Matbuot bayonoti
O‘z burchini ado etishdan qochib qutulish uchun o‘zini ojiz qilib ko‘rsatganlardan zaifroq kimsa yo‘q
Bangladesh o‘tish davri hukumati musulmonlar noroziligiga qaramay G‘azo ahlini yordamsiz qoldirmoqda
Amerika va uning yetimchasi bo‘lgan yahudiy vujudining muborak Falastin zaminidagi ahlimizga qarshi to‘xtovsiz sodir etayotgan vahshiy qirg‘iniga nisbatan yuz minglagan g‘azabnok musulmonlar 13 aprel shanba kuni Dakka ko‘chalari bo‘ylab norozilik namoyishi boshladi. Shundan so‘ng AQSH sobiq prezidenti Bill Klintonning yaqin do‘sti va o‘tish davri hukumati bosh vaziri Muhammad Yunus ichki ishlar vaziriga Bangladesh pasportidagi «Isroil bundan mustasno», degan so‘zni qayta tiklashni buyurdi. Bu Bangladesh aholisi uchun yahudiy davlatiga safar qilish taqiqlanganini anglatadi. Tog‘ut Hasinaning quvilishi ortidan kelgan muvaqqat hukumatning ayni qoralovchi buyrug‘i soxtakorlikdan boshqa narsa emas. Holbuki, bu o‘lkaning sobiq tog‘utdan ko‘rgan zulmlarini ayni hukumat boshqa hukumatlardan ko‘ra chuqurroq his qilishi kerak edi. Xalqaro tizimga hamda Amerika va yahudiy vujudiga qarshi birlashib, namoyish qilayotgan oddiy qurolsiz xalqning og‘riq va alamlariga bu hukumat ham sherik bo‘lishi lozim edi. Biroq u shunday soxta buyruq bilan cheklandi. Bu esa muborak zamindagi ahlimizni yordamsiz tashlab qo‘yganini, hatto Braziliya va Boliviya kabi Islomga aloqasi yo‘q davlatlar egallagan pozitsiyani ham egallamaganini ko‘rsatib turibdi. Chunki hukumatning bu pozitsiyasi Falastin ahliga yordam berishdan juda uzoq. Aksincha, islomiy o‘lkalardagi boshqa xoin rejimlardan farqsiz o‘laroq, uning befarqlik holatini ko‘rsatib turibdi.
Vaziyatdan bexabar kishi Bangladesh muborak Falastin zaminidagi xalqimizni qo‘llab-quvvatlash u yoqda tursin, hatto o‘zini ham himoya qila olmaydigan zaif davlat, deb o‘ylashi mumkin. Biroq bu taxmin haqiqatdan mutlaqo uzoq. Chunki BMTning tinchlikparvar kuchlariga eng ko‘p hissa qo‘shuvchi ikki davlat – Pokiston va Hindistondan – keyin uchinchi o‘rinni egallaydigan davlat Bangladesh hisoblanadi. Bularning har biri BMTning butun dunyo bo‘ylab turli tashkilotlariga 8.000 nafar xodim bilan o‘z hissalarini qo‘shib kelyapti. Bangladesh, shuningdek, o‘z askarlarini «tinchlikparvarlik» missiyalariga tayyorlab beradigan xalqaro miqyosda tan olingan BIPSOT (Bangladesh tinchlikni qo‘llab-quvvatlash operatsiyalari o‘quv markazi)ni tashkil etgan. Qolaversa, BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) missiyasini 120 nafarga yaqin xodim bilan ta’minlab, mintaqada tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shayotgan muhim davlatlardan biri hisoblanadi. Bangladesh dengiz floti 2010 yildan beri (UNIFIL) dengiz ishchi guruhiga (MTF) turli turdagi harbiy kemalar bilan hissa qo‘shib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Bangladesh dengiz floti mintaqaga «BNS Osman» kemasini, katta patrul kemasi «BNS Madhumati», «BNS Ali Haider» fregati, yirik patrul kemasi «BNS Nirmul», «BNS Bijoy» korveti va oxirgi marta 2020 yil sentyabrda missiyasini boshlagan «BNS Sangram» korveti kabi harbiy kemalarini yubordi.
Shunday qilib, demak, Bangladesh G‘azo ahliga – ularga yaqin yerda joylashgan o‘ziga qarashli dengiz kuchlari orqali – yordam berishga qodir. Biroq u G‘azo ahliga yordam berish o‘rniga, bu jangovar kuchlarimizdan shu jirkanch yahudiy vujudi chegaralari va tinchligini mudofaa qilishda foydalanyapti. Bu kuchlarimiz global yovuz super kuchlar manfaati uchun xizmat qilyapti, masalan, yahudiy vujudi chegaralarini Livandagi musulmonlardan himoya qilish kabi yirik davlatlar bajara olmagan yoki askarlari bajarishdan qo‘rqayotgan jirkanch ishlarni bajarib beryapti.
Yunus hukumati va hukumat armiyasining vazifasi Bangladesh pasportidan «Isroil bundan mustasno», degan iborani qayta tiklash-tiklamaslikdan iborat emas, balki armiya yahudiy vujudini yo‘q qilishi kerak. Shuningdek, muzaffar Salohiddin Ayyubiyga taqlid qilgan holda, kemalari va tanklariga, shuningdek, mujohid askarlari peshonalariga «Quddusni ozod etish sari», deb yozib qo‘ymog‘i ham lozim. Chunki ular ikki qiblaning birinchisi va ikki Harami Sharifning uchinchisi bo‘lmish Aqso masjidida namoz o‘qishga ko‘ngillari oshufta mujohidlardir. Lekin bu hukumat ham G‘azoni yordamsiz qo‘yish, qo‘rqoqlik va xoinlikda avvalgi tog‘ut Hasina hukumatidan farq qilmayapti. Shunday qilib, Dakka ko‘chalarini to‘ldirgan o‘n minglab g‘azablangan musulmonlar haqiqiy to‘siq hukumatning o‘zi ekanligini aniq ko‘rsatdi. Muammo mamlakatning zaifligi yoki kuchining ozligida emas, hukumatning xiyonatida!
Shunga binoan, Bangladesh qurolli kuchlarining har bir xolis harbiyi Islom shariatidagi «Vojibni ado etish uchun zarur bo‘lgan ish ham vojibdir», degan shar’iy qoidaga amal qilishi shart bo‘lib qoldi. Bugungi kunda zudlik bilan qilinishi kerak bo‘lgan narsa bu xoin hukumatni ag‘darib, uning o‘rniga Bangladesh armiyasini Falastinni ozod qilish sharafiga olib borish uchun samimiy va solih rahbariyatni qoim qilishdir. Buning uchun esa, albatta shu armiyadagi xolis zobitlar Yunus hukumatini ag‘darmoqlari va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bermoqlari darkor. Aynan Xalifalik armiyaga qo‘mondonlik qilib, repressiyada qolgan Falastindagi ahlimizni qutqaradi.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ﴾
«Ey mo‘minlar, sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot bo‘limi