Putin-Tramp uchrashuvi va Ukraina muammosi
AQSH 1867 yilda Rossiyadan sotib olgan Alyaskaning Ankorij shahrida 15 avgustga o‘tar kechasi AQSH prezidentiDonald Tramp bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 2,5 soat davom etgan uchrashuvyakunida qisqa matbuot anjumani tashkil etildi.
Tramp uchrashuv samarali o‘tganini, biroq kelishuvgaerisha olmaganini bildirdi.
O‘z navbatida Putin muzokaralar davomida tomonlarmurosaga kelganini ma’lum qildi.
Ma’lumki, Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida asosanikki masalani hal etishini da’vo qilib chiqqan edi: Birinchisi – dunyoda Amerikaning yetakchiligini ta’minlashbo‘lsa, ikkinchisi – urushlarni to‘xtatishdir.
Tramp urushlarni to‘xtatish masalasida Hindiston-Pokiston va Ozarbayjon-Armaniston o‘rtasidagikelishmovchiliklarni bartaraf etish orqali oldinga qadam tashlay oldi. Bu bilan u Nobel mukofotini olish orzusigaham erishmoqchi. Qolaversa, Amerika shu paytgacha o‘zi to‘lab kelgan urush xarajatlarini boshqa davlatlarga yuklamoqchi. Masalan, u Yevropadan Ukraina urushida ishlatilganAmerika qurollarini sotib olishni talab qilmoqda.
Tramp ma’muriyati Amerikaning dunyoda birinchi davlat maqomini saqlab qolish maqsadida o‘zi uchun to‘rtta asosiydushmanni belgilab olgan. Ular: Xitoy, Yevropa, Rossiya vaIslomdir.
Tramp hokimiyatga kelganidan beri Xitoy raqobatinipasaytirish uchun bir qator choralar ko‘rdi. U Xitoyniharbiy ittifoqlar bilan o‘rab olib, siyosiy jihatdan Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan siquvga oldi. Shuningdek Tayvandagi keskinlikni oshirdi va bojxona tariflarni oshirish orqali iqtisodiy bosim o‘tkazdi. Ayni paytda u Rossiyani kelishuvga tortish orqali Xitoydan uzoqlashtirishga harakat qilmoqda. Amerika siyosati bu yo‘nalishda aniq muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv ushbu maqsad sari tashlangan qadam bo‘ldi.
Tramp ma’muriyati Yevropa va Rossiya masalasida ham birqancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Ukraina urushi Yevropa vaRossiya o‘rtasida dushmanlikning misli ko‘rilmagandarajada kuchayishiga olib keldi. Yevropa neft va gazni Rossiyadan olish o‘rniga Amerikadan import qila boshladi. Shuningdek, urush bahonasida Yevropa davlatlari NATOgato‘lovlarni oshirdi. Bularning barchasini Amerika Rossiyani Ukrainadagi urushga tortayotgan paytda rejalashtirgan edi. Shu bois Tramp ma’muriyatiRossiyaning xalqaro obro‘sini vaqtincha tiklash orqali Yevropaga nisbatan tahdidni saqlab qolish va imkon qadarXitoydan uzoqlashtirishni maqsad qilmoqda.
Amerikaning Islomga qarshi kurashiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u musulmon mamlakatlaridagi xoin hukmdorlardanunumli foydalanmoqda. Hozirda AQSH Yaqin Sharqniyahudiy vujudi uchun xavfsiz hududga aylantirib, u yerdagiqurolli kuchlarni yo‘q qilish ustida ishlamoqda. Buninguchun yahudiy bosqinchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Islomiy o‘lkalarning xoin hukmdorlarini yahudiy vujudi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishgamajbur qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Tramp va Putin o‘rtasidagiuchrashuvda Ukraina urushini tugatish bo‘yicha ma’lum birdarajada murosaga erishildi, deyish mumkin. Ehtimol, keyingi muzokaralar Ukraina hududini taqsimlash bo‘yichabo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, Qrim, Donetsk va Lugansk viloyatlarini Rossiya tarkibida qoldirib, ruslar qolganhududlardan chiqib ketishi bo‘yicha kelishuv bo‘ladi. Ayni paytda, Rossiya Ukrainadan NATOga kirishdan bosh tortishni talab qilmoqda. Demak, Ukraina urushi Yevropa vaUkrainaning yo‘qotishlariga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq AQSH manfaatlarining ro‘yobga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. Rossiya esa o‘z pozitsiyasini saqlab qolishga harakatqilmoqda.
Afsuski, xalqaro maydonda “Islom davlati”ningyo‘qligi tufayli dunyoda kapitalizmning zulmi, adolatsizligi va takabburligi hukm surmoqda. Dunyoaholisi musulmonlar yetakchiligiga, adolatga va buningnatijasida yuzaga keladigan farovon hayotga tashnaligicha qolmoqda.
Mumtoz Mavarounnahriy