Matbuot bayonoti
Zamonaviylik niqobi ostida fahsh va buzuqlikni tarqatuvchi iflos faoliyatlar
Livan parlamentidagi deputat ayol Najot Saliba bunday dedi: «Biz Tripolidagi maktablarda «oilaviy ong saqofati»ni tarqatish maqsadida Amerika universitetini qo‘llab-quvvatlashga urindik. Biroq bu tashabbusimiz patriarxal va irqchilik qarshiligiga uchradi».
Bir vaqtning o‘zida, Bayrutdagi Amerika universiteti tibbiyot markazining «Ayollar uchun to‘liq jinsiy salomatlik dasturi» (Women Integrated Sexual Health Program at AUBMC) niqobi ostida faoliyat yuritayotgan Amerika universitetiga mansub ikki lesbiyanka ayol ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Tripolidagi qizlar litseylaridan biriga kelishdi! So‘ngra fahshni yuzsizlarcha targ‘ib qilishga o‘tib, qizlarga fahsh mazmunidagi uyatsiz mavzular va ochiq suratlarni berishdi! Bu holat ota-onalarni maktab ma’muriyatiga murojaat qilishga majbur qildi. Ma’muriyat esa bu ikki shaxs maktabga ta’lim va oliy ta’lim vazirligi ko‘rsatmasi asosida kelganini ma’lum qildi!
Bu voqealar Livanda sodir bo‘lmoqda – go‘yo uning ahliga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy azob-uqubatlar kamlik qilayotgandek! Holbuki, aynan shu inqirozlar tufayli yurt bo‘ylab fasod, axloqiy buzilish, qashshoqlik va ishsizlik avj olgan. Ustiga-ustak, endi ular oilalarga ham aralashib, farzandlarimizning ongi bilan o‘ynashmoqdalar! Bularning barchasini «ong va ta’limni yoyish», «zamonaviylik» va «ochiqlik» kabi niqoblar ostida amalga oshirishmoqda. Shu yerda savol tug‘iladi: qanday ongni tarqatishni ko‘zlamoqdalar?! Qanday ta’lim yo‘lini tutmoqdalar?! Va qanday «ochiqlik»ni orzu qilmoqdalar?!
Maktablarda buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatish – jamiyatni ildizidan yemirishga qaratilgan xavfli harakatdir. Maqsadlari – oila jipsligini yo‘q qilish. Ularga bunday uyatsiz mavzularni qizlarimizga berish imkonini yaratish katta jinoyatdir. Jamiyatlarimizdagi Oila shiddatli hujum ostida qoldi. Bu hujum siyosatchilar, yetakchilar va ziyolilardan iborat yirik jinoyatchilar to‘dasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ular tezkor va ketma-ket dasturlar orqali Islomni, musulmonlarni va Islomdan balqib chiqadigan hayo, poklik va nomusni nishonga olganlar. Ular bizning farzandlarimizni fahsh va buzuqlik botqog‘iga botirishni ko‘zlashmoqda. Bugun bu dasturlarning barchasi to‘g‘ridan to‘g‘ri BMTning «madaniyat», sivilizatsiya» va «zamonaviylik» niqobidagi g‘arazli dasturlariga asoslanganligi barchamizga ma’lum.
Maktablar mazkur shubhali tashkilotlar uchun oilalarni sekulyarlashtirish, buzish va axloqiy buzuqlikni yoyishning eng qulay va samarali maydoniga aylantirildi. Bu buzg‘unchi faoliyatlar turli xil bahonalar va puch, asossiz da’volar bilan oqlanmoqda. Bu buzg‘unchi da’volarini «iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish», «reproduktiv va jinsiy salomatlik», «qizlar huquqini ta’minlash» kabi jozibador shiorlar orqali ommaga singdirishga urinishmoqda. Buni esa turli xalqaro shartnomalar va anjumanlarga tayanish bilan amalga oshirishmoqda.
Islomiy qadriyatlarga butunlay zid bo‘lgan ushbu buzg‘unchi faoliyatlar «rivojlanish», degan niqobda, aslida esa fasodni tarqatish, erkak va ayollarni aralashtirish, hayo chegaralarini yo‘q qilish va ikki jins o‘rtasidagi islomiy to‘siqlarni buzishga qaratilgan turli nomlar ostida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, ta’lim – Ummatning buguni va ertasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim sohalardan biridir. U holda, bu hayotiy ahamiyatga ega sohaga nisbatan davlatning o‘rni qayerda qoldi?! U qachongacha xalqaro tashkilotlarning buzg‘unchi dasturlariga garov bo‘lib qoladi?! Nega bunday jirkanch ishlar go‘yoki tegishli vazirliklarning xabari va roziligisiz amalga oshirilayotgandek, ular doimo bunday dastur va amaliy seminarlardan o‘zlarini olib qochayotgandek ko‘rsatilyapti?! Bunday shubhali jamiyatlar esa yurtning chor atrofida to‘liq erkinlik bilan harakat qilmoqda. To‘g‘rirog‘i, ular uchun «ong va ta’lim» niqobi ostida barcha yopiq eshiklar ochib berilmoqda! Bu voqea birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Bu kabi faoliyatlar Livanning bir qancha maktablarida, ayniqsa shimoliy hududlarda amalga oshirilgan. Gender tushunchasini mustahkamlashga chaqiruvchi «Oksfam» loyihasidagi mutasaddilarning bayonotiga ko‘ra, mazkur loyiha Livanni, ayniqsa shimoldagi Tripoli shahrini qamrab olgan.
