Qat’iyat karvoni Misr rejimining xoinligi va armiyasining harakatga kelishining vojibligi o‘rtasida

11
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qat’iyat karvoni Misr rejimining xoinligi va armiyasining harakatga kelishining vojibligi o‘rtasida

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrirning Misr

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Arab rejimlari rahbarlari mazmunsiz sammitlar va yolg‘on anjumanlarni nishonlayotgan bir paytda, o‘zini «Qat’iyat karvoni» deb atagan xalq karvoni Tunis, Jazoir va Marokashdan yo‘lga chiqib, Liviya va Misr orqali G‘azoga yo‘l oldi. Karvon qamalni yorib o‘tish va 18 oydan buyon qamalda yashab kelayotgan G‘azo ahliga yordam berishni maqsad qildi. U turli yoshdagi erkak va ayollardan iborat bo‘lib, barchalarini yahudiy vujudi tomonidan G‘azo ahliga qo‘yilgan qamalni yorib o‘tish maqsadi birlashtirdi. Ma’lumki, bu qamal G‘azoga qo‘shni rejimlar, xususan, Misr rejimining yahudiylar bilan til biriktiruvi va bevosita ishtiroki orqali o‘rnatilgan.

Ammo karvon Misr chegarasiga yaqinlashishi bilanoq, achchiq haqiqat yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bu, Misr rejimi najot darvozasi emas, balki jinoyatda sherik degan haqiqat edi. Darvoqe, bu rejim karvonni Misrga kirishdan to‘sdi, a’zolarini Salum shahridan chiqarmay, ularning telefonlarini olib qo‘yib, aloqalarni uzdi, hatto ba’zilarini qaytib ketishga majbur qildi. Bu kabi xatti-harakat faqat dushmandan kutiladi. Zotan, bunday manzaraga birinchi bor guvoh bo‘layotganimiz yo‘q. Chunki G‘azo faqat yahudiy vujudi tomonidan emas, balki arab davlatlari rejimlari tomonidan ham qamalga olingan. Bu esa rasmiy siyosiy xohish, sharmandali xavfsizlik hamkorligi va silkinmas xalqaro til biriktiruv orqali amalga oshirilmoqda.

Karvon na qurol-aslaha, na raketa tizimlarini olib ketayotgan edi, balki u xalq tashabbusi bo‘lib, qamaldagi G‘azo ahliga yordamni ramziy ifoda etgandi. Shunga qaramay, Misr rejimi unga go‘yoki jiddiy xavfsizlik tahdidi sifatida munosabatda bo‘ldi. Nahotki, Falastinga yordam berish – hatto so‘z bilan bo‘lsa ham – jinoyatga aylangan bo‘lsa?! Nahotki, G‘azoga hamdardlik bildirish ta’qib va hibs uchun asos bo‘lib qolgan bo‘lsa?!

Qat’iyat karvoni bilan sodir bo‘lgan voqea arab davlatlari rejimlarining, asosan, Misrdagi Sisiy rejimining qator xiyonatlari ro‘yxatiga qo‘shilayotgan navbatdagi jinoyatdir. Bu rejim yahudiy vujudining xavfsizligiga sodiq ekanini tinmay takrorlab, ishg‘olchi rahbarlar bilan aloqa qilayotgani bilan faxrlanadi, ammo G‘azo va uning ahliga yordam qo‘lini uzatmoqchi bo‘lgan insonlarni bostirib, quvg‘in qiladi.

Haqiqiy pozitsiya shiorlar bilan emas, balki maydonda (amaliy harakat bilan) baholanadi. Bu maydon esa aniq bir haqiqatga guvohlik bermoqda: Vashington buyruq bermaguncha hech qanday o‘tish yo‘li ochilmaydi, hech bir askar qimirlamaydi va hech qanday qamal yorib o‘tilmaydi.

Hech shubha yo‘qki, Qat’iyat karvoni xalq orasidagi ixlos va sadoqatning yaqqol ifodasi bo‘lib, Falastin masalasi Ummat masalasi, aniqrog‘i, hanuz uning qalbida tirik saqlanayotgan masala ekanini tasdiqlamoqda. Biroq insonparvarlik karvonlari qanchalik katta bo‘lmasin, ular bosqinchi yahudiy vujudini ag‘darishga, yurtni ozod qilishga, bombardimonni to‘xtatib, qamalni olib tashlashga qodir emas, bu haqiqatni ochiq aytmasdan ilojimiz yo‘q.

