Matbuot bayonoti
«Ularni to’xtatib turing, chunki ular javobgardirlar» Sen Mursiy, tog’ut Asadning sherigi Ahmadiy Najodni kutib olganing uchun hisob kunida nima deb javob berasan?
2013 yil 5 fevral seshanba kuni Eron prezidenti Mahmud Ahmadiy Najod Qohiraga keldi. Uning tashrifi 34 yildan beri Eron rahbari sifatida birinchi tashrif bo’ldi. Islomiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning oliy darajadagi sammitida ishtirok etganlaridan so’ng Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan so’zlashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek, Ahmadiy Najod Azhar universiteti shayxlarini ziyorat qilib, universitet rektori doktor Ahmad Toyyib bilan uchrashdi. Prezident Mursiyning Ahmadiy Najodni kutib olishi albatta, hayratlanadigan, nafratlanadigan va qoralanadigan ishdir. Bas, ey Mursiy, siz tantanalar bilan kutib olgan kimsani kim ekanini bilasizmi? Siz Shomning go’daklarini etim qilgan, ayollarini beva qilgan, qarilarini qirib tashlagan, masjidlarini vayron qilgan qassob Basharning do’stiga hurmat ko’rsatyapsiz, u nafaqat uning do’sti, balki jinoyatlariga sherik hamdir. Bunday kimsa tantanaga loyiqmi?! Axir, Eron rejimi suyukli Shom yurtidagi ana u tog’utga fidokorlik ko’rsatayotgan va uni saqlab qolish uchun barcha narsa bilan ta’minlayotgan bo’lsayu, nahotki, bu ziyofat Misrning mukofot ziyofati bo’lsa?!!
To’g’ri, Islom musulmonlar o’rtasida birodar bo’lishga, muhabbat o’rnatishga va bu bepoyon olamning barcha mintaqalaridagi musulmonlar mazhablari o’rtasida kengbag’irlik qilishga, bir-birlariga yordam berib, bir-birlari bilan aloqalarni mustahkamlashga buyurgan. Biroq Shom tog’utini qo’llayotgan, uning o’z ahlini qirg’in qilishiga yordam berayotgan Eron prezidenti bilan emas! Chunki bu prezident Bashar Asad va uning yugurdaklari tog’utligini himoya qilish orqali nafaqat uzoq vaqt zalolatda davom etdi, balki bu jinoyatkor rejim bilan bo’lgan aloqasini har qachongidan ham mustahkamladi. Buni Eron inqilobi oliy rahbari tashqi ishlar bo’yicha maslahatchi Ali Akbar Viloyatiy 2013 yil 26 yanvarda «Eron Suriyaga qilingan har qanday hujumni Eronga qilingan hujum deb biladi», deb ta’kidlab qo’ydi. Shuning uchun Basharning Suriyadagi ahlimizni qirg’in qilishga yordam berish va qo’llab-quvvatlash uchun eronlik jangchi askarlar va harbiy ekspertlar yuborilgani to’g’risidagi xabarlar inkor etib bo’lmas haqiqatga aylandi.
Ey Mursiy janoblari! Basharning barcha jinoyatlariga sherik bo’lgan kimsani shunday tantanalar bilan kutib olish o’rniga yurtingizdagi Eron elchixonasini yopib tashlaganingiz ma’qul edi. Chunki bunday qilgan ishlaringiz gunohi azim va ulkan jinoyatdir! Siz Damashqning norasida go’daklari, Daraning taqvoli qariyalari, Halabning vafodor yoshlari, Idlibning pokiza ayollari ko’zlariga qay ko’z bilan qaraysiz, endi?!
Allohim, ey beruvchilarning eng sahiyi bo’lgan Zot va so’ralishga eng loyiq Zot, biz Sendan Shom tog’uti Basharni va unga yordam berganlarni, uni mablag’, qurol va askar bilan qo’llaganlarni halok qilishingni so’raymiz. Allohim, O’zing Shom yurtidagi taqvoli pokdomon mujohidlar bilan birga bo’l va ularni to’g’ri yo’lga ilhomlantir, Islom davlatini barpo qilishimizga yordam ber, ustimizdan kuchli, taqvoli, toza, ushbu Ummatni himoya va mudofaasiga oladigan, yaltoqlanish, laganbardorlik, kelishish va riyo nimaligini bilmaydigan rahbarni ato et. Albatta, bunga O’zing qodirsan va duolarimizni ijobat qilishga loyiqsan.
«Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to’g’risida sizlarga qarshi urushgan va sizlarni o’z diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan – ular bilan do’stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular do’stlashsa, bas, ana o’shalar zolim kimsalarning o’zidir» [Mumtahina 9]
Usmon Baxxosh Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – blok b – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010 telefon: 00961 1 30 75 94
uyali telefon: 00961 71 72 40 43
elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info