Ukrainada rossiyaparast kuchlar samalyotni urib tushirdi

480
0

8

Ukrainada rossiyaparast ayirmachi kuchlar yuk tashuvchi harbiy samalyotni urib tushirdi. Samalyot qulashi oqibatida 49 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Ukraina mudofaa vazirligi Lugansk shahrida samalyot urib tushirilganligini tasdiqladi. Vazirlik tarafidan chiqarilgan bayonotda ashyolar va xodimlar tashuvchi samalyot hujumga uchraganligi ma’lum qilindi.

 IL-76 rusumli transport samalyoti ayirmachilar tarafidan og’ir qurollar bilan urib tushirilganligi qayd etilgan bayonotda hujum tunda samalyot aeroportga yaqinlashgan paytda amalga oshirilganligi bildirildi.

 “13 iyundan 14 iyunga o’tar kechasi samalyotga qarshi qo’llaniladigan og’ir qurollar bilan qurollangan terroristlar qo’nishga hozirlanayotgan IL-76 rusumli harbiy yuk tashuvchi samalyotni urib tushirishdi”, deyiladi bayonotda.

 Bayonotda hodisada hayotdan ko’z yumganlar haqida to’liq ma’lumot berilmagan bo’lsa ham ularning oila a’zolariga ta’ziya bildirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.