi.
Bu orada, nizoga tinchlik echimi izlashlikka Yevropa ham qo’shilmoqda. Bugun Frantsiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius o’zining Yaqin Sharq bo’ylab safarini boshladi.