Islom zaiflarga yordam berish mas’uliyati faqat shiorlarga ega bo‘lgan kishilar zimmasida emas, balki kuch-qudrat sohiblari zimmasida ekanini juda aniq bayon qilgan. Masalan, Alloh Taolo bunday degan:

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ﴾

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                           [Niso 75]

Bu oyat kimga murojaat qilyapti? Albatta, kuch-qudrat egalariga, ya’ni Misr, Iordaniya, Turkiya, Pokiston armiyalariga va soni 5 milliondan ortiq bo‘lgan barcha musulmon armiyalarga xitob qilyapti! Bu armiyalar yahudiy vujudini bir necha kunda yo‘q qilib yuborishga yetarli qurol-aslahaga sohib. Agar boshlarida xolis rahbarlar bo‘lganida shunday qilingan bo‘lardi. Ammo bu armiyalar Quddus sari harakatga kelish o‘rniga, xalqlarni qamal qilmoqda, karvonlarni bostirmoqda va yahudiy vujudi chegaralarini xalq g‘azabidan himoya qilmoqda.

Bugun sodir bo‘layotgan voqealar arab davlatlari rejimlarining xiyonatkorligini va ishg‘olchilar bilan ittifoqda ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Misr G‘azo ahliga nusrat berish va qamalni yorib o‘tish uchun darvoza bo‘lishi kerak edi, ammo u bosqichilar manfaatiga xizmat qiluvchi zindonga aylandi. Misr armiyasi yahudiy vujudiga qarshi qilich bo‘lishi lozim edi, lekin shu vujud chegaralarini qo‘riqchisiga va G‘azo qamalida uning yordamchisiga aylandi.

Ey Kinona qo‘shinlari va kuch-qudrat egalari!

Nahotki G‘azo harakatga kelishingiz uchun loyiq bo‘lmasa?! Nahotki shahidlar qoni, farzandlaridan ayrilgan onalarning, beva va yolg‘iz ayollar, bolalar va qariyalarning fig‘onlari sizni chaqirmayotgan bo‘lsa?! Axir, Falastin sizning zimmangizdagi omonat emasmi?! Uning ahli sizning birodarlaringiz emasmi?! Ularni himoya qilish, ularga nusrat berish siz uchun farz emasmi?! Nahotki Allohning buyruqlaridan rahbarlaringiz buyruqlari ustun bo‘lsa?!

Falastinga yordam berish bayonotlarga emas, tanklarga muhtoj. Unga rasmiy qoralashlar emas, ochiq fath qarori kerak. Falastinga bir-ikki kunlik ochiluvchi yo‘laklar emas, balki to‘liq va barcha jihatni qamrab oluvchi ozodlik jangi kerak. Bugun Ummatga nusrat berish, xoin hukmdorlarni ag‘darish, Ummat loyihasi bo‘lmish Xalifalikni qayta barpo etish, Islom hukmini qoim qilish, armiyalarni harakatga keltirish va Allohning va’dasini ro‘yobga chiqarish mas’uliyati aynan sizning zimmangizda.

﴿وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ﴾

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va solih amallar qilgan zotlarga ularni yer yuzida xalifa qilishni va’da qildi»                                            [Nur 55]

Qat’iyat karvoni – shuncha to‘siqlarga qaramasdan – rejimlarning yuziga tushirilgan tarsaki bo‘ldi hamda Falastin masalasi hanuz Ummat qalbida tirik ekanini isbotladi. Ammo, shu bilan birga, bu karvon musulmonlar uchun bir qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ya’ni u musulmonlarga «hamdardlik» bildirish bosqichini ortda qoldiring, endi rejimlarni o‘zgartirish, islomiy hayotni qayta boshlash, armiyalarni harakatga keltirib, qamalni yorib o‘tish va yurtni ozod etish vaqti keldi, demoqda.

Shuning uchun shahidlar qonini, onalarning nolasini va bolalarning fig‘onini anjumanlar yo‘laklarida hamda malay rejimlar ostonasida yolvorish bilan zoye ketkazmang. Aksincha, Qat’iyat karvonini haqiqiy o‘zgarish sari, Falastinni ozod qilish va Xalifalikni barpo etish sari yetaklovchi mash’alaga aylantiring!

Ey Allohim! Bizni Aqsoni ozod qiladigan, yahudiy vujudini sindiradigan va musulmonlarni Islom bayrog‘i ostida, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida birlashtiradigan Islom davlatini barpo etishimizga tez fursatda, kechiktirmasdan muyassar ayla!

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar»                                   [Anfol 24]

Roya gazetasining 2025 yil 18 iyun, chorshanba kungi 552-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.