Америка юлдузининг сўниши ва Халифалик ғоясининг юксалиши

22
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika yulduzining so‘nishi va Xalifalik g‘oyasining yuksalishi

Advokat ustoz Hotam Ja’far

Amerikaning 47-prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelgan paytda, ichki va tashqi jihatdan og‘ir inqirozlarni meros qilib oldi. Amerika duch kelgan eng katta muammolardan biri – uning xalqaro maydondagi nufuzining pasayishi edi. Biroq qaysar, o‘ziga ishongan va mojarolarda mahoratli bo‘lgan Tramp umidsizlikka tushmadi. U hatto raqiblarini qo‘rqitib, o‘zini partiya yetakchisi sifatida namoyon qildi.

Hozirda Tramp ikkinchi marta Oq uyga qaytdi. U bu safar demokratik nomzod Kamala Xarris ustidan yirik g‘alaba qozongan holda qaytdi. Shuningdek, kapitalistik yirik kompaniyalarning ikki qanoti – neft, qurol-yarog‘ va temiryo‘l korporatsiyalarida o‘z aksini topgan an’anaviy kapitalistik qanot hamda Respublikachilar partiyasining asosiy tayanchlaridan biri bo‘lgan qanot – tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, Tramp tarafdorlariga qo‘shilishdan avval Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlagan Silikon vodiysidagi Meta, Apple, Amazon va boshqa texnologik gigant kompaniyalar ham Trampni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu kompaniyalarning aksari uning inauguratsiya marosimiga har biri million dollardan xayriya qildi.

Bu safar Tramp AQSHga asos solinganidan beri mavjud bo‘lgan va 1950-yillarda o‘z ta’sirini mustahkamlagan o‘ngchi konservatorlarning siyosiy g‘oyalari va rejalari bilan hokimiyatga keldi. Ushbu harakat oq protestant erkaklar hokimiyatini va oilaviy qadriyatlarga qaytishni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning eng mashhur vakillaridan biri sobiq prezident Ronald Reygan hisoblanadi.

Amerika hukmdorlarining yana bir muhim xususiyati – afzalliklarni tezda o‘zgartirishdir. Bu holat tahlil va ekspert markazlari tomonidan olib boriladigan tadqiqotlar asosida yangilanib turadi. Shu bois, Trampning hozirgi prezidentlik muddatidagi siyosiy yo‘nalishi 1973 yilda tashkil etilgan va yillik budjeti taxminan 80 million dollar atrofida bo‘lgan Meros fondi (Heritage Foundation)ning ta’siri ostida shakllanmoqda. Ushbu fond o‘ngchi konservativ fikrning eng ta’sirli markazlaridan biri hisoblanadi. Fondning tashkil etilishi liberal tahlil markazlari, jumladan Brukings institutining paydo bo‘lishiga javob sifatida yuz bergan. Meros fondining tadqiqotlari 1980-yillarda Reyganning sovuq urushdagi g‘alabasida muhim rol o‘ynagan.

Trampning hozirgi siyosati 2023 yilda konservativ Meros fondi tomonidan nashr etilgan «Prezidentlik davriga o‘tish loyihasi – 2025» nomli tahlil tadqiqotiga asoslanadi. Ushbu loyihaning rejalari «Rahbarlik mandati: konservatorlarning va’dasi» nomli siyosiy tavsiyalar kitobida bayon qilingan.

Ushbu loyihaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 22 million dollar sarflangan bo‘lib, hozirda u Trampning amaliy siyosati sifatida amalga oshirilmoqda. Loyiha quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlagan: chuqur davlatni yo‘q qilish, hokimiyatni xalqqa qaytarish, Amerika siyosiy bo‘linishini o‘ng konservativ lager foydasiga hal etish, davlat ichidagi ichki muammolarni bartaraf etish va 36,2 trillion dollarga yetgan federal qarz muammosini hal qilish. Tashqi siyosat sohasida esa, loyiha AQSHning xalqaro mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.

Umuman olganda, Trampning tashqi siyosati xarajatlarni qisqartirish, shantaj va bo‘ysundirishga asoslangan.

