Matbuot bayonoti
Anas Sharif va uning hamkasblarining vafoti munosabati bilan ta’ziyanoma
2025 yil 10 avgust, yakshanba kuni kechqurun, G‘azo shahridagi «Shifo» tibbiyot majmuasi oldida joylashgan kichik axborot chodiri yahudiy vujudi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbaga uchrab, butunlay vayron qilindi. Hujum natijasida G‘azoda davom etayotgan genotsidni hujjatlashtirayotgan besh nafar jurnalist shahid bo‘ldi. Shahidlar orasida muxbirlar Anas Sharif va Muhammad Quroyqa, shuningdek, fotomuxbirlar Ibrohim Zohir, Mu’min Aliyva va Muhammad Navfal bor edi. Alloh Taolo barchalarini rahmatiga olsin, payg‘ambarlar, siddiqinlar, shahidlar va solihlar safida joy bersin. Ularga hamroh bo‘lmoq naqadar ulug‘ baxtdir!
Falastin xalqi, ayniqsa, G‘azo aholisi, yahudiy vujudi va uning himoyachisi bo‘lgan AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlar tomonidan to‘xtovsiz tajovuz ostida qolmoqda. Ularning hayoti, uy-joyi, qadr-qimmati hamda muqaddas zaminlari muttasil poymol qilinmoqda. Afsuski, bu tajovuzni to‘xtatishga hech kim chora ko‘rmayapti. Bunday vahshiyliklarga guvohlik berib, jahon jamoatchiligiga yetkazish vazifasini bajarayotgan jurnalistlar ham muntazam nishonga olinmoqda. «Al-Jazira» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yahudiy vujudi shu kunga qadar taxminan 270 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimini qasddan o‘ldirgan. Bu esa xalqaro huquq normalariga, insoniylikning asosiy tamoyillariga va umumbashariy axloqiy me’yorlarga ochiqdan-ochiq qarshi qilingan jinoyatdir.
Bu jinoyatlar uchun bevosita mas’uliyat xalqaro tizim zimmasidadir. Hech bir hukumat quruq qoralashlar, soxta bayonotlar yoki yuzaki qayg‘u izhorlari bilan o‘zini amaliy chora ko‘rish vazifasi va mas’uliyatidan ozod qila olmaydi. Sidneydan to Tokio va Londongacha bo‘lgan shaharlarda yuz minglab insonlar maydonlarga chiqdi, ammo ularning hukumatlari yahudiy vujudiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, G‘azoga qo‘shni davlatlar esa qon to‘kilishini to‘xtatishga qodir armiyalarga ega bo‘lsalar-da, sukut saqlash bilan cheklanmoqdalar.
G‘azodagi qirg‘in tashlab qo‘yish va befarqlik ramziga aylandi. Biroq bu atama xiyonatning asl ko‘lamini ochib berishga hargiz yetarli emas. BMT va dunyoning turli poytaxtlaridan takror-takror yangrayotgan qoralov bayonotlari esa, aslida, jinoiy til biriktiruvdan boshqa narsa emas. Chunki ushbu davlatlar yahudiy vujudiga harbiy, siyosiy va iqtisodiy yordamni muttasil taqdim etmoqda. Albatta, bu vujudning jinoyatlariga barham berish va uni haqiqiy javobgarlikka tortishga faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatigina qodirdir. Rosululloh ﷺ bunday bashorat qilganlar:
«ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاء اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاء أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». (Imom Ahmad rivoyati).
Roshid Xalifalik – G‘azo va butun mazlum musulmon diyorlarini himoya qila oladigan yagona siyosiy va harbiy tuzumdir. Ummat o‘z qo‘shinlarini burchini ado etishdan to‘sib qo‘ygan hukmdorlarni mansabdan chetlatishni qat’iy talab qilishi lozim. Armiyalar esa hukmdorlardan ajralib chiqib, G‘azoga yordam berish yo‘lida safarbar bo‘lishi, shuningdek, Xalifalikni barpo etish yo‘lida sidqidildan faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrirga nusrat berishi lozim.
Armiyalarimiz ushbu burchlarini ado etish bilan musulmonlarga yordam berishni va muqaddas dargohlarini himoya qilishni orzu qilayotgan har bir musulmonning qalbidan g‘am-anduhni ko‘taradi. Mana shu – hal qiluvchi yo‘ldir.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning Amerikadagi
matbuot bo‘limi