Matbuot bayonoti
Och-nahor odamlar qarshisida barcha eshiklar berkitilib, najot yo‘li to‘sib qo‘yilgan paytda, Misr rejimi va uning gumashtalarining haqiqiy basharasi fosh bo‘lmoqda
G‘azo hozir tarixdagi eng zulmatli va shafqatsiz lahzalardan birini boshidan kechirmoqda. Bombardimonlar bilan kelayotgan o‘lim ustiga yana bir azob-uqubat qo‘shildi: bolalar ochlikdan, ayollar iztirobdan, keksalar kasallikdan halok bo‘lmoqda. Mana shunday dahshatli paytda, Shimoliy Sinay viloyati hokimi general Xolid Majovirning bayonoti jamoatchilikni larzaga soldi. Chunki bu so‘zlar na oddiy axloqqa, na insoniylikka, na musulmon birodarlikka to‘g‘ri keladi. U shunday dedi: «G‘azo xalqi ochlikning ma’lum bosqichiga yetsa, ularning oldida uch yo‘l qoladi: yo yahudiylar tomonga o‘tib, o‘qqa tutilishadi, yo o‘zlarini dengizga tashlashadi, yoki Misrga boradilar. Ammo bu mutlaqo mumkin emas». Bu bayonot musulmon mamlakat rasmiysiga aslo yarashmaydigan, g‘ayriinsoniy rasmiy pozitsiyani aks ettiradi. Shu bilan birga, G‘azodagi birodarlarimizga nisbatan jinoiy munosabatni ifoda etadi. Axir, ular 18 yildan buyon yahudiy vujudi va Misr rejimi tomonidan o‘rnatilgan qamal ostida yashab kelmoqdalar!
Misr rejimi yillar davomida G‘azo ahliga yordam qilayotgani va tajovuzkorlikka qarshi ular bilan bir safda ekanini da’vo qilib kelgan edi. Biroq general Majovirning bu bayonoti ayni shu yolg‘on niqobni butunlay yirtib tashladi va G‘azoga nisbatan olib borilayotgan rasmiy siyosatning haqiqiy, razil qiyofasini fosh etdi. Bu siyosat bo‘yicha na yordam berishga ruxsat bor, na jabr chekkanlarga hamdardlik ko‘rsatish mumkin, na och va muhtojlar uchun eshiklar ochiq! Hatto vaziyat shunchalik keskinlashdiki, endilikda g‘azoliklar uchun Misr hududiga kirish «mutlaqo mumkin emas»ligi ochiq e’lon qilinmoqda. Bu bilan G‘azo ahli go‘yo dushman sifatida ko‘rsatilmoqda!
Sinay hokimining bu bayonotini amalga oshirilayotgan siyosatdan ayri holda tushunish mumkin emas. Chunki aynan shu so‘zlar orqali Misr rejimi o‘z qarorlarini Amerika ma’muriyatining ixtiyoriga topshirmoqda, Amerika esa yahudiylarning xohish-istaklarini to‘liq qondirishga harakat qilmoqda. G‘azoga qo‘yilgan qamal faqat yahudiy vujudining qarori emas, balki Misr rejimi bilan to‘liq hamkorlikda, Amerika tomonidan ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlanib amalga oshirilayotgan siyosatdir. Bundan maqsad esa – G‘azo ahlining irodasini sindirib, ularni taslim bo‘lishga majburlashdir. Balki bundan ham dahshatlisi, butun Islom Ummatini tiz cho‘ktirish, uni umidsizlikka g‘arq qilish va o‘zgarishga bo‘lgan har qanday ishonchni batamom so‘ndirishdir.
