Amerikaning urush va qirg‘in mashinasi «Hamkorlik» va «Abadiy do‘stlik» kabi yaltiroq shiorlari ortiga yashiringan

16
0

Matbuot bayonoti

Amerikaning urush va qirg‘in mashinasi «Hamkorlik» va «Abadiy do‘stlik» kabi yaltiroq shiorlari ortiga yashiringan

Ey Tunis ahli!

Amerika yahudiy vujudiga, o‘zining AQSH, Yevropa va Yaqin Sharqdagi bazalaridan yuzlab kuchli vayron qiluvchi bombalar va turli xil o‘q-dorilarni yetkazish uchun misli ko‘rilmagan havo ko‘prigini o‘rnatdi. Boshqa tomondan, yahudiy vujudi tomonidan sodir etilayotgan qirg‘in, genotsid va vayronagarchiliklarni qo‘llab-quvvatlamoqda, qarshilik harakatidan esa qurolsizlanishni, G‘azo ahlini surgun qilishini va dunyoning chor atrofiga sochilib-bo‘linib ketishini talab qilmoqda. Mana shunday bir paytda, AQSHning Tunisdagi elchixonasi bayonot berdi. Unga ko‘ra, «AQSH oltinchi floti jamoatchilik bilan aloqalar departamenti» Qo‘shma Shtatlar tomonidan Tunisga 34 metr uzunlikdagi «Island» sinfidagi ikkita qirg‘oq qo‘riqlash kemasi yetkazib berilganini ma’lum qilgan. Bayonotda iddao qilinishicha, bu ish 220 yillik tarixga ega bo‘lgan AQSH-Tunis dengiz hamkorligi doirasida va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan.

Ushbu adashtiruvchi bayonot qarshisida, biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati a’zolari quyidagilarni ochiqlaymiz:

Birinchi: Amerikaning Tunisga «dengizdagi mavjudlik va global hamkorlikka sodiq qolish» niqobi ostida yetkazib bergan ikkita qirg‘oq qo‘riqlash kemasi mohiyatan AQSHning mamlakatimiz va mintaqamizdagi manfaatlariga xizmat qiladi.

Ikkinchi: ikki kemaning taqdim etilishi AQSH-Tunis dengiz hamkorligining 220 yilligiga bag‘ishlanadi, degan da’vo yolg‘on. Bu bilan tarix ham buzib ko‘rsatilyapti. Chunki Tunisning ildizi Islom Ummatiga mansub. Uning mazkur 220 yil davomidagi xorijiy aloqalari Usmoniy Xalifalik davlatining boshqa xalqlar va davlatlar bilan o‘rnatgan aloqalari doirasida bo‘lgan.

Uchinchi: ikki kemaning taqdim etilishi Amerikaning gegemonlik va mustamlakachilik strategiyasi doirasida bo‘lyapti. Bu, ayniqsa, Tunisga NATOga a’zo bo‘lmagan «strategik sherik» statusini joriy qilganidan so‘ng, keyin esa, dengizdagi mavjudlik va global hamkorlikka sodiq qolish niqobi ostida yerlarimiz va portlarimizdan xohlaganicha foydalana boshlashi ortidan amalga oshirilyapti.

Ey Zaytuna o‘lkasidagi musulmonlar, ey mujohid qahramonlar avlodi!

Bizga og‘riq berayotgan narsa Ummat kuchlarining kofir Amerikaning harbiy manyovrlarida yelkama-yelka turib qatnashayotganidir. Bu mustamlakachining o‘lkalarimizdagi malay hukmdorlar orqali mazlum Ummatimizni laqillatib, masxara qilayotgani qayg‘u va g‘azabimizni yanada orttirmoqda. Zotan, Ummat shu hukmdorlar sababli xorlik va ojizlikka yetib kelgan. Bundan qutilishning yagona yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik soyasida qayta Islom bilan hukm yuritishdan iborat. Ertangi kun uni kutayotgan kishi uchun yaqindir.

﴿ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۚ أَيَبۡتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلۡعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلۡعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعٗا﴾

«Ular mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutadilar. Ular o‘sha kofirlardan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir»                                                                  [Niso 139]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.