Navid Batt o’g’irlanganiga ikki yil to’ldi Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir Pokistonda norozilik namoyishlari o’tkazmoqda

428
0

 getimage1 Navid Batt o’g’irlanganiga ikki yil to’ldi
Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir Pokistonda norozilik namoyishlari o’tkazmoqda

Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati Hizbning Pokistondagi rasmiy notig’i Navid Battning o’g’irlab ketilganiga ikki yil bo’lgani munosabati bilan yurtning ko’plab shaharlarida norozilik namoyishlari uyushtirdi.

 Namoyishchilar «Bu ikki yil juda-juda uzun, Allohning Xalifalikka da’vat qiluvchisi Navid Battni darhol ozod qiling», «Raymond Devis tarmog’iga etar endi, Hizb ut-Tahrirni repressiya qilishni bas qiling», deya yozilgan plakatlarni ko’tarib chiqishdi. Namoyishchilar quyidagilarni ta’kidladilar: Mana, Navid Battning o’g’irlanganiga ikki yil bo’libdi hamki, Pokiston siyosiy va harbiy rahbariyatidagi xoinlar uni o’g’irlashlari sababi to’g’risida lom-mim deyishmadi. Shu bois ham uni mahkamaga havola qilish yo qo’yib yuborishdan qo’rqib qolishdi. Yana namoyishchilarning aytishlaricha, afsuski bunga o’xshash jinoyatlar Islom nomi bilan ta’sis etilgan bir yurtda sodir etilmoqda. Bu yurtda Navid Battdek zotlar o’g’irlab ketilyaptiyu, biroq Amerikaning maxsus harbiy, razvedka tashkilotlariga, Raymond Devis tarmog’iga mutlaq erkinlik berilib, Pokistonning barcha mintaqalarida izg’ib yurishlariga, portlashlar uyushtirishlariga, siyosiy shaxslarni ham, harbiy shaxslarni ham o’ldirishlariga qo’yib berilmoqda.

 Namoyishchilar Navid Battni darhol ozod etilishini talab qildilar hamda siyosiy va harbiy rahbariyatdagi bu xoinlarning Navid Batt yoki Hizbning boshqa biror a’zosini o’g’irlash amaliyotlari ularning Xalifalik sari tashlayotgan qadamlarini hargiz sustlashtirolmasligini, aksincha, bunday amaliyotlar ularning azm-qarorlarini yanada kuchaytirib, ularni Xalifalik davlatini barpo etish tomon ildam odimlashga undashini yaxshi bilishlarini ta’kidladilar. So’ng Pokiston harbiy kuchlari safidagi xolis zobitlarni shunday pok yurtda Xalifalik davlatini barpo etish yo’lida Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga da’vat qildilar.

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi

Twitter: http://twitter.com/htmediapak

Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed-

Butt-Media-Office-HT/116266191744214

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.