Suv resurslari ustidan nazorat o‘rnatish mustamlakachilikning bir turidir
O‘rta Osiyoning rivojlanishi qadimdan dehqonchilik va irrigatsiya (Suvsiz yerlarga suv chiqarish va dalalarni, ekin maydonlarini sug‘orish) masalasiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Ushbu muammoning dolzarbligi bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda. Qozog‘istonning shimoliy viloyatlarini hisobga olmaganda, deyarli butun mantaqaning qishloq xo‘jaligi maxsus sug‘orishga muxtojdir. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish viloyat iqtisodiyotida asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki xalqning asosiy qismini qishloq aholisi tashkil etadi.
Sug‘orish mavsumi boshlanishi bilan viloyatda suv muammosi keskinlashib, talash-tortishlar boshlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining iste’moli ortgan sari irrigatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchayadi. Masalan, O‘zbekistonda suv resurslarining 90-92 foizi qishloq xo‘jaligi uchun qo‘llanilsa, kundalik hayot va ishlab chiqarish uchun atigi 4 foizi qo‘llaniladi.
Ushbu mintaqaga kofir mustamlakachilar hukmronlik qila boshlaganidan beri Markaziy Osiyo davlatlari suv muammosini boshdan kechirib kelmoqda. Odatda, bu tog‘li o‘lkalar muzliklardan oqib keladigan suv zaxiralariga egadir. Ular bu xususiyatdan foydalanib, suv masalasini davlatlararo savdo va bosim o‘tkazish obyektiga aylantirishdi. Yuqorida joylashgan o‘lkalar quyidagilarning takliflarini rad etib, suv egalari sifatida bu manbadan siyosiy shantaj yo‘lida foydalanishdi.
Irrigatsiya uchun suvning yetishmasligi mintaqada keskinliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu masala kelajakda Markaziy Osiyoda ochiq mojarolarga sabab bo‘lishi mumkin. Nafaqat Markaziy Osiyo davlatlarida, balki qo‘shni davlatlar o‘rtasida ham ziddiyatlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, Xitoy Qora-Irtish daryosida yirik loyihalarni amalga oshirib, Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga putur yetkazmoqda.
Shuningdek, Amudaryo masalasida ham vaziyat keskinligicha qolmoqda. Tolibon hukumati qo‘shni davlatlarni xavotirga solmoqda. AQSHning moliyaviy ko‘magi bilan Afg‘oniston shimolida qurilayotgan Qo‘shtepa kanali Amudaryo oqimini kamaytirmoqda. Loyihaning uchinchi bosqichi yakunlangach, bu kanal daryo suvining kamida 15 foizini o‘ziga oladi. Muammo kanalda emas, balki Kobulning qo‘shni davlatlar manfaatlarini mensimasligidadir.
Ushbu tangliklarga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari muammoga muloqot orqali yechim izlamoqda. Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Tolibon hukumati bilan aloqa o‘rnatishsa bas. Bunga qadam tashlashning yagona yo‘li Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishdir. Biroq bu holatni mustamlakachi davlatlar murakkablashtirmoqda. Ular muammoni hal qilishga yordam berish o‘rniga, suv muammosi orqali mintaqadagi mojarolarni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Natijada suv muammosi so‘nggi o‘ttiz yil ichida Markaziy Osiyo uchun eng katta muammoga aylandi.
Suv resurslarini taqsimlashdagi nomutanosiblik Markaziy Osiyo mamlakatlarining fikrini hisobga olmay, ochiq muhokamalar va maslahatlarsiz moliyalashtirilgan yirik suv loyihalarining natijasidir. Bu kabi harakatlar Amudaryo havzasidagi davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatga olib kelmoqda. Bu yerda AQSH va USAID kabi yirik moliya institutlarining loyihalari alohida o‘rin egallaydi.
Boshqa tomondan, Rossiya ham o‘z loyihalarini olg‘a surib, Qirg‘iziston va Tojikistonda GЕS qurilishida ishtirok etishga va’da qilmoqda. Masalan, u Rog‘un GЕSida ishtirok etishdan manfaatdor. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi qator kelishuvlarga qaramay, Kreml shantaj usullarini qo‘llashda davom etmoqda. Mintaqada siyosiy yoki iqtisodiy nizolar kelib chiqqanda, Rossiya suv oqimini to‘sib, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi quyi oqimdagi davlatlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ygan holatlari ko‘p uchraydi. Shunda Rossiya odatdagidek Mirziyoyev yoki Tokayevga ma’lum imtiyozlar berib, siyosiy yetakchilik mavqeini saqlab qolishga harakat qiladi. Shunday qilib, suv resurslariga muhtoj mamlakatlarga bosim o‘tkazish uchun qurilayotgan GES loyihalari kelajakda Rossiya uchun foydali vositaga aylanadi.
Markaziy Osiyo uchta yadroviy davlat (Rossiya, Xitoy, Pokiston) bilan chegaradosh va Hindistonga yaqin joylashgan bo‘lib, dunyoning 5 yirik iqtisodiyotidan uchtasi (Xitoy, Hindiston, Rossiya) bilan chegaradosh mintaqadir. Shuning uchun suv resurslari ustidan nazorat o‘rnatish global geosiyosiy hukmronlikka erishish vositasiga aylandi. Pokiston va Eron kabi musulmon davlatlarni ham hisobga olganda, mintaqani nazorat qilish mustamlakachilar uchun juda muhim sanalishini anglash mumkin.
