Misrda harbiy to’ntarishning bir yilligi munosabati bilan boshlangan namoyishlar bugun ham mamlakatning bir qancha shaharlarida davom etdi. Shu vaqtga qadar namoyishlarda politsiya o’qidan besh kishi, jumladan 18 yoshli qiz Xolida Jamol hayotdan ko’z yumdi, unlagan kishilar jarohat oldi. 196 namoyishchi qamoqqa olindi. Ulardan 39 nafari “Musulmon birodarlar” jamoasining a’zosi ekanligi aytilmoqda.
“Qonuniy hokimiyatni dastaklash” koalitsiyasi tarafidan uyushtirilgan namoyishlar Qohira, Dekahliyya, Sharqiyya, G’arbiyya, Manifiyya, Kefr-Shayh kabi bir qancha viloyatlarda davom etmoqda.
Namoyishga chiqqan “Musulmon birodarlar” jamoasining tarafdorlari sobiq prezident Muhammad Mursining ishga qaytishini va Robia, Nahza maydonlarida o’ldirilgan kishilar uchun qasos olinishini o’z ichiga olgan shiorlarni aytib chiqishdi.
Shuningdek, namoyishchilar ayol mahbuslarni qamoqxonalarda qiynoqlar va tajovuzga duch kelayotganini tanqid ostiga olar ekan, ular qatorida qamoqqa olingan 41 ming kishining ozod qilinishini talab qilishdi.
Xalqaro aministiya tashkiloti Misrdagi ahvol o’tgan yilga qaraganda ancha yomonlashganini aytadi. Bu tashkilot e’lon qilgan hisobotga ko’ra, “Musulmon birodarlar” jamoasining kamida 16 ming tarafdori qamoqqa olingan va ulardan bir qanchasi qamoqda qiynoqdan vafot etgan. Huquq faollariga ko’ra, Misr qamoqxonalarida elektrga qo’yish, osib qo’yish, jinsiy zo’rlash kabi qiynoq uslublari keng tarqalgan.