Bu nopok hujum doirasida sodir bo‘layotgan barcha ishlar – Alloh insonlarga ato etgan sof fitratga mutlaqo ziddir. Ular insonlarni qadriyatlardan, poklik va iffatdan uzib, buzuqlik va ifloslik botqog‘iga tortishni istamoqdalar. Endi ular parda ortidan kurashmayaptilar. Balki dinimiz, izzatimiz, sharafimiz va qadriyatlarimizni ochiqdan-ochiq, hech qanday hayo va uyatsiz nishonga olishmoqda. Shuning uchun bizning vazifamiz bu buzg‘unchilik va fasodga qarshi qat’iy turish, ularni quvg‘in qilish, makkorona rejalarini fosh etish va uslublarini ochiq-oshkora tarzda xalqqa ochib tashlashdir. O‘lkaning ongli va xolis farzandlari ayni shu narsaga intilmoqdalar. Shu sababdan, bu farzandlarimiz dinimizga, muborak shariatimizning ahkomlariga va undan balqib chiqqan yuksak axloq hamda fazilatlarga daxl qiluvchi har bir so‘z va har bir qadamni hushyorlik bilan kuzatib bormoqdalar.
Biz, ushbu masalaga befarq bo‘lmagan har bir kishini o‘z vaqtida ogohlik bilan harakat qilishga, yomonlik uchqunlarini avvalidayoq o‘chirishga da’vat qilamiz. Ushbu jamiyatlar va ularga ergashuvchilarning makri va fasodini anglab yetgan, talaba qizlar va ularning ota-onalariga dinini va uning ulug‘ shariat ahkomlarini tushuntirayotgan ongli va xolis kishilarning qo‘llarini qattiq siqib, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Aslida bu yerdagi masala talant va stipendiya yoki sun’iy o‘ylab topilgan huquqlar masalasi emas, balki ulardan ancha ulkan va xavfli bir muammodir. To‘g‘rirog‘i, u – Islomdan voz kechtirish maqsadida musulmon oilani yo‘q qilishga qaratilgan shafqatsiz urushdir. Bu urushni G‘arb va uning izidan ergashuvchi xalqaro tashkilotlar, muassasalar va yollanma xoin hukmdorlar olib bormoqda.
Darhaqiqat, Livanda va Islom olamidagi barcha diyorlarda avj olayotgan bu sekulyar to‘fonga qarshi kurash faqatgina bitta hukmdor boshqaruvi ostidagi davlatni barpo etish orqali amalga oshadi. Zero, bu davlat Islom Ummatini birlashtiradi, Allohning shariati va Rosululloh ﷺ sunnatini qonunlar va davlat muassasalari orqali tatbiq etadi. Ana shu qonunlar va muassasalar musulmon oilaning solih va isloh qiluvchi avlodlarni tarbiyalashdan iborat buyuk vazifasini muhofaza qiladi.
Bu davlat – yaqin orada, Allohning izni ila, qayta barpo bo‘ladigan roshid Xalifalik davlatidir. Har bir musulmon o‘z mas’uliyatini zimmasiga olmog‘i va Islom unga yuklagan amonatga qattiq rioya qilmog‘i lozim. Zotan Rosululloh ﷺ shunday deganlar:
«كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ…»
«Har biringiz boshqaruvchisiz va har biringiz o‘z qo‘l ostidagilardan javobgardir…».
Shu bois, barchaga – erkak va ayollarga – bu dinni yo‘q qilishni ko‘zlagan dasturlarga qarshi qat’iy turish vojibdir. Barcha musulmonlar dinning hurmatini bilmaydigan, nomusni himoya qilmaydigan ruvaybiza hukmdorlarga qarshi turishga chaqirilgan. Chunki shu hukmdorlar yomonlikning aynan o‘zi va yaqinlashib kelayotgan katta xatardir. Agar biz buni qilmasak, Alloh Taoloning azobi bizni ham qamrab oladi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar.
«مَا مِنْ قَوْمٍ يُعْمَلُ فِيهِمْ بِالْمَعَاصِي ثُمَّ يَقْدِرُونَ عَلَى أَنْ يُغَيِّرُوا ثُمَّ لَا يُغَيِّرُوا إِلَّا يُوشِكُ أَنْ يَعُمَّهُمْ اللَّهُ مِنْهُ بِعِقَابٍ»
«Qaysi bir qavmning orasida gunoh ishlar qilinsa, ular buni o‘zgartirishga qodir bo‘la turib o‘zgartirmasalar, Allohning azobi ularning barchasini qamrab olishi mumkin». (Abu Dovud rivoyati).
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
bo‘limi ayollar qanoti