Turkiya, yahudiy vujudi va Suriyadagi bazalar

17
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Turkiya, yahudiy vujudi va Suriyadagi bazalar

Savol: Turk press 2025 yil 14 aprelda o‘z saytida yahudiy vujudi Suriya yerlari ichkarisidagi «T4» aerodromida turk harbiy havo bazasi qurilishiga qarshilik bildirgani sabablari haqida xabar tarqatdi. Uning bildirishicha, bu sabablar orasida (turk bazasining bo‘lishi Isroil harbiy havo kuchlarining Suriya ustida erkin harakat qilishini cheklab qo‘yadi va Tel-Aviv istamaydigan xavfsizlik koordinatsiyasini (harakatlarni muvofiqlashtirish) vazifasini yuklaydi…) degan vaj keltiriladi. Uoll strit jornal 2025 yil 12 aprelda o‘z sayti orqali quyidagi xabarni tarqatgan edi: Tramp o‘tgan hafta Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida o‘zining vositachilik qilishga tayyor ekanligiga ishora qilib, (o‘zining kelishmovchiliklarni hal qila olishiga ishonishini ta’kidlar ekan, buning uchun ikkala taraf ham aql bilan ish yuritishi shart, degan).

Xo‘sh, bu – yahudiy davlati Turkiya-Suriya kelishuvi borligiga qaramay, Turkiyaning Suriyada o‘z harbiy bazasi bo‘lishiga monelik qila oladi, deganimi? Amerikaning bu ishda Trampning vositachilikka tayyorligini izohlab beradigan biron roli bormi?

Javob: javob aniq-tiniq bo‘lishi uchun bir oz ortga qaytib, quyidagi ishlarni ko‘rib chiqamiz:

Avvalo: Netanyaxuning Vengriyaga safari chog‘ida Tramp unga Amerikaga kelishni taklif qildi va bu e’tiborni tortadigan taklif edi:

Netanyaxuning Vengriyaga safari 2025 yil 2 aprelda boshlanib, to‘rt kun davom etdi. Bu o‘tgan yili Xalqaro jinoyat sudi uni qamoqqa olish to‘g‘risida qaror berganidan beri Yevropa davlatiga qilgan birinchi safaridir.
Netanyaxu va Vengriya bosh vaziri Orban Budapeshtda uchrashuv o‘tkazayotgan vaqtda Amerika prezidenti Tramp noodatiy tarzda ularga qo‘ng‘iroq qilib, Netanyaxuni Oq uyga taklif qilgan: (Tramp prezident samolyoti bortida jurnalistlarga intervyu berayotib, kecha, ya’ni payshanba kuni Netanyaxu bilan telefon orqali so‘zlashgani va u bilan xalqaro siyosiy masalalarni muhokama qilganini ma’lum qilgan va Isroil bosh vazirining yaqinda Qo‘shma Shtatlarga kelishiga ishora qilgan. Isroil rasmiylaridan biri «Axios» saytiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Tramp Netanyaxuga Oq uyga kelishi to‘g‘risida rasmiy taklif yo‘llagan, lekin uchrashuv vaqti hozircha belgilanmagan. Amerika rasmiylaridan birining bildirishicha esa, bu vaziyat yaqin haftalar ichida amalga oshishi mumkin. Qohira Axboriyya, 2025 yil 4 aprel).
Bu taklif yahudiy vujudi uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Ayniqsa, Oq uy uni yahudiylar bayrami bo‘lib o‘tganidan so‘ng amalga oshirishni rad qilganidan keyin: (Isroil hukumati raisi Binyamin Netanyaxu ofisida Oq uy – Amerika prezidenti Donald Tramp bilan Netanyaxu uchrashuvi Netanyaxu ofisi istaganidek, yahudiylarning pasxa bayramidan keyin, ya’ni ikki hafta keyin emas, balki ertaga, dushanba kuni o‘tkazilishi to‘g‘risida – qattiq turib olgani sababli sarosima hukm surmoqda. Netanyaxu ofisi tomonidan kecha chiqarilgan bayonotda quyidagilar kelgan: «U Amerika prezidenti Donald Trampdan olgan taklif ortidan Vashingtonga qarab yo‘l oladi. Ikkalasi bir necha masalalarni: bojlar, garovga olingan odamlarimizni qaytarish, Isroil-Turkiya aloqalari, Eron tahdidi, Xalqaro jinoyat sudiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilishadi». 12 kanalning bugun, yakshanbada bildirishicha, Oq uyning uchrashuv ertagayoq o‘tkazilishi to‘g‘risida qattiq turib olishi va Isroil kutmagan biron mavzuda yoki bir necha mavzularda Tramp Netanyaxuni esankiratib qo‘yishi ehtimoli borligi sababli Netanyaxu ofisida bezovtalik tobora avj olmoqda… Arab 48, 2025 yil 6 aprel).
Netanyaxu, ayrim xabarlarga ko‘ra, Vengriyadan yahudiy vujudiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri Vashingtonga qarab shoshilinch yo‘l olgan!