Ushbu siyosat mintaqadagi davlatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish yo‘lidir. Bu uzoq davom etadigan o‘yin bo‘lib, muammoni tahlil qilish va yechimlarni izlashda buni yodda tutish lozim. Mustamlakachi G‘arb va Rossiya Markaziy Osiyodagi suv masalasiga aralashishdan to‘xtamaydi. Ular o‘z harakatlarini “yordam ko‘rsatish, elektr taqchilligini hal qilish” niqobi ostida olib borishar ekan, resurslarni ko‘p tomonlama taqsimlashning adolatli mexanizmlarini qo‘llash o‘rniga, yashirin kelishuvlar orqali yirik qurilish loyihalarini amalga oshirmoqda. Bu jarayonlarda mintaqadagi barcha tomonlarning manfaatlari hisobga olinmaydi.
1990 yillarning boshidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan suv diplomatiyasini tartibga soluvchi Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi o‘zining samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Komissiya har yili Sirdaryo va Amudaryo suvining kvotalari bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Biroq Afg‘onistonning bu jarayonda ishtirok etmasligi komissiyaning ta’sirini kamaytirmoqda. Kobulning Amudaryoga ta’siri Afg‘oniston bilan boshqa davlatlar o‘rtasida kelishuvlar yo‘qligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasidagi murakkab suv munosabatlari mustamlakachilar uchun yangi ziddiyatlarga yo‘l ochadi.
Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi tog‘ muzliklarining kamayishiga hamda mintaqadagi yirik daryolar oqimining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Ustiga-ustak, mavjud suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va taqsimlash ham qo‘shimcha muammodir.
Markaziy Osiyo davlatlari muloqotga kirishishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ammo bu yetarli bo‘lmayapti. Mintaqada suv muammosini hal qilish asosiy yechimlarni talab qiladi. Bu yerda barcha tomonlarning, jumladan Afg‘onistonning ham manfaatlarini hisobga oladigan yechimlar zarurdir. Suv resurslari mustamlakachilarning bosim o‘tkazish quroli bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda Markaziy Osiyo davlatlaridan siyosiy ehtiyotkorlik va birdamlik talab etiladi. Biroq kapitalistik tuzum sharoitida bu birlikni tasavvur qilish juda qiyin.
Orol dengizini saqlab qolish xalqaro jamg‘armasi va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi kabi institutlarning samarasizligini tan olish vaqti keldi. Bu tashkilotlar nazorat va boshqaruvning ishdan chiqqan modellaridir. Agar davlatlar o‘zaro bo‘linib, har biri o‘z manfaatlarini ko‘zlasa, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ham, suvdan foydalanishni optimallashtirish ham samara bermaydi. Mustamlakachi kapitalistlar tomonidan taklif qilingan innovatsiyalar mintaqani birlashtirishga emas, balki uni bo‘lib, o‘z manfaatlari yo‘lida ekspluatatsiya qilishga xizmat qiladi. Shuning uchun mintaqadagi barcha tomonlar manfaatlarini hisobga oladigan samarali hamkorlik mexanizmlarini yaratish zarurdir.
Suv muammosini hal qilish uchun masalaning ildiziga e’tiblor qaratgan holda tubdan hal qilish lozim. Uning ildizlari mustamlakachi davlatlarning hukmronligiga borib taqaladi. Ular kuchsiz davlatlarning ehtiyoj va manfaatlaridan foydalanib, ularni o‘zlariga qaram qilib oladi va bo‘lib tashlash siyosatini olib boradi. Muammoning o‘zagi Islomiy yerlarning mustamlakachilar tomonidan bo‘lib tashlanishiga borib taqaladi. Har bir Islomiy o‘lka mustamlakachilik qurboni bo‘lib, kofirlarning fitna va yovuz rejalaridan bugungi kungacha azob chekib kelmoqda.
Muammoning yechimi noaniq emas. Uning yechimi mustamlakachilar kelishidan oldin birlikni saqlab turgan Islomiy tamoyillarga asoslangan, barcha sohalarni qamrab olgan, adolatli boshqaruvga asoslangan yagona davlatni tiklashdir. Agar bu davlatlar yagona ma’muriy-siyosiy tuzum ostida birlashsa, resurslarni teng taqsimlab, ko‘p muammolarni birgalikda hal qiladi. Bu birlashuvning o‘qi yetuk Islomiy ongning paydo bo‘lishidir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odamlar uch narsada sherikdirlar: suvda, yaylovda va olovda”, dedilar.
Shuning uchun musulmon xalqlar energiya sohasida birlashib harakat qilishlari mumkin. Demak, har kim o‘z ehtiyojlarini hisobga olgan holda GЕSlar orqali energiya ishlab chiqarishi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“…O‘zingga yetarlichasini ol, qolganini qo‘shniga ber”. Bu so‘zlar suv havzasidagilarning mas’uliyatini kuchaytiradi. Pastda joylashgan o‘lkalar tog‘li hududlardan oqib kelayotgan suvga qaramdir. Shuning uchun siyosiy va ma’muriy birlik ularning munosabatlarini mustahkamlaydi. Islom mafkurasi va shariat qonunlariga asoslangan yagona davlatsiz suv masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Bunday boshqaruv ostida bo‘lgan davlat qishloq xo‘jaligini isloh qilish bilan birga zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, suvni tejash usullarini ishlab chiqib, maksimal hosil olishni ta’minlaydi. Har bir shahar va qishloqqa ichimlik suvi va sug‘orish suvini yetkazib bera oladigan zamonaviy texnologiyalar nafaqat musulmonlarga, balki davlatning har bir fuqarosiga xizmat qiladi.
Shunday ekan, suv masalasining tub yechimi Xalifalik davlatini barpo etishdadir. U o‘z mohiyatiga ko‘ra siyosiy va iqtisodiy cheklovlardan xoli, kuchli va yagona boshqaruvga asoslangan tuzumdir.
Latiful Rasix