Qirg‘izistonga qaysi til zarur?

7
0

Qirg‘izistonga qaysi til zarur?

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov so‘ngi nutqida maktablarda rus tilini majburiy o‘rganish zarurligini ta’kidlar ekan, “rus tilini bilmay turib, biznes, ilm-fan va millatlararo munosabatlarda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi”, dedi. Uning bu so‘zlari, ayniqsa, hozirgi siyosiy sharoitda, jamiyatda qizg‘in bahs-munozaralar keltirib chiqardi va mamlakatning til siyosati haqida tortishuvlarga sabab bo‘ldi.

Prezidentning nutqi Rossiya prezidenti Vladimr Putin bilan uchrashuvidan so‘ng yangradi. Uchrashuvda har ikki tomon “strategik sheriklik” va “tarixiy yaqinlik”ni alohida ta’kidlagan edilar. Biroq, aslida bu sobiq mustamlakachilik munosabatlarining davomi ekanligi sir emas. Ta’lim sohasida rus tilini targ‘ib qilish siyosatiga Kremlning ko‘nglini olish, unga sadoqat ko‘rsatish va tashqi siyosatda Rossiya manfaatlariga moyillikning ramziy belgisi sifatida qarash mumkin. Kreml o‘z “ittifoqchilari”dan har qachongidan ham ko‘proq “qullik” talab qilayotgan bir paytda, bu qadam mintaqadagi uning ambitsiyalariga “tasalli” berishga urinishdir.

Biroq, bu yerda bir savol tug‘iladi: bunday siyosat Qirg‘izistonning milliy manfaatlariga qay darajada mos keladi? Bugungi ko‘p qutbli dunyoda va xalqaro raqobat kuchayib borayotgan sharoitda bir tilni – u ham bo‘lsa sobiq bosqinchining tilidir – ilgari surish shubhasiz, suverenitetga putur yetkazuvchi qadamdir. Albatta, rus tilining ma’lum sohalarda o‘z o‘rni bor, lekin uni alternativsiz rivojlanish vositasi sifatida talqin qilish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Global miqyosda ingliz tili xalqaro iqtisodiyot, ilm-fan va yuqori texnologiyalar tili bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, Pekinning Markaziy Osiyoda ta’siri kuchaygani sari Xitoy tilining ham ahamiyati ortib bormoqda.

Ammo arab tili shunchaki chet tili emas, balki Islom tilidir. U musulmon xalqlar uchun ma’naviy va madaniy element hisoblanadi. Buning ustiga, arab dunyosi bilan hamkorlik, ayniqsa, iqtisodiy, ta’lim-tarbiya va diniy sohalarda hamkorlik qilish Qirg‘iziston uchun real imkoniyatlar ochadi. Qolaversa, bu munosabatlar, ba’zi mamlakatlardan farqli o‘laroq, siyosiy bosim ostida emas, tabiiy ravishda rivojlanmoqda.

Rus tiliga alohida e’tibor berish, hatto boshqa muhim sohalarga zarar yetsa ham, faqat uni targ‘ib qilish, geosiyosatda chekinishdan darak beradi. Bunday qadam milliy til va qadriyatlardan uzoqlashish hamda madaniy asoslarni zaiflashtirish sababli tashqi qaramlikka olib kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, milliy o‘zlik va madaniy suverenitetning qo‘ldan boy berilishidan xavotirga tushgan halqning bir qismining qarshiligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, rus tilining mavqeini oshirish tashabbusi ichki ehtiyoj emas, balki tashqi siyosatga sodiqlikni namoyish etishga urinish sifatida qabul qilinmoqda. Global o‘yinchilarning bosimi kuchayib borayotgan bir paytda bunday bir tomonlama yondashuvni strategik emas, balki taktik qadam sifatida baholash mumkin. Shuning uchun Qirg‘iziston ko‘p tillilikni qadrlaydigan davlat sifatida til siyosatini milliy manfaatlar, madaniy xususiyatlar va uzoq kelajakni hisobga olgan holda real tarzda olib borishi lozim.

Xujjat Jamiya

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.