Qachon tomirlarda qonlar qaynaydi? Qachon har qanday tajovuzga chek qo‘yilib, dushmanlarning qo‘llari kesiladi?!

8
0

Matbuot bayonoti

Qachon tomirlarda qonlar qaynaydi? Qachon har qanday tajovuzga chek qo‘yilib, dushmanlarning qo‘llari kesiladi?!

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 23 iyul kuni yahudiy vujudining G‘azo sektoriga qarshi tajovuzi natijasida halok bo‘lgan va yaralanganlar soni bo‘yicha navbatdagi kunlik hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalariga 113 nafar shahid va 534 nafar yarador olib kelingan. Shu tariqa, 2025 yil 18 martdan mazkur hisobot sanasigacha shahidlar soni 8363 nafarga, yaralanganlar soni esa 31004 nafarga yetdi. 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzlar mobaynida esa umumiy hisobda G‘azo aholisidan 59219 nafar shahid va 143045 nafar yarador qayd etildi.

2025 yil 24 iyul, chorshanba kuni Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ochlik va oziq-ovqat tanqisligi krizisi natijasida so‘nggi 24 soat ichida yana 10 kishi vafot etganini ma’lum qildi. Bu bilan krizis boshlanganidan buyon halok bo‘lganlar soni 111 nafarga yetdi. Tibbiy manbalarning ma’lum qilishicha, so‘nggi uch kun ichida aynan ochlik va oziq-ovqat tanqisligi sabab 21 nafar bola vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning ayrimlari o‘z chodir yoki uylarida hayotdan ko‘z yummoqda, ular na shifoxonaga yetkazilmoqda, na o‘limi haqida biror kishi xabar topmoqda. Shu munosabat bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosib olingan Falastin hududidagi vakili Rik Pepperkorn, birgina iyul oyi davomida 5100 bola oziq-ovqat tanqisligi oqibatidagi kasalliklar uchun maxsus davolash dasturlariga qabul qilinganini, ulardan 800 nafar bola og‘ir ozuqa yetishmasligidan aziyat chekayotganini ma’lum qildi.

Jinoyatkor yahudiy vujudi G‘azo ahliga nisbatan tajovuzini bombardimon qilish, qirg‘in, qamal va ocharchilikka mahkum etish kabi barcha yo‘l va vositalar bilan davom ettirmoqda. Uning maqsadi butun aholini ommaviy qirg‘in orqali yo‘q qilishdir. Chunki u na ayollarni, na bolalarni ayamoqda. Aksincha, aynan shu zaif qatlamlarni qasddan nishonga olib, G‘azo ahlining irodasini sindirish va ularni taslim bo‘lib, tiz cho‘kishga majbur qilmoqchi.

Bizga dahshatli ma’lumotlar yetib kelmoqda. Masalan, YUNISЕFning ijroiya direktori ma’lum qilishicha, suv taqsimlash nuqtasida navbat kutayotgan bolalardan yetti nafari o‘ldirilgan. Uning ta’kidlashicha, bu voqeadan bir necha kun avval ham oziq-ovqat yordamini kutayotgan bolalar va ayollar o‘ldirilgan. Ha, G‘azodagi ahvol shu darajaga yetdiki, u yerdagi farzandlarimiz quturgan va jilovsiz dushman tomonidan ayovsiz va sovuqqonlik bilan qirib tashlanmoqda. Ummatning kuch-qudrat egalari esa, go‘yo qonlari tomirlarida muzlab qolgandek, hanuz qimirlamayapti!

Ey Islom Ummati farzandlari!

Nega murdalar kabi qimir etmayapsiz?! Birodarlaringiz yordam so‘rab chaqirmoqda, siz esa nima qilyapsiz?! Faqat duo bilan kifoyalanmoqchimisiz?! Ojizmisiz yoki hayot lazzatiga berilib, o‘limdan qo‘rqyapsizmi?! Diningizga bo‘lgan muhabbatingiz qayerda qoldi?! Shahidlikka bo‘lgan sog‘inchingiz qayda?! Yoki nusrat yoki shahidlik kabi ulug‘ ne’matlarning har ikkisidan ham yuz o‘girdingizmi?! Ey Alloh tomonidan insoniyat uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat farzandlari! Nahotki qirg‘in va azob-uqubat manzaralariga ko‘nikib, yordam berishdan chetda chiqib, ojizlarga aylanib qolgan bo‘lsangiz?! Nahotki sizda xolis va sof niyatli insonlarga xos g‘ayrat va or-nomus tuyg‘ulari jonlanmasa?! Bas, bir tanu, bir jon bo‘lib qo‘zg‘aling va bu jinoyatkorlarning ildizini kesib, mazlumlarni yordamsiz qoldirmang!

Biz, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti, butun Ummat farzandlaridan qat’iy talab qilamiz: bu genotsidni to‘xtatish, G‘azo ahliga nisbatan qo‘llanayotgan, ularni halok qilayotgan ocharchilik siyosatini bartaraf etishga, daryodek oqayotgan qonlarni to‘xtatish va G‘azo ahliga yomonlik bilan uzatilgan dushman qo‘llarini kesib tashlashga qodir bo‘lganlarni harakatga undang! Biz barchangizni o‘z xalqini himoya qiladigan, Ummatga xavfsizlik va xotirjamlikni ta’minlaydigan, dushman qalbiga qo‘rquv va dahshat soladigan xalifani saylash uchun harakat qilishga chaqiramiz. Ana shunda, dushmanlar ushbu Ummat farzandlaridan birortasiga tajovuz qilishni hatto o‘ylashga ham jur’at qila olmaydi!

 Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.