Matbuot bayonoti
Varroq oroli: Rejim dushmanga aylangan payt!
Qayta-qayta takrorlanayotgan bir manzarada, Misrdagi zolim rejim faqat siyosatchilar va islomiy mafkura sohiblarini qamoqqa tashlash bilan cheklanmay, balki uning mustabidlik loyihasiga qarshi chiqqan har bir kishini qamoqqa otmoqda. Vaholanki, uning bu loyihalari buzuq kapitalizm manfaatlariga va gegemonlik rejasiga xizmat qilyapti. Varroq oroli hodisalari politsiya bilan orol aholisi o‘rtasidagi oddiy to‘qnashuv emas. Balki bu Misr va islomiy yurtlarda sodir bo‘layotgan hodisalarning kichik bir ko‘rinishidir. Bu yurtlardagi hukmron rejimlar o‘z xalqlarini himoya qilish o‘rniga ularni siquvga olish quroliga aylanmoqda.
Xo‘sh, Varroq orolida nima bo‘lyapti?
Varroq oroli, Nil daryosida joylashgan kichik bir hudud. U Misr rejimi bilan Varroq ahli o‘rtasidagi kurash maydoniga aylanib qoldi. Majburiy ko‘chirish Varroq ahlini bir necha yildan beri nishonga olib kelyapti. Ular ko‘chishdan bosh tortishmoqda. Misr rejimi yirik sarmoyadorlik loyihasi foydasiga orolni bo‘shatib bermoqchi. Loyiha foydasi rejimga aloqador ishbilarmonlar va ko‘chmas mulk kompaniyalari doxil bir siqim benefitsiarlar cho‘ntagiga tushadi. Orol aholisi esa noma’lum taqdirga uloqtiriladi, na qoniqtiradigan pul oladilar, na adolatli muqobil yer.
Voqelik qisqacha bunday:
Orol bo‘g‘ib tashlaydigan darajada qamalga olingan, asosiy ehtiyoj mollarining kirishi taqiqlangan;
Orol aholisidan kamida 12 kishi qamoqqa olingan, ayblari o‘z uylarini tark etishdan bosh tortganliklari;
Politsiya haddan tashqari kuch qo‘llash bilan o‘z xalqiga nisbatan zulm mashinasiga aylandi;
Majburiy ko‘chirish siyosati qurbonlariga aylanishni istamagan Varroq ahli qahramonlarcha sobit turibdi.
Majburiy ko‘chirish shar’an ham, qonunan ham jinoyat. Islom ushbu orolga o‘z egalarining mulki, uni kuch bilan bosib olish yoki nohaq tortib olish nojoiz, deb qaraydi. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«مَنْ أَخَذَ شِبْراً مِنْ الْأَرْضِ ظُلْماً فَإِنَّهُ يُطَوَّقُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ سَبْعِ أَرَضِينَ»
«Kim bir qarich yerni zulm bilan olsa, qiyomat kuni uning miqdori yetti qavat yerdan uning bo‘yniga bo‘yinbog‘ qilinadi». Misr rejimning orolga nisbatan qilmishlari insonlar haqqiga ochiq tajovuz hamda Islom ahkomlarini ochiq buzishdir. U quyidagi qilmishlarni sodir etyapti:
Odamlarning yerini bosib olib, ularni yerni tark etishga qurol yordamida majburlayapti.
Yaxshi yashashdek qonuniy huquqlaridan mahrum qilib, adolatli muqobil uy bilan ta’minlamasdan