Ikkinchidan: ushbu shoshilinch tadbir, bu yerda qandaydir shoshilinch ish borligini ko‘rsatadi. Ularning uchrashuvida muhokama qilingani aytilgan mavzularni diqqat bilan o‘rganilsa, bu shoshilinch chaqiruvga eng kamida bitta ish asosiy undovchi omil bo‘lgan ko‘rinadi. U ham bo‘lsa, katta ehtimol bilan Suriyadagi vaziyatdir. Bu quyidagi sabablarga ko‘radir:

Oq uy, Trampning Netanyaxu bilan birgalikda o‘tkazishi kerak bo‘lgan matbuot konferensiyasini bekor qilganidan keyin Amerika prezidentining 2025 yil 7 aprelda Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida oz sonli jurnalistlar oldida aytgan so‘zlarini diqqat bilan o‘rganilsa, uning Suriyaga va Turkiya bilan munosabatlarga qaratilgan so‘zlari, ayniqsa, Turkiya prezidenti Erdog‘an bilan munosabati va ular o‘rtasidagi aloqa haqida yuqori darajada ijobiy bo‘lganini ko‘ramiz. U bunday dedi:

(«Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anga olqishlarimizni yetkazdim. Unga sen boshqalar ikki ming yil davomida qilolmagan ishni amalga oshirding… sen Suriyani – uning tarixiy nomlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin – o‘z vakillaring orqali olding, dedim». Tramp so‘zini davom ettirib, dedi: «Erdog‘an, yo‘q, yo‘q, yo‘q, Suriyani olgan men emasman, dedi. Men unga, uni olgan sen bo‘lding, lekin bo‘pti, yaxshi, sen buni tan olishing shart emas, dedim. Shunda u, xo‘b, yaxshi, uni olgan men bo‘la qolay, dedi». Tramp yana quyidagilarni qo‘shimcha qilib, dedi: «Erdog‘an qattiqqo‘l va g‘oyatda zakovatli shaxs, u biron kishi oldin qilolmagan narsani amalga oshirdi… Sen uning yutug‘iga taslim bo‘lishing kerak». Tramp o‘z mehmoni Netanyaxuga yuzlanib «ishonamanki, sening Turkiya bilan bo‘lgan har qanday muammoingni, agar qo‘yayotgan talabing mantiqiy bo‘lsa, hal qila olaman… Sen mantiqiy bo‘lishing lozim… Hammamiz mantiqiy bo‘lishimiz lozim», dedi. Turk press, 2025 yil 8 aprel). Tramp yahudiy vujudidan Suriya borasida Turkiyaga tegishli masalalarda aql bilan ish yuritishni talab qildi.

