Sulolaviy taxt merosi

9
0

Sulolaviy taxt merosi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Saida Mirziyoyeva prezident apparatining rahbari etib tayinlandi. Ayni paytda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomalining siyosiy karerasi ham faol ravishda rivojlanmoqda. Bundan tashqari, ularning Vladimir Putin bilan uchrashuvi Markaziy Osiyoda hokimiyatning sulolaviy merosi davom etayotganidan dalolat beradi. Bu avtoritar rejimlarga xos xususiyat bo‘lib, hokimiyatning tor doirada, ya’ni bir oila a’zolari o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘lishining alomatidir.

Bunday holat Turkmanistonda ham mavjud. Sobiq prezidentning o‘g‘li hokimiyatni rasmiy saylovlarsiz egallab olib, haqiqiy siyosiy raqobat institutlarining qulashini va respublikalarning individual avtokratiyaga aylanishini namoyish etdi. Bunday boshqaruv shaklida hokimiyat demokratik qonuniylikka ega bo‘lmaydi. G‘arb shu kungacha demokratiyaning muvaffaqiyati sifatida ko‘rsatib kelayotgan misollar o‘z ma’nosini yo‘qotibgina qolmay, hokimiyat faqat oilaviy manfaatlarni saqlab qolish quroliga aylangan.

Bu mamlakatlardagi bunday siyosiy tubanlik xalqning boshqaruv jarayonida deyarli ishtirok etmasligidan dalolat beradi. Saylovlar, siyosiy partiyalar kabi tushunchalar shunchaki rasmiyatchilikka aylanib qolgan. Haqiqiy nomzodlar saylovga yaqinlashtirilmaydi. Bu esa xalqning ishonchiga putur yetkazishi va nafratini qo‘zg‘ab, pirovardida ijtimoiy tartibsizlikka olib keladi. Albatta, bu diktaturaning tabiiy natijasidir. Bunda xalq o‘z maqsad va umidlariga erishishda doimo cheklovlar to‘sig‘iga duch keladi.

Hukmron tabaqa qarindoshlarining yuqori lavozimlarga tayinlanishi, ommaviy axborot vositalari jamoatchilikni ishontirishga harakat qilayotgani kabi, barqarorlik belgisi emas, aksincha, noaniq kelajak, ishonchsizlik va qo‘lidagi iqtidorga tayanib o‘z ta’sirni himoya qilishga urinishdir. Bu davlat institutlarining zaifligini va hukmron oila irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda faoliyat yurita olmasligini ko‘rsatadi.

Tarixdan ma’lum bo‘lganidek, xalqning g‘azabi qaynab, sabr kosasi to‘lganda bunday rejimlar ag‘darib tashlanadi. Arab bahori (Tunisdan Suriyagacha) aynan shunday bo‘ldi. Biroq, bu jarayonlar ko‘pincha fuqarolar urushiga yoki Liviya va Suriyadagi kabi tartibsizliklarga sabab bo‘ladi. Natajada hokimiyatga yangi avtokratik rejim kelib, faqat hukmdorning nomi o‘zgaradi xolos, xalq esa avvalgidek zulm ostida qolaveradi.

Bunday rejimlarning qulashiga jiddiy sharoitlar sabab bo‘ladi. Xalqni qaqshatadigan iqtisodiy inqiroz, elita ichidagi bo‘shliq kabi. Bundan tashqari, xalqning noroziligi ham kundan-kunga kuchayib “portlash” holatiga tushib qoladi. Agar to‘satdan vaziyatni keskin silkitadigan biror hodisa sodir bo‘lsa (masalan, korrupsiya mojarosi, narxlarning ko‘tarilishi, tashqi bosim kabi), bunday rejimning qulashdan boshqa chorasi qolmaydi.

Agar xalq xo‘rlanib yashash yoki bosh ko‘tarish tanlovi o‘rtasida qolsa, u bosh ko‘tarishni tanlaydi. Biroq, bu yo‘l juda xavfli bo‘lib, voqealar nima bilan tugashini oldindan aytib bo‘lmaydi. Agar jamiyat tayyorgarliksiz, rahbarsiz va maqsadsiz bosh ko‘targan bo‘lsa, bu qo‘zg‘alon yangi diktatura rejimining kelishi yoki tartibsizlik bilan yakunlanishi mumkin. Binobarin, bosh ko‘tarishning muvaffaqiyati jamiyat tanlagan mafkura va siyosiy yo‘nalishga bog‘liqdir. Uni amalga oshirish uchun jamiyat fidoyilik ko‘rsatishi va kurash yo‘liga o‘tishi kerak.

Alloh Taolo aytadi:

وَمَا أَصَابَكُمْ مِنْ مُصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ

“(Ey insonlar) sizlarga ne bir musibat yetsa, bas o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli (yetur). Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur”.

Yana aytadi:

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

“Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas”. (13:11).

Bu oyatlar ijtimoiy-siyosiy vaziyat xalqning ichki holatiga bog‘liqligini ifodalamoqda, ular: e’tiqod, dunyoqarash, maqsadlar va ularni amalga oshirish mas’uliyatidir. Jamiyat taraqqiyoti ruhiy va fikriy yangilanishdan boshlanadi. Bu Alloh Taolo tomonidan belgilangan qadardir.

Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari uchun yagona to‘g‘ri yo‘l – Islomiy mafkurani o‘rganish va Islomiy boshqaruv nizomiga qaytishdir. Islom mafkurasi – adolatli shariat doirasida haqiqiy siyosiy raqobatni ta’minlagan va Alloh Taolo tomonidan nozil qilingan boshqaruv usulidir. Alloh Taolo aytadi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَى آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنْ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنْ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ

“Agar u qishloqlarning (joyning) axli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik…” (7:96).

Bu oyatda Alloh Taolo jamiyatning kuchli va farovon hayot kechirishi iymon va taqvoning natijasi ekanini ochiq-oydin bayon qilmoqda. Boshqaruvdagi adolat, ijtimoiy tinchlik va farovonlik faqat mana shu yo‘l bilangina amalga oshadi.

Latif ar-Rosih

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.