Afg‘onistonning mineral zaxiralari – Islomiy Ummatning umumiy mulkidir!

13
0

Matbuot bayonoti

Afg‘onistonning mineral zaxiralari – Islomiy Ummatning umumiy mulkidir!

Bu boyliklar siyosiy yoki shaxsiy manfaat asosida emas, balki Islom shariati asosida boshqarilishi kerak!

So‘nggi oylarda hozirgi Afg‘oniston rejimi rasmiylari bilan AQSH, Xitoy, Rossiya va mintaqadagi bir qancha davlatlar rasmiylari o‘rtasida oshkora va maxfiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy kun tartibidagi masalalardan biri global kuchlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan Afg‘onistondagi strategik foydali qazilma konlari va nodir yer elementlari bo‘ldi. Mazkur davlatlar ushbu konlarga ega chiqish va ularni nazorat qilish uchun hukmron rejimga ayrim siyosiy yoki iqtisodiy imtiyozlar va’da qilmoqda.

Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston viloyati matbuot bo‘limi mas’ul idoralar va butun afg‘on xalqi bilan birgalikda mamlakatdagi konlarning g‘ayriislomiy va iqtisodiy jihatdan nosog‘lom tarzda boshqarilayotganidan o‘zining chuqur xavotirda ekanini bildiradi. Shu bilan birga, umumiy boyliklarni noto‘g‘ri boshqarish dunyo va oxiratda og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ham ogohlantiradi.

So‘nggi uch yarim yil davomida hozirgi afg‘on rejimi hech qanday strategik rejalarsiz, keng ko‘lamli chuqur iqtisodiy tahlillarsiz hamda Islom asosida shaffof huquqiy mexanizm tashkil qilmasdan, mahalliy va xorijiy shaxslar hamda kompaniyalar bilan ikki yuzdan ortiq o‘rta va yirik konlar, shuningdek, yuzlab kichik konlar bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu shartnomalar nafaqat zarur shaffoflikdan mahrum, balki aksar hollarda shaxsiy manfaatlar va muayyan imtiyozli guruhlarga foyda keltirish uchun mo‘ljallangan. Ayrim holatlarda esa, mineral resurslar bo‘yicha shartnomalar yuqori lavozimdagi mansabdorlarning norasmiy ko‘rsatmalariga muvofiq ma’lum bir shaxslarga topshirib qo‘yilgan. Amalda esa, afsuski, umumiy mulk talon-toroj etilmoqda. Go‘yo yuqori mansabli amaldorlar va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida Afg‘onistondagi mineral resurslarni qo‘lga kiritish uchun pinhona, ammo shiddatli «o‘lja kurashi» ketayotganga o‘xshaydi.

Boshqa tomondan, yirik konlarni xususiylashtirish Islom ahkomlariga butunlay ziddir! Islom ta’limotiga ko‘ra, katta mineral boyliklar umumiy mulk hisoblanadi. Shuning uchun bu boyliklarni xususiylashtirish yoki dushman kofirlar va ularga qarashli kompaniyalarga topshirish islomiy shariatga ko‘ra faqatgina harom bo‘lib qolmasdan, balki ulkan siyosiy strategik xato hamdir! Ayniqsa, bu boyliklarning Islom Ummatiga ochiqdan-ochiq dushmanlik qilayotganlarga – masalan, Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur musulmonlariga tizimli ravishda zulm qilib kelayotgan Xitoyga – berilishi zolimlar bilan hamkorlik qilishning yorqin namunasidir. Bizni Alloh Taolo bundan qat’iy ravishda ogohlantirib, bunday degan:

﴿وَلَا تَرۡكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ﴾

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar»                                                      [Hud 113]

Bugungi kunda Afg‘onistonga «konchilik faoliyati» niqobi ostida kirib kelgan ko‘plab kompaniyalar zohirda tijorat xarakteriga ega bo‘lsalar-da, biroq, ko‘p hollarda, ular mustamlakachi davlatlarning razvedka idoralari va siyosiy organlari bilan bog‘langan. Bu tuzilmalarning asosiy maqsadi yumshoq uslublar orqali kirib borib, Afg‘onistonning mineral boyliklarini bosqichma-bosqich qo‘lga kiritishdir. Shunday ekan, Islom davlatining ushbu foydali qazilma konlari borasidagi vazifasi ularni himoya qilish, saqlash va Ummat nomidan boshqarishdir. Islom davlati ularga egalik qilinadigan yoki xususiy sektorga topshirib yuboriladigan shaxsiy mulk deb qaramaydi. Resurslarni xususiylashtirish – ularning bir hovuch boylar elitasi qo‘lida to‘planib qolishiga xizmat qiladi. Bu esa xalqqa nisbatan nafaqat adolatsizlik, balki Rosululloh ﷺning quyidagi hadisi shariflariga ham ziddir:

«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ: الْمَاءِ وَالْكَلَأِ وَالنَّارِ»

«Musulmonlar uch narsada sherikdirlar: suv, o‘tloq va olovda». (Imom Ahmad rivoyati).

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimiki, bu mineral boyliklar xom ashyo holatida sotilib, qisqa muddatli daromadlar yoki joriy va rivojlantirish budjetlarini moliyalashtirish vositasiga aylanib qolmasligi kerak! Aksincha, Islom davlatining sanoatlashuviga xizmat qiladigan strategik iqtisodiy yo‘nalishning asosiy tirgagi bo‘lishi lozim! Bu esa Islom shariatiga faqatgina shiorlar ko‘tarib chiqib emas, balki haqiqiy va amaliy tarzda rioya qiladigan davlat soyasida amalga oshadi. Bu davlat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir! Xalifalik – Ummatning boyliklariga hukmronlik qilishni emas, balki ularni muhofaza qilishni o‘z zimmasiga olgan, bu boyliklarni adolat bilan taqsimlaydigan hamda Ummatning qudratini qayta tiklash, sanoatini rivojlantirish va jamoaviy farovonligini ta’minlash yo‘lida ulardan foydalanadigan ilohiy tuzumdir!

Hizb ut-Tahrirning

Afg‘oniston viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.