Yahudiy vujudi uchun Amerikaning bu talabiga bo‘ysunishdan boshqa iloj qolmadi: (Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Aviv Suriyadan o‘ziga qarshi hujum uchun foydalanishlariga aslo yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlar ekan, Turkiya bilan aloqalar do‘stona bo‘lib kelganini, biroq oxirgi paytlarda «yomonlashganini» ta’kidlab o‘tdi. U Donald Tramp bilan uchrashganidan keyin: «Biz Suriyadagi vaziyatga ham to‘xtaldik. Bizning Turkiya bilan aloqalarimiz do‘stona edi, hozirda yomonlashgan», dedi. U yana: «Biz boshqalar, jumladan, Turkiya Isroilga hujum qilish uchun Suriyadan baza sifatida foydalanadigan vaziyat yuzaga kelishini istamaymiz», dedi. Netanyahu qo‘shimcha qilib «Biz bu kurashning qanday qilib oldini olishimiz mumkinligi haqida so‘zlashdik. Ishonamanki, bu maqsadga erishish uchun Qo‘shma Shtatlar prezidentidan ko‘ra yaxshiroq mehvar (markaz) yo‘q» dedi. Qudsul Arabiy, 2025 yil 8 aprel).
Ma’lumki, yahudiy vujudi Suriya aerodromlariga qarata qaqshatqich havo hujumlarini uyushtirgan edi. RT 2025 yil 2 aprelda Suriya tashqi ishlar vazirligi bayonotidan olib ushbu xabarni tarqatdi: (Isroil kuchlari 30 daqiqa orasida mamlakatning turli tomonlaridagi beshta mintaqaga havo hujumlarini uyushtirdi. Buning oqibatida Hama harbiy aerodromi deyarli to‘liq vayron bo‘ldi, o‘nlab tinch fuqarolar va harbiylar jarohatlandi». Suriya tashqi ishlar vazirligi: «Oqlab bo‘lmaydigan bu eskalatsiya Suriyadagi barqarorlikka putur yetkazishga va uning xalqi chekayotgan qiyinchiliklarni uzaytirishga qaratilgan qasddan amalga oshirilgan urinishdan boshqa narsa emas» deb bildirdi). Suriya markazida joylashgan bu aerodromlarda Turkiya Suriyaning yangi hukumati bilan tuzilgan kelishuv doirasida o‘z bazalarini qurishni rejalashtirayotgan edi:

(Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani Suriyada «salbiy rol» o‘ynayotganlikda aybladi. Isroil vaziri Suriyadagi o‘tish davri hukumati raisi Ahmad Sharani «Agar u «dushman kuchlar»ning o‘z mamlakatiga kirishiga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, bu unga g‘oyatda qimmatga tushishi»dan ogohlantirdi… Anqara hozirda Sharaning yangi hukumati bilan mushtarak mudofaa kelishuvi tuzish borasida muzokara olib bormoqda. Turkiya Suriyaning ikki bazasi: T4 va Halabdagi harbiy havo bazasiga samolyotlarni va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish niyatida ekanligi haqida hisobotlar keldi. Ba’zi tahlilchilar Isroilning o‘tayotgan haftada Hama aerodromiga uyushtirgan qattiq havo zarbalari bilan T4 bazasi atrofini nishonga olganini va biroz kamroq keskinlikdagi hujumlarini bir-biriga taqqoslar ekan, bu narsa Turkiya o‘zining ayrim texnikalarini chindan ham u yerga ko‘chirgan bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishgan. VVS, 2025 yil 5 aprel). Hama aerodromida yahudiy vujudi bombardimoni oqibatida 3 ta turk injeneri halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. (Suriya harbiy manbalarining ochiqlashicha, Isroilning Hama harbiy aerodromini o‘tgan chorshanba kuni bombardimon qilishi oqibatida 3 ta turk injeneri halok bo‘lgan. Bu injenerlar Hama aerodromida Turkiya u yerga olib kelgan texnik qurilmalarni, jumladan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yig‘ish bo‘yicha ish olib borayotgan edi. Erem Nyus, 2025 yil 4 aprel).

Ko‘rinib turibdiki, Turkiya yahudiy vujudidan uning oxirgi bosqinchilik hujumlari, xususan Suriyadagi aerodromlarga uyushtirgan hujumlari sababli qattiq g‘azablanib, yahudiy vujudining Suriyadagi ushbu harakatiga chek qo‘yish uchun shoshilinch tarzda Amerika bilan bog‘langan. Ayniqsa, Turkiya Suriyada Amerika bilan kelishib olingan vazifani bajarayotgani uchun ham bundan qattiq g‘azablangan. Shuning uchun yahudiy vujudi bosh vazirini shoshilinch tarzda Vashingtonga chaqirilgan va Tramp undan muammolarni Turkiya bilan birgalikda oqilona hal qilishni talab qilgan.

