95 nafar afg’on harbiysi Tolibon safiga qo’shildi

566
0

CE362B1A-2389-4E4E-A330-88B514FA5534_mw800_mh600Afg’onistonda Tolibon harakatiga qarshi jang olib borayotgan afg’on askarlari va politsiyachilari davlat armiyasidan ajralib Tolibon safiga qo’shilish hodisalari ortib bormoqda. Kuni kecha shunday hodisalardan yana biri ro’y berdi.

Afg’oniston Islom amirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda Afg’onistonning Sari-Pul Viloyatida 95 nafar afg’on harbiysi barcha qurol aslahalari bilan birga Tolibon safiga qo’shilganligi bildirildi. Ularning orasida to’qqizta qo’mondon ham bor.

Olingan xabarlarga ko’ra, joriy yil boshidan buyon Tolibon safiga qo’shilgan afg’on askarlari va politsiyachilarining soni 200 nafardan oshgan.

Ayni paytda Tolibon harakatining hujumlari kuchaygani kuzatilmoqda. Bugun Tolibon kuchlari AQSh harbiylarini tashuvchi avtoulovga hujum uyushtirdi. Tolibon so’zchisi Zabihulloh Mujohid tarafidan berilgan bayonotga ko’ra, Afg’oniston shimolida joylashgan Baglan viloyatida AQSh askarlarini tashuvchi avtoulovga uyushtirilgan hujumda beshta AQSh askari halok bo’lgan.

Undan avval esa Vardak viloyatida Tolibon tarafidan AQSh konvoyiga uyushtirilgan hajumda to’rt AQSh askari o’lganligi va etti nafari yaralanganligi bildirilgan edi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.