Oslo kelishuvining qora sahifasini yopish vaqti keldi

5
0

Matbuot bayonoti

Oslo kelishuvining qora sahifasini yopish vaqti keldi

Smotrich Falastin davlati loyihasi barbod etilganini e’lon qilib, o‘zlarining «E1» yoki «Bitta Sharq» deb atalgan loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Bu loyiha yahudiylar «Buyuk Quddus» deb atayotgan rejaning bir qismi bo‘lib, G‘arbiy sohil shimolini janubidan bo‘lib tashlashga qaratilgan. Shu bilan birga, yahudiy vujudi G‘azoda amalga oshirayotgan chora-tadbirlar orqali G‘arbiy sohil aholisini qamalga olish rejalarini ham chizib chiqmoqda. Bundan oldin esa yahudiylar G‘arbiy sohil shimolida qochqinlar lagerlarini buzish ishlarini boshlab, u yerda qochqinlar masalasidan asar ham qolmasligi uchun «UNRWA» tashkilotini noqonuniy deb e’lon qildi.

Izma-iz va tobora kuchayib borayotgan bunday chora-tadbirlar faqat bitta haqiqatni tasdiqlamoqda: Oslo kelishuvidan Falastin zaminida asar ham qolmadi. Falastin davlati tarafdorlari uchun esa hatto hokimiyatsiz va qurolsiz bo‘lsa ham, yarim davlatga o‘xshagan hech narsa qoldirilmadi.

Nihoiy yechim masalalari bo‘yicha muzokara qilinishi mumkin bo‘lgan hech narsa qolmadi: na Quddus, na chegaralar, na qochqinlar masalasi.

Oslo kelishuvidan faqat bitta narsa qoldi. U ham bo‘lsa, Falastin Ozodlik Tashkilotining Falastinning katta qismidan voz kechib xiyonat qilishi va yahudiylarning Falastin yerlarining katta qismiga bo‘lgan huquqini nohaq ravishda e’tirof etishidir.

Oslo kelishuvidan qolgan yagona asar yahudiylar va kelgindi yahudiylarning yangi turarjoylarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladigan xavfsizlik hamkorligidir. Aynan shu hamkorlik esa Falastin Ozodlik Tashkilotidan oldin ham, keyin ham til biriktirgan rejimlarga bosqinchi yahudiy vujudi bilan qonuniy taraf sifatida munosabat o‘rnatish yo‘lini ochib berdi.

Xiyonatkor kelishuvdan faqat yahudiylar, amerikaliklar va yevropaliklarning rejalarini amalga oshirish qoldi. Bu rejalar esa mujohidlarga qarshi kurashish, Islom qiymatlarini musulmonlar qalbidan sug‘urib tashlash maqsadida ta’lim tizimini o‘zgartirish hamda uning o‘rniga kufr mafkuralarini, «tinchlik» va «hamjihatlik» shiorlarini joylashtirishdan iboratdir.

Oslo kelishuvidan faqatgina hokimiyatdagi mansabdorlarning Falastin ahlining mol-mulkini talon-toroj qilishi, ularni soliqlar bilan ezishi va hatto olayotgan nafaslarigacha hisob-kitob qilib turadigan bank tizimiga tobe etishi qoldi.

Mana shu faktlarga qaramasdan, Falastin ma’muriyati va uning gumashtalari G‘azoda yoki G‘arbiy sohilda qolish, hech bo‘lmasa bir parcha yerga egalik qilish uchun chirmashib olishmoqda. Buning evaziga esa bosqinchiga har qancha xizmat ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirmoqdalar. Holbuki, yahudiy vujudi Falastin davlati tuzilishiga ham, G‘azoda Falastin ma’muriyati mavjud bo‘lishiga ham aslo yo‘l qo‘ymasligini bir necha bor ochiq-oydin e’lon qilgan.

Yahudiy vujudi Oslo kelishuvini ko‘mib, undan faqat o‘z manfaatiga xizmat qiladigan qoldiqlarni qoldirdi. Falastin davlatini ham xiyonat bag‘rida shakllanib ulgurmasidan tiriklayin ko‘mib tashladi. Shunday ekan, Islom Ummati uchun ayni kelishuvning qora sahifalarini – uning eng qorong‘i va qora sahifasi hisoblangan G‘azo va uning yaralari bilan birga – yopib, yangi tarix va yangi geografiya sahifasini ochish vaqti keldi. Zero, geografik jihatdan Falastin Shomning durdonasi bo‘lib, Rosululloh ﷺ uni Isro kechasi bilan ziynatlaganlar. U musulmonlarning ilk qiblasi va uchinchi muqaddas masjididir. U dengizidan to daryosigacha Muhammad ﷺ Ummati mulkidir. Tarix nuqtayi nazaridan esa, bu zamin sahobalar va roshid xalifalarning fathlari, solihlar ozod etgan yurt va mujohidlarning jangovar epopeyalari sahnasi bo‘lgan. Shu yerda salibchilar sindirilgan va Alloh taolo mo‘g‘ul tatarlarni mag‘lub etgan. Shuning uchun bu zamin albatta o‘zining asl holatiga qaytishi lozim. Bu masala Falastin Ozodlik Tashkilotiga taalluqli emas, balki butun Ummatning masalasidir. Unda barcha qo‘shinlarimiz harakatga kelib, har tarafdan kirib keladilar, bosqinchilar asar ham qoldirmay yo‘q qilinadi, unga xiyonat qilganlar mahkamaga tortiladi, so‘ngra ushbu zamin Islom diyorining markaziga aylanadi.

﴿وَلَقَدۡ كَتَبۡنَا فِي ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعۡدِ ٱلذِّكۡرِ أَنَّ ٱلۡأَرۡضَ يَرِثُهَا عِبَادِيَ ٱلصَّٰلِحُونَ * إِنَّ فِي هَٰذَا لَبَلَٰغٗا لِّقَوۡمٍ عَٰبِدِينَ﴾

«Darhaqiqat Biz (Lavhul-mahfuzda) zikr qilgandan so‘ng Zaburda «Albatta yerga mening solih bandalarim voris bo‘lurlar», deb yozib qo‘ygandirmiz. Albatta mana shu (Qur’onda) ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli narsa bor»                                                                                            [Anbiyo 105-106]

 Hizb ut-Tahrirning

muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.