Uchinchidan: bunga dalolat qilib turgan boshqa ko‘plab bayonotlar ham aynan shu mavzu o‘sha uchrashuvdagi eng dolzarb masala bo‘lganini ko‘rsatib turibdi:

Turkiya tashqi ishlar vaziri (Qo‘shma Shtatlar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni «qaytadan tiyib qo‘yishi» va unga bir doirani chizib berishi lozimligini aytdi. Anadolu, 2025 yil 9 aprel).
Yahudiy vujudi bilan Turkiya o‘rtasida bevosita shoshilinch so‘zlashuvlar boshlangani e’lon qilindi. RT 2025 yil 9 aprelda Turkiya tashqi ishlar vazirining so‘zlarini keltirdi: (Hakan Fidan o‘z bayonotida, Suriya borasida «tushunmovchilik» bo‘lmasligi uchun Isroil bilan «bevosita bog‘lanishayotganini» bildirdi. Fidan izoh berib, Isroil Suriya yangi idorasiga «hech qanday narsani qoldirmaslik» strategiyasini belgilab olganini aytdi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Isroilning Suriya yerlarini bosib olishiga chek qo‘yish va uning infrastrukturalarini bombardimon qilishini to‘xtatish zarurligiga qattiq urg‘u berdi. U qo‘shni mamlakatdagi beqarorlik Turkiyaga ta’sir qilishini va unga zarar yetkazishga sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tar ekan, Anqaraning «Buning qarshisida doim jim qarab turaverishi mumkin emasligi»dan ogohlantirdi… U, shuningdek, «Bizning mintaqadagi hech qaysi davlat bilan, jumladan Isroil bilan hech qanday to‘qnashuv yoki konfrontatsiyaga kirishish niyatimiz yo‘q… Biz Suriyaning yangi administratsiyasi bilan xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash borasida hamkorlik qilmoqdamiz», dedi).
(Reyter agentligi o‘tgan haftada, turk harbiy guruhlari Suriyaning eng kamida uchta harbiy havo bazasini, u yerda turk kuchlarini joylashtirish uchun, aylanib, tekshirib, o‘rganib chiqqanini, bu o‘rganib chiqish – Isroil bu pozitsiyalarni havo zarbalari bilan nishonga olishidan oldin, mushtarak mudofaa bo‘yicha tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshirilganini bildirgan edi. Fidan «CNN Turk» kanaliga chorshanba kuni bergan intervyusida «Biz Suriyada muayyan amaliyotlarni amalga oshirar ekanmiz, samolyotlari bu mintaqa bo‘ylab parvoz qilayotgan Isroil bilan u yerda kurashga kirishning oldini olish uchun qandaydir mexanizm bo‘lishi lozim. U bizdagi Qo‘shma Shtatlar va Rossiya bilan bo‘lgan mexanizmlarga o‘xshash bo‘lishi kerak», dedi. Arabiyya, 2025 yil 10 aprel).
(Suriyalik voqealardan xabardor bir manbaning «Indipendent arabiyya»ga bergan intervyuda aytishicha, «haqiqatdan ham qandaydir bir kelishuv haqida so‘z boryapti, bu kelishuv to‘qnashmaslik haqidagi kelishuv emas, balki to‘qnashuv koordinatasini oydinlashtirish kelishuvidir. Chunki aslida Suriyada Turkiya bilan Isroil o‘rtasida hech qanday to‘qnashuv yo‘q. Boshqacha aytganda, bu kelishuv chegaralarni belgilab olishga oid bo‘lib, unga ko‘ra, mabodo Isroil samolyoti Suriya osmonida paydo bo‘ladigan bo‘lsa, uning yo‘nalishi haqida ma’lumot yetkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi». Indipendent arabiyya, 2025 yil 9 aprel). Ya’ni bu kelishuv, Turkiyaning Rossiya bilan, Suriyada o‘zaro to‘qnashuvining oldini olish uchun ilgari tuzgan kelishuvining o‘zginasi bo‘ladi!
Buning barchasi Turkiya rasmiylari bayonotlaridan ochiq ko‘rinib turibdi. Sharqul Avsat uni 2025 yil 13 aprelda keltirdi:

