Mazzuna institutidagi fojia zamonaviy davlat hukmdorlarining loqaydligiga tirik guvohdir

17
0

Matbuot bayonoti

Mazzuna institutidagi fojia zamonaviy davlat hukmdorlarining loqaydligiga tirik guvohdir

Hukmdorlarning loqaydligi va yomon boshqaruvi sababli zamonaviy davlatdagi maktab va institutlar vaqtli minalarga aylanmoqda, yoshlarimiz va jigarporalarimiz hayotiga zomin bo‘lmoqda… Mazzuna instituti devorining ag‘darilishi oqibatida uch talabaning halok bo‘lishi – Alloh ularni rahmat qilsin – va bir nechtasining yaralanishi hukmdorlar yolg‘onini ochib tashladi. Ularning fuqarolarni aldashlarini, o‘z burchlariga beparvolik qilishlarini yoki Alloh Taoloning oldida javob berishni his qilmay, bundan tashvishlanmasliklarini fosh etdi. Darhaqiqat, hadisi sharifda

«مَا مِنْ عَبْدٍ يَسْتَرْعِيهِ اللهُ رَعِيَّةً، يَمُوتُ يَوْمَ يَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لِرَعِيَّتِهِ، إِلَّا حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ»

«Alloh tomonidan fuqaroga rahbar qilib qo‘yilgan biror banda fuqaroni aldagan holda vafot etsa, Alloh uni jannatdan mahrum etadi», deyilgan.

Yuraklarimizni alam va hasratga solayotgan ishlardan yana biri shuki, o‘zlarini mustaqil deya da’vo qilayotgan ushbu davlat hukmdorlari katta-katta pullarni suzish havzalarini tuzatishga va sport komplekslarini ta’mirlashga hamda odamlar hayotini buzuvchi krizislarni keltirib chiqarishga sarflamoqdalar. Yo‘llar, kasalxonalar va ta’lim muassasalarini tuzatishni umuman xayollariga ham keltirishmayapti. Holbuki, bu muassasalar yillar davomida dahshatli ahvolga keldi, oqibatda begunoh insonlar o‘limiga olib kelayotgan halokat va fojialarga sabab bo‘lyapti. Axir, xavfsizlik bo‘lmasa, kitob qonga bo‘yalgan bo‘lsa, ta’limning qadri qoladimi?!

Ey Tunis ahli!

Tunis mustaqillikka erishganidan boshlab 68 yillik hukmronlikdan so‘ng, hukmdorlarning xalqni yomon boshqarishlari sababli ayanchli ahvolga keldi. Shunday bo‘lishi ham tabiiy. Chunki xoh respublika boshqaruvi bo‘lsin, xoh prezidentlik boshqaruvi bo‘lsin yoki parlament boshqaruvi, farqsiz, uning qonun va tuzumlari inson tomonidan o‘ylab topilgan. Ammo musulmonlarga Islom ahkomlari bilan g‘amxo‘rlik qilinishi turli-tuman siyosatlar orasida aslo o‘xshashi yo‘q eng to‘g‘ri yagona siyosatdir. Buning boisi shundaki, Islom musulmonlar qalbiga Allohdan qo‘rquvni joylaydi. Bunga musulmonlar xalifasi Umar Foruq ibn Xattob roziyallohu anhuning hukmdor sifatida zimmasiga ortilgan javobgarlikni naqadar kattaligini his qilganligi, xalq yuradigan yo‘l u yoqda tursin, hatto xachir yuradigan yo‘lni ham tuzatilgan-tuzatilmagani haqida o‘zidan hisob so‘raganligi misol bo‘ladi!

Inson o‘ylab topgan tuzum-rejim esa, odamlar qalbiga loqaydlikni va Alloh Subhanahu va Taolo oldida javobgarlikni his qilmaslikni joylamoqda. Oqibatda fuqaro yomon boshqarilyapti, o‘z navbatida, bu halokatlarga va tinch aholi hayotiga zomin bo‘luvchi musibatlarga olib kelyapti.

Ey Tunis ahli!

Xalqqa g‘amxo‘rlik qilmaydigan, bu qilmishlari oqibati naqadar dahshatli ekanini anglamaydigan, mas’uliyatni his qilmaydigan rahbarlarni ham ulkan azob kutmoqda. Sizning vazifangiz ana shu loqayd hukmdorlarni tiyib qo‘yish va ularning xalqni yomon boshqarishayotganining sababi buzg‘unchi sekulyar qonunlarga bo‘ysunishayotganligi ekanini jamoatchilik fikrida vujudga keltirish hamda bu hukmdorlarni ag‘darib, xarobalari uzra Xalifalikni barpo etishga harakat qilishdan iborat. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ushbu Xalifalikkina fuqaroni to‘g‘ri boshqaradi va musulmonlarni har turli xavf-xatardan himoya qilib, barcha kerakli xizmatlar bilan ta’minlaydi.

Alloh Taolo aytadi:

﴿أَفَحُكۡمَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ يَبۡغُونَۚ وَمَنۡ أَحۡسَنُ مِنَ ٱللَّهِ حُكۡمٗا لِّقَوۡمٖ يُوقِنُونَ﴾

«Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!»           [Moida 50]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.