O’zbek maxsus xizmati Qirg’izistonda izg’ib yuribdi

652
0

O’zbek maxsus xizmati Qirg’izistonda izg’ib yuribdi. 01 (1)

Musulmonlar uchun haqiqiy suverenlik faqat Xalifalik bilangina bo’ladi.

 «Ozodlik» radiosi 2014 yil 27 aprelda bir xabar tarqatdi, unga ko’ra o’zbek maxsus xizmatidan deb gumon qilingan bir shaxs Qirg’izistonning O’sh viloyatidagi Qorasuv shahrida qo’lga olingan. Xabarda aytilishicha qo’lga olish chog’ida u qarshilik ko’rsatgan va militsiyaning bir necha xodimlariga tan jarohati etkazgan. Tintuv chog’ida uning yonidan bir necha qurol va bir necha mamlakatning pasportlari topilgan. Hozirgacha qirg’iz rasmiy idoralari bu hodisaga hech qanday sharh bergani yo’q.

 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko’ra, bu qo’lga olish hodisasidan bir necha kun oldin Qorasuv masjidi imomi Rashod qori Kamolov haqida ma’lumotlar to’playotgan o’zbek maxsus xizmatining bir xodimi ishi fosh bo’lib qolgan. Ma’lum bo’lishicha u imom Kamolovni tanigan kishilarga uni o’ldirishda yordam beradigan bo’lishsa evaziga 2000 dollar miqdorida pul taklif qilgan! U mast holida Qorasuv shahridagi militsiya binosi oldida muammo chiqargan paytida – go’yo u o’zini ularga topshirgandek – qamoqqa olindi!

 Maxsus xizmatning bu xodimi Qirg’iziston erida bemalol izg’ib yurgan minglab josuslardan bittasi, xolos. Lekin mazkur kimsa kekkayib, ochiqdan-ochiq harakat qilgan, u qirg’iz xavfsizlik kuchlarining o’zi uyushtirgan qo’lga olish sahnasida o’zini topshirgan. Shuning uchun odatdagidek o’zbek hukumati uni Qirg’izistondan talab qilib qaytarib olishi kutilmoqda. Bu qo’lga olish sahnasidan maqsad Qirg’izistondagi o’zbek xalqi oldida O’zbekiston kuchini ko’rsatib qo’yish orqali qirg’iz xalqining yuragiga qo’rquv solish, ularning ma’naviy ruhini sindirish bo’lishi mumkin…

 Ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarga nazar tashlansa O’zbekiston Qirg’izistonga bir suveren qo’shni sifatida emas, balki burgut o’ljasiga qanday qarasa shunday nazar bilan qarashi ma’lum bo’ladi. Chunki O’zbekiston Qirg’izistonni o’z kuchini namoyish qiladigan bir maydon deb hisoblaydi. Bu Rossiya, Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqining Qrim Yarim Oroli va Ukrainada qilayotgan ishlariga o’xshaydi…

 Qirg’iz hukumatining O’zbekiston bosimiga bo’yin egib bu josusni himoya qilib, bo’shatib yuborishi kutilmoqda. Bu hukumat ilgari imom Rashod qori Kamolovning otasi Rafiq qori Kamolov qotilini ham himoya qilgan edi. O’zbek maxsus xizmatining katta sondagi xodimlarining Qirg’iziston erlarida hech bir nazoratsiz va so’rovga tutilishsiz bemalol izg’ib yurganini va bu hodisa Gazprom orqali keladigan gazning to’xtatib qo’yilganligi hamda Jalolobod chegaralari yaqinida oldindan ogohlantirmay harbiy manyovrlar o’tkazilgani bilan bir vaqtga to’g’ri kelganini hisobga olinsa shunday bo’lishini kutsa bo’ladi!

 Eslatib o’tish joizki, Rafiq qori Kamolovni o’ldirgan qotillar o’sha vaqtda e’lon qilishganidek qirg’iz hukumati odamlari emas edi! Balki uni o’ldirgan qotillar o’zbek rejimi odamlari bo’lib, bu qotillik qirg’iz kuchlari bilan birgalikda o’tkazilgan amaliyot doirasida amalga oshirilgan. Lekin o’sha paytda qirg’iz kuchlari Rafiq qori Kamolovni o’ldirish mas’uliyatini o’z bo’yniga olishga majbur qilingan edi, har qanday qarorni qabul qilish O’zbekiston bilan bo’lgan aloqani buzib qo’yishi mumkinligidan qo’rqib shunday qilingan edi! Ehtimol o’sha vaqtda burunlaridan narini ko’rolmaydigan siyosatchilarning shaxsiy manfaatlaridan boshqa g’amlari bo’lmagandir! Shuning uchun ularning ojizligi va er o’pishlari yaqqol ko’ringan edi!

 Lekin qachongacha?!… bularning barchasiga qachon chek qo’yiladi?!… Imom Rashod qori kabi musulmonlar etakchilariga qachon g’amxo’rlik ko’rsatilib, ularni qachon himoya qilinadi? Musulmonlarning hibsga olinib qamoqqa tashlanishiga qachon chek qo’yiladi? Sharq va G’arbning bu yurtga aralashuviga qachon to’siq qo’yishadi? Qolaversa bu Alloh, Rosuli va mo’minlarga qilingan bir xiyonat ekanini tushunib etisharmikin?!

 Qirg’iziston – musulmonlar, ayniqsa Xalifalikni tiklab Islom mabdasini tatbiq etishga harakat qilayotgan musulmonlar bilan o’zbek xavfsizlik kuchlari himoyasidagi millatchilikka chaqiruvchilar va G’arb boshchiligida xalqlarni xonavayron qilgan demokratiyaga chaqirayotgan insoniyat dushmanlari o’rtasidagi kurash maydoniga aylandi.

 Biz shu o’rinda millatchilik va demokratiya allaqachon jarlikka qulagan fikrlar ekanini ta’kidlamoqchimiz. Ularga chaqirayotganlar o’zlarining fikriy jihatdan sinib mag’lub bo’lishganini e’lon qilib bo’lishdi. Shuning uchun ularning qo’lida faqat bashariyat ustidan hukmronlik qilish uchun o’ldirish va azoblashdan boshqa qurol qolmadi. Shuning uchun faqat Islomgina bashariyatga etakchilik qilishga, dunyo bo’ylab adolatni yoyishga, zulm va zolimlarni yanchib tashlashga qodirdir…

 Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari Qirg’izistondagi oqil, muxlis kishilarga va quvvat egalariga shunday chaqiriq yo’llaymiz: ular biz bilan birgalikda azizlik va qudrat manbai bo’lgan Xalifalikni tiklashga harakat qilsinlar. Xalifalik kapitalizmning tuban nizomlari zulmi ostida bashariyat aziyat chekayotgan zulm yo’nalishini o’zgartirib yuboradi. Xalifalik o’z soyasida musulmonlar yurtlarini birlashtiradi. O’shanda olam bo’ylab Islom adolati yoyiladi, er o’z boyliklarini yuzaga chiqaradi. Alloh tomonidan bo’lgan rizolik esa undan-da ulkandir. Bu esa buyuk zafardir.

 Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

 Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net

 Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.