(Turkiya, keskinlikni kamaytirish, to‘qnashuv qoidalarini ishlab chiqish va to‘qnashuv yuz berishining oldini olish mexanizmiga erishish uchun Isroil bilan texnik so‘zlashuvlarni davom ettirajagini ta’kidladi. Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘zining mamlakati Suriyada barqarorlikka erishishni, har qanday provokatsiyalardan yiroq turishni istashini va Suriya ichkarisida hech qaysi davlat bilan konfrontatsiyaga kirishmaslikka harakat qilishini aytdi. (Turk va Isroil) delegatsiyalari o‘tgan chorshanbada Ozarbayjon poytaxti Bakuda uchrashib, Suriyada hodisalar yoki to‘qnashuv yuz berishini bartaraf qilish maqsad qilingan so‘zlashuvlarni olib bordi. Bu so‘zlashuvlar o‘tgan ikki haftada keskinlik avj olganidan keyin o‘tkazildi… Sharqul Avsat, 2025 yil 13 aprel).

Al-Jazira 2025 yil 14 aprelda o‘zining saytida yozuvchi-jurnalist Andriya Murani hisoboti haqida xabar tarqatdi. Uni Italiyaning «Inside Over» sayti nashr qilgan: (Turkiya Amerika sobiq administratsiyasi bilan yuz bergan zo‘riqishlarga qaramay, yangi Tramp administratsiyasiga nisbatan Yaqin Sharq va olamning turli tomonlaridagi ko‘plab qaynoq masalalarni hal qilishda asosiy ko‘prik vazifasini bajarmoqda… Yozuvchi o‘zining hisobotida aytishicha, Amerika prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni va uning siyosiy tajribasini yoqtirishini bir necha bor va takror-takror ta’kidladi va ikkinchi prezidentligi boshlanishidanoq o‘zining undan ko‘plab ishlarni hal qilishda yordam olish istagida ekanini ko‘rsatishdan ochiq-oshkor do‘stlik ishoralarini yo‘lladi… Al-Jazira, 2025 yil 14 aprel).

Bularning barchasi Amerika, dushmanimiz yahudiy vujudi va turk rejimi bilan ular o‘rtasidagi ishni o‘zining manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda boshqarib, har ikkisi bilan ham o‘z ittifoqchisi sifatida muomala qilayotganini ko‘rsatib turibdi!

To‘rtinchidan: shunisi alamliki, Qo‘shma Shtatlar o‘lkalarimizdagi ishlarni o‘zi xohlagandek idora qiladigan bo‘lib qoldi. Bunda u muborak yerni, Isro va Me’roj yerini, Falastinni bosib olgan bosqinchi yahudiy vujudini mintaqada birlamchi o‘rinda qilib qo‘ymoqda. Musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlarni esa Qo‘shma Shtatlar barmog‘ida o‘ynatmoqda, ular unga quldek itoat etishmoqda.

Oxirgi Xalifalik davlati – Usmoniy davlat yahudiylar million-million oltin pullar to‘lab, evaziga o‘zlari uchun muborak yerda qadam qo‘yadigan joy bo‘lishini istashganida, xalifa buni keskin rad qilib, bunday degan edi:

«Falastin mening shaxsiy mulkim emas, bil’aks u Islomiy Ummat mulkidir. Xalqim bu yer yo‘lida jihod qilib, uni o‘z qoni bilan sug‘organ. Shunday ekan, yahudiylar o‘z millionlarini saqlab qo‘yishsin, bir kun kelib Xalifalik davlati parchalanib ketsa, o‘shanda ular Falastinni bepul olishlari mumkin…». Shunday ham bo‘ldi!

Aynan mana shu Turkiyani Usmoniy Xalifalik yo‘q bo‘lganidan keyin yahudiy vujudi Suriyada o‘z harbiy bazasi bo‘lishidan man qilmoqda. Hatto Suriya rejimi bunga rozilik berganidan keyin ham…! Xalifalik yo‘q bo‘lganidan keyin musulmonlar mana shunday ahvolga tushib qoldilar… Vaholanki bu o‘ta achchiq, alamlidir!

Musulmonlarning kuch-qudrati va azizligi ularning Xalifaligidadir. O‘z ahlini aslo aldamaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir musulmonlar yurtlaridagi quvvat ahlini Xalifalikni yangidan tiklab, yer yuzida islomiy hayotni qayta boshlashda yordam berishga chaqiradi. Ana shundan keyin musulmonlar yana azizlikka erishadilar.

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»                                                             [Rum 4-5]

                                                                                    18 shavvol 1446h

                                                                                       16 aprel 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.