Musulmon yurtlar masalasiga kelsak, Tramp siyosati Islomga, xususan, uning davlatda amalga oshirish shakli bo‘lgan Xalifalikning qayta tiklanishiga qarshi kurashishdan iboratdir. Shuning uchun AQSH bizning yurtlarda o‘zining eng ilg‘or harbiy bazasi – ya’ni yahudiy vujudini – saqlab qolishni ustuvor maqsad qilib belgilagan.

Tramp uslub va vositalar masalasida qattiq kuch hamda uni qo‘llash bilan tahdid qilishga tayanmoqda. U yumshoq kuchni mutlaqo inkor etadi, holbuki, ko‘p hollarda yumshoq kuch ancha halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, u G‘azoda barchaning ko‘z o‘ngida genotsid amalga oshirmoqda, aholisini siqib chiqarish maqsadida o‘zining quroli – yahudiy vujudidan foydalanmoqda va musulmonlar his-tuyg‘ulari hamda butun dunyodagi erkin insonlar noroziligini mutlaqo inobatga olmayapti. Bundan tashqari, u o‘z samolyotlaridan Eron obyektlariga zarba berishda foydalanib, xalqaro huquqni ham, AQSHning o‘zi g‘alaba uchun tuzgan tashkilotlarini ham butunlay chetga surmoqda. Aslida, bu tashkilotlar AQSH gegemonligini dunyoga majburiy qabul qildirish maqsadida tashkil etilgan edi.

Tramp, shuningdek, mintaqadagi yanada ko‘proq davlatlarni yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish uchun «Ibrohim kelishuvlari»ga kiritishga intilmoqda. Yahudiy vujudini esa xiyonatkor malay davlatchalar hukmdorlari uchun «katta og‘a» qilib tayinlashni istayapti. Masalan, «Al-Arabiya» telekanali Trampning quyidagi so‘zlarini iqtibos qilib keltirdi: «Ko‘plab davlatlar «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shilishni istaydi, ammo Eron bunga to‘siq bo‘ldi». Albatta, quvvat hissi va dunyo hukmdorlarining o‘z ko‘rsatmalariga bo‘ysunishidan mast bo‘lgan Tramp ikki narsani anglamayapti:

Birinchi: Amerika va uning ichki siyosatiga oid haqiqatlar

Amerika allaqachon tanazzul yo‘liga kirib, unda katta masofani bosib o‘tdi. Tramp olib borayotgan siyosat esa – ilgari surilgan «Amerikani qaytadan buyuk qilamiz» shiori orqali mamlakatni yanada «qudratli» qilishga qaratilgan bo‘lib, bu aslida zaif strategiyadir. Biroq Amerika jamiyati bugun davlat va siyosiy manfaatlar uchun kurashayotgan «chuqur davlat» tuzilmalari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan, shuningdek, oq tanlilar va ranglilar o‘rtasidagi irqiy nizolar kabi chuqur ichki ixtiloflardan aziyat chekmoqda. Eng muhimi, Trampning siyosati ushbu ixtiloflarni yanada kuchaytirmoqda. Chunki u o‘ngchi konservativ oqim ideologiyasiga asoslanib, hokimiyatni oq irq vakillariga qaytarishga intilmoqda. Bu holatlar jamiyat va davlat zaiflashishining ochiq va yaqqol belgilaridir.

Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa imperiyalarining mustamlakachiligidan qutulgan davlat sifatida o‘zini erkinlik va yuksak qadriyatlar manbai deb ko‘rsatishga uringan Amerika, bugungi kunda fosh bo‘ldi. Jahon xalqlari aniq anglab yetdilarki, Amerika asosiy mustamlakachi davlat va mutlaq yovuzlik imperiyasi bo‘lib, hech qanday axloqiy mezonlarga ega emas. U, bir paytlar dunyoni befarqlik bilan vayron qilgan mo‘g‘ullardan farq qilmaydi. Shu tariqa, Amerika dunyoga yetakchilik qilish qudratidan mahrum bo‘lib, buni faqat o‘zining zo‘ravon kuchiga tayangan holda amalga oshirmoqda.