Hokimning bu bayonoti, shuningdek, G‘azoga nisbatan yuritilayotgan rasmiy siyosatning asl mohiyatini fosh etdi. Bu siyosatda G‘azoga aqiydaviy va ma’naviy mas’uliyat deb emas, balki faqat xavfsizlik yuki sifatida qaralayapti, G‘azo ahli xalq ongida «ehtimoliy xavf» sifatida ko‘rsatilib, ularni Misr hududiga yaqinlashtirmaslik g‘oyasi targ‘ib qilinyapti. Go‘yo ular dindosh birodarlar va Falastin masalasi sohiblari emas, balki xavfli vabo yoki bosqinchilardek ko‘rsatilyapti! Holbuki, Falastin masalasi faqat g‘azoliklarniki emas, balki butun Islom Ummatining masalasidir. Chunki G‘azo va butun Falastin xiroj yerlari bo‘lib, Ummatning mulki hisoblanadi. Bu muborak zaminni ozod qilish va himoyalash butun Ummat, ayniqsa, eng yaqin va eng munosib bo‘lgan Misr ahli hamda uning armiyasi zimmasidagi farzdir.
Agar birorta rasmiy shaxs ochlikdan aziyat chekayotgan insonlarni o‘z yurtiga kiritmasligi ularning halokatiga sabab bo‘lishini bila turib, ularni qabul qilmaslik haqida bayonot bersa, bu barcha jihatdan to‘liq shakllangan jinoyatdir. Agar Misrdagi korrupsiyalashgan sud tizimi uni javobgarlikka tortmasa ham, Alloh Taolo qiyomat kuni albatta uni so‘roqqa tutadi, tarix esa bunday xiyonatkorlarni hech qachon kechirmaydi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«وَأَيُّمَا أَهْلُ عَرْصَةٍ أَصْبَحَ فِيهِمْ امْرُؤٌ جَائِعٌ فَقَدْ بَرِئَتْ مِنْهُمْ ذِمَّةُ اللَّهِ تَعَالَى»
«Qaysi bir jamoa ichida bir inson och holda tong ottirsa, ulardan Alloh taoloning himoya-kafolati soqit bo‘ladi». (Imom Ahmad rivoyati).
Ushbu hadis o‘zini «betarafmiz» yoki «siyosiy manfaatni hisobga oldik» deb bahona qilayotgan har qanday rejimning da’volarini butunlay inkor etadi. Agar bugun G‘azo ahli ochlikdan halok bo‘layotgan bo‘lsa, shuningdek, Misr darvozalari ularning qarshisida yopilib, oziq-ovqat va dori-darmon kirishi to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, u holda Alloh taoloning himoya-kafolati bu rejimlardan soqit bo‘ladi. Kimki ular bilan til biriktirsa, yoki ularning zulmiga nisbatan sukut saqlasa, yoxud ulamo, jurnalist yoki siyosatchi sifatida ularni oqlab, bahona topib bersa, u ham xiyonatda ularga sherik sanaladi va Alloh taoloning himoya-kafolati undan ham soqit bo‘ladi.
Ey G‘azo ahli!
Sabr qiling va bir-biringizni sabrga chaqiring! Chunki siz haq yo‘ldasiz, sobitqadamlik bilan unda mustahkam turibsiz. Siz qiyomat kuniga qadar ribotda turibsiz. Alloh taolo sizning jihodingizni hech qachon zoye qilmaydi va to‘kilgan qonlaringizni behuda ketkazmaydi!
Ey Misr ahli! Ey Kanona yurtining farzandlari! Shuni bilinglarki, Alloh sizdan G‘azo haqida albatta so‘raydi! Sizni o‘z yurtingiz darvozalari g‘azolik dindoshlaringiz qarshisida yopib qo‘yilgani, shuningdek, ularning qamal qilinishi va ochlikka mahkum etilishiga nisbatan sukut saqlab, zulmga sherik bo‘lganingiz haqida so‘roqqa tutadi! Shu bois, qamalni zudlik bilan olib tashlash uchun harakat qiling! Chunki bugun G‘azoga nafaqat hamdardlik bayonotlari va yordam karvonlari kerak, balki uni ozod etish va yahudiylardan poklash uchun yo‘lga chiqadigan armiyalar kerak!
﴿هَٰذَا بَلَٰغٞ لِّلنَّاسِ وَلِيُنذَرُواْ بِهِۦ وَلِيَعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا هُوَ إِلَٰهٞ وَٰحِدٞ وَلِيَذَّكَّرَ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴾
«Bu (Qur’on) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun (Alloh tarafidan nozil qilingan) bir bayonot-xabardir»
[Ibrohim 52]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi