Suriya milliy koalitsiyasi rahbari Ahmad Jabra AQSh prezidenti Barak Obama va milliy xavfsizlik bo’yicha prezident maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashdi.
Oq uydan berilgan bayonotga ko’ra, uchrashuv chog’ida Obama va Rays Bashar Asadning Suriyani boshqarishga haqqi qolmaganligini va Suriyaning kelajagida hech bir o’rni yo’qgini yana bir bor ta’kidladi. Obama va Raysning ta’kidlashicha, Asad rejimi tarafidan tashkil qilinayotgan saylov rejalari noqonuniydir. Uchrashuvda har ikki taraf ham Suriya inqiroziga siyosiy echim topish uchun yangi bir muvaqqat hukumatga ehtiyoj borligini bildirishdi.
Shuningdek, Oq saroy bayonotida Prezident Obama Suriya milliy koalitsiya rahbari Ahmad Jarbadan va oralarida kechgan muzokara natijasidan mamnun ekanligini tilga olganligi hamda Suriya milliy kolitsiyasi butungi kunda Suriya xalqini namoyon etadigan bir hukumat degan qo’zqarashni olg’a surganligi bildirildi.
O’z navbatida Suriya milliy kolitsiyasi rahbari Jarba ham AQShning Suriya muxolafatiga ajratgan 287 million dollar yordami va Suriya xalqi hamda mo”tadil (demokratiya tarafdori bo’lgan) qurolli muxolifatni insoniy yordamlari bilan dastklaganligi uchun Obamaga tashakkur bildirdi.
Barak Obama va Syuzan Rays uchrashuvda Asad rejimi havodan turli hujumlar, jumladan portlovchi bochkalarni tashlash orqali atayin Suriya xalqini nishonga olayotganligini va rejimning qamali ostidagi mintaqalarda yashayotgan xalqlarga oziq ovqat va insoniy yordamlarning etib borishiga to’sqinlik qilishini tanqid ostiga olar ekan, insoniy yordamlarning tezda xavfsiz va to’siqsiz shaklda etib borishi uchun Suriya rejimi javobgar ekanligiga e’tibor qaratdi.
Uchrashuvda taraflar Suriyada rivojlanib borayotgan ekstrimizm (Islom) xatarini ham e’tiborga olganligi va terrorchi guruhlarga (mujohidlarga) qarshi kurashga ehtiyoj tug’ilganda hamkorlik qilish ustida kelishib olingaligi bildirildi. Shuningdek Oq uy bayonotida AQSh Suriya inqiroziga barham berish va siyosiy bir echimga yo’l ochish yo’lida mo”tadil (demokratiya tarafdori bo’lgan) muxolafat tarafida turishini aytib o’tilganligi bildirildi.