Ikkinchi: Islom va musulmonlarga oid haqiqatlar

Islom – bu Hakim va hamma narsadan xabardor Zot tomonidan insonning dunyoviy hayotini isloh qilish uchun nozil qilingan haq dindir. Haqiqatan ham, musulmon o‘z Parvardigori va xojasi bo‘lgan Allohning bandasidir. Alloh – qudratli, g‘olib, mulk va hukmronlik egasi bo‘lib, Uning ulug‘ligi oldida barcha mavjudot itoat qiladi. Alloh o‘z mo‘min bandalariga bu dunyoda ham, oxiratda ham yordam beradi:

﴿إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَيَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ﴾

«Albatta Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz»                                                                                     [G‘ofir 51]

Yagona va abadiy Parvardigorga xizmat qilishda oliy maqomga erishgan, Allohga tayanadigan, yordam va quvvatni faqat Undan oladigan musulmon Amerika quvvati va uning soxta ulug‘ligiga e’tibor bermaydi. Buning eng yaqqol isboti esa tarixning o‘zidir.

So‘nggi o‘nlab yillar davomida Ummatni vayron qilib, uni parchalagan va hanuz parchalashda davom etayotgan og‘ir voqealar musulmonlarda yangi tafakkurni uyg‘otdi. Bu voqealar ularni o‘zlarining shonli o‘tmishlariga va achchiq hozirlariga nazar tashlashga majbur qildi. Natijada, musulmonlar Umar roziyallohu anhuning quyidagi so‘zlaridagi haqiqatni yanada chuqur angladilar: «Biz – Alloh Islom orqali aziz qilgan xalqmiz. Agar ulug‘likni boshqa bir narsadan izlasak, Alloh bizni xor qiladi».

Musulmonlar anglab yetdilarki, bu din faqat payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida chinakam tirik dinga aylanib, ularning barcha inqiroz va muammolarini hal etadi. Shu bois, Xalifalik g‘oyasi musulmon yurtlarda xolis insonlar sa’y-harakatlari bilan jamoatchilik fikriga aylanguniga qadar izchil yuksalmoqda va mustahkamlanmoqda. Hatto qulab borayotgan Amerika boshchiligidagi kofir mustamlakachi davlatlarning ham Xalifalik g‘oyasining yuksalishiga to‘sqinlik qilishdan boshqa yo‘li qolmadi. Biroq, ularning bu urinishlari befoyda! Chunki bu g‘oya musulmonlar qalbida ildiz otgan hamda payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish loyihasini ko‘tarib chiqayotgan sadoqatli va xolis kishilar ongida mustahkam shakllangan. Bu g‘oya uning qayta barpo bo‘lishi muqarrarligini, G‘azo va boshqa Islom yurtlarida zulm ostida qolgan musulmonlarni – ayollar, bolalar va qariyalarni – qo‘llab-quvvatlash zarurligini, musulmonlarning barcha muammolari islomiy tuzum yo‘qligi sababli kelib chiqqanini, Ummatni birlashtirish zarurligini va musulmon hukmdorlarining xiyonatkorona rolini, ular Ummatni boshqa xalqlar orasida haqoratli va past holatga solib qo‘yganini ochiq-oydin ko‘rsatadi. Shuningdek, bu g‘oya musulmonlar boyliklarining talanishiga ham guvohlik beradi. Holbuki, ular G‘azoda va Darfur chetlarida ochlikdan halok bo‘lmoqda… Mana shuning barchasi Xalifalikning qayta barpo bo‘lishini muqarrar ishga aylantirib, Xalifalik g‘oyasining qayta jonlanish sababini ochiq-oydin ko‘rsatmoqda. Zero, bu g‘oya tirik va amaliy aqidadan balqib chiqqan bo‘lib, Alloh O‘zining oyatida

﴿كُنتُمۡ خَيۡرَ أُمَّةٍ أُخۡرِجَتۡ لِلنَّاسِ تَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَتَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَتُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِۗ﴾

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz»

                                                                                           [Oli Imron 110]

deya sifatlaganidek, uni odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat ko‘tarib chiqmoqda.

Roya gazetasining 2025 yil 23 iyul, chorshanba kungi 557-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.