Hizb ut-Tahrirning Qazoraf viloyatidagi a’zolari musulmonlarni G‘azoni himoya qilish va unga yordam ko‘rsatishga chaqirmoqdalar

9
0

Matbuot xabari

Hizb ut-Tahrirning Qazoraf viloyatidagi a’zolari musulmonlarni G‘azoni himoya qilish va unga yordam ko‘rsatishga chaqirmoqdalar

2025 yil 28 iyul, dushanba kuni soat 13:00 da Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining Qazorif shahridagi a’zolari shahar bozoridagi eski jome masjidi yonida G‘azo ahliga nusrat ifodasi sifatida piket o‘tkazdilar. Piket davomida quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqildi:

Yahudiy vujudi arab rejimlarining soyasidir. Narsaning o‘zi yo‘qolsa, soyasi ham yo‘qoladi.
Faqat Xalifalikkina Falastinni ozod qiladi.

﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾

Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir.

Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«وَمَنْ أَصْبَحَ لا يَهْتَمُّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ»

«Kim musulmonlarning ishlariga ahamiyat bermasdan kun boshlasa, u musulmonlardan emas».

Ey musulmonlar! G‘azodagi bolalar ota-onalari ko‘z o‘ngida asta-sekin jon taslim qilayotgani sizga rostdan ham yengil tuyulyaptimi?!.
Armiyalar kazarmalarida, samolyot va raketalar o‘z o‘rnida qotib turibdi, holbuki, Allohning g‘azabiga uchragan yahudiylar Aqso masjidini toptamoqda. Bundan og‘irroq jinoyat bo‘lishi mumkinmi?!
Ey Islom Ummati, ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat! Iymoningizda ham, birodarlaringizga yordam berishda ham Allohga nisbatan rostgo‘y bo‘ling!
«Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«لَيْسَ بِالْمُؤْمِنِ الَّذِي يَبِيتُ شَبْعَانَ وَجَارُهُ ‌جَائِعٌ إِلَى جَنْبِهِ»

«Qo‘shnisi och bo‘la turib, to‘q holda tunni o‘tkazgan kishi (komil) mo‘min emas». (Hokim rivoyati)».

Piket ishtirokchilar tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olindi. Ular G‘azo ahli uchun Allohdan nusrat tilab duo qildilar va Hizb ut-Tahrirning bu g‘ayratli qadamini yuqori baholadilar. Ko‘plab musulmon yoshlar plakatlar ko‘tarib, faol ishtirok etdilar. Bu holat Ummatning G‘azodagi birodarlariga yordam ko‘rsatishga bo‘lgan tashnaligini yaqqol namoyon etdi.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.