Arab xalqlari sammitiga: G‘azoning najoti faqat armiyalarni harakatga keltirish bilan amalga oshadi

147
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Arab xalqlari sammitiga: G‘azoning najoti faqat armiyalarni harakatga keltirish bilan amalga oshadi

Doktor Uboda Hasan

G‘azo halokatli ochlik bosqichiga kirib borgan, aholisi esa bombardimon, qatl, qamal va ochlik azobidan qiynalayotgan bir paytda «Arab xalqlari sammiti» «G‘azodagi och bolalarimizga yordam uchun Ummatni safarbar etish» shiori ostida o‘tkazildi. Sammitda turli arab mamlakatlaridan mutafakkirlar, siyosatchilar va inson huquqlari faollari videokonferensiya orqali ishtirok etdilar. Muzokaralar chog‘ida G‘azoga xalqaro kuzatuvchilarni joylashtirish, yordam yetkazish uchun xavfsiz yo‘lak ochish hamda yahudiy vujudi qo‘ygan qamalni tugatish talab qilindi.

Arab ziyolilari G‘azo qamalini bekor qilishga chaqirdilar. Ular yaxshi anglaydilarki, G‘azo faqat yahudiy vujudi tomonidangina emas, balki arab davlatlarining rasmiy siyosiy irodasi, xavfsizlik ishlarining sharmandalarcha muvofiqlashtirilishi va o‘zgarmas xalqaro til biriktiruv tufayli ham qamal ostida qolgan. «Qat’iyat karvoni» bilan bog‘liq voqealar buning ochiq dalilidir. Bu jinoyat arab davlatlarining, avvalo Misr va Iordaniyaning rasmiy xiyonatlari ro‘yxatiga yana bir qora sahifa bo‘lib qo‘shildi. Nahotki G‘azoda yahudiylar tomonidan sodir etilayotgan ommaviy qirg‘inga javob faqat xavfsiz yo‘lak ochish iltimosidan iborat bo‘lsa?! Yo‘q, bu dahshatli jinoyat va jirkanch xiyonatni yuvishning yagona yo‘li taxtlarni ag‘darish, armiyalarni qo‘zg‘atish, chegaralarni buzish va Alloh yo‘lida umumiy jihod safarbarligini e’lon qilishdir. Toki Falastin zamini yahudiylardan poklanib, yana Islom Ummati bag‘riga qaytsin.

Shubhasiz, «sammit» atamasi zehnda siyosiy sammitlar tushunchasini uyg‘otadi. Ya’ni yer yuzida o‘zgarishlarni amalga oshirish mexanizmlari ta’sirchan qarorlar orqali muhokama qilinadigan nufuzli uchrashuvlarni nazarda tutadi. Ammo mazkur sammit ko‘p jihatdan voqeiy manzarani tumanlashtirish va e’tiborni chalg‘itish vositasi sifatida namoyon bo‘ldi. Avvalo, insonparvarlik niqobi oldinga surilib, G‘azo aholisining ehtiyojlari ozuqa, suv, dori-darmon, yoqilg‘i va elektr kabi asosiy ehtiyojlar bilan cheklandi. Shu bilan birga, mojaro milliy kurash doirasida qoldirilib, Islom Ummati xalqlarining ishtiroki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va duo bilangina chegaralab qo‘yildi. Yana bir jihatdan esa, butun masala xalqaro kuchlar va BMT kabi tashkilotlarning aralashuvi orqali, go‘yo «xalqaro qonuniylik» asosida hal qilinishi lozim degan qarash ilgari surildi.

Shubhasiz, Falastin masalasi Islom Ummati va uning tirik kuchlari uchun eng muhim masaladir. U, aslida, butun Ummatning umumiy masalasi hisoblanib, hanuz uning qalbida tirik holda yashab kelmoqda. Biroq ochiq e’tirof etish lozimki, yahudiy vujudi bilan til biriktirib, G‘azo ahliga xiyonat qilgan rejimlardan chegaralarni ochishni so‘rash yoki insonparvarlik karvonlarini talab qilish bilan na bosqinchi vujud ag‘dariladi, na zamin ozod etiladi, na qon to‘kilishlari to‘xtaydi va na qamal bekor qilinadi.

Albatta, Islom ochiq-oydin bayon etganki, zaif va ezilgan mazlumlarni himoya qilish – bu faqat shiordan boshqa hech narsasi bo‘lmagan kishilarning emas, balki kuch-qudrat va salohiyat sohiblarining zimmasidagi vojib vazifadir. Alloh taolo shunday degan:

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ﴾

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida hamda erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                           [Niso 75]

Ushbu oyatda kimga xitob qilingan? Albatta, quvvat va qudrat sohiblariga: Misr armiyasiga, Iordaniya armiyasiga, Turkiya va Pokiston armiyasiga, shuningdek, soni 5 milliondan ortiq barcha musulmon armiyalariga. Agar xolis va sadoqatli rahbariyat mavjud bo‘lganida, ana shu musulmon armiyalari ixtiyorida yahudiy vujudini bir necha kun ichida yo‘q qilishga yetarli qurol-aslaha va harbiy salohiyat bor edi. Ammo afsuski, bu armiyalar Quddus yo‘liga qarab harakatlanish o‘rniga o‘z xalqlarini qamal qilmoqda, yordam karvonlarini to‘smoqda va hatto yahudiy vujudi chegaralarini xalq g‘azabidan himoya qilmoqda.

Aslida, arab ziyolilari va siyosiy arboblar armiyalarni harakatga keltirish talabini ilgari surishlari vojib edi. Chunki armiyalar nafaqat yahudiy vujudiga qarshi kurashda, balki Ummatning ozodlikka erishishi va uning hukmronligini tiklash yo‘lida ham eng samarali va hal qiluvchi omil hisoblanadi. Endi armiyalarni Ummat ishlariga, ayniqsa hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan Falastin masalasiga safarbar etish, shuningdek, ularni xalq safida turib yurtlarimizdagi zolim rejimlarni ag‘darish harakatlariga jalb qilish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifaga aylandi. Ana shundagina bu zolim rejimlar qulatilib, ularning o‘rnida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etiladi. Ushbu Xalifalik Islomni hayotning barcha sohalarida to‘liq tatbiq etadi, Ummatni birlashtiradi, kuch va salohiyatini jamlaydi hamda uni mustamlakachi G‘arb bilan sivilizatsion kurash maydoniga samarali tarzda olib chiqadi. Shu bois, ushbu urushda armiyalarni harakatga keltirishga qaratilgan bu da’vat tarixning har qanday davridan ko‘ra ham dolzarb va hayotiy zaruratga aylandi.

Mustamlakachi G‘arb kuchlari, ayniqsa, Amerika tomonidan yahudiy vujudiga ko‘rsatilayotgan ochiq va cheklovsiz qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Falastin ahliga yordam berish urinishlarining oqibatlari bilan Ummat xalqlarini qo‘rqitish harakatlari — armiyalarni harakatga keltirish va ulardan yordam so‘rash da’vatini eng ustuvor va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifaga aylantirmoqda. Shu bois Islom Ummati va uning faol kuchlari umidsizlikka tushmasligi, hech qachon noumid bo‘lmasligi, balki armiyalarga murojaat qilishda doimiylik va qat’iyat bilan davom etishi shart. Zero, armiyalar safidagi askarlar – bizning birodarlarimiz va farzandlarimizdir. Ularda yaxshilik va fazilatlar juda ko‘p. Shu bois ularning javob berishidan umid uzilmaydi. Shunday ekan, ularni Ummat safida turishga hamda din va Ummat manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni safarbar etishimiz zarur.

Garchi Falastin masalasi Islomiy hayotni qayta tiklash masalasidan alohida bo‘lsa-da, ularni birlashtiruvchi umumiy omil — armiyalardir. Voqelikni tahlil qilsak, Falastinni ozod qilish uchun musulmon armiyalarini harakatga keltirishga to‘sqinlik qilayotganlar aynan musulmon diyorlaridagi hukmron rejimlardir. Zero, ular yahudiy vujudi uchun himoya devori vazifasini o‘tamoqda. Shu bois, bu devorni qulatish zaruratga aylandi. Shu munosabat bilan «Arab xalqlari sammiti»ning shiori «Taxtlarni ag‘darish va armiyalarni harakatga keltirish» bo‘lishi lozim edi. Ana shunda da’vat kuch-quvvat va himoya egalari harakati orqali Ummatning zanjirlardan ozod etilishiga qaratilgan bo‘lar edi. Shunda Ummat o‘z hukmronligini qayta tiklab, Robbisi buyrug‘i asosida shariatni tatbiq etish va muqaddas maskanlarni ozod qilish haqida qaror qabul qiladi hamda o‘z kuch va salohiyatini to‘liq namoyon etadi. Bularning barchasi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida amalga oshadi. Bu esa Alloh uchun qiyin emas. Rosululloh ﷺ aytdilar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So‘ng Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi».

Roya gazetasining 2025 yil 3 sentyabr, chorshanba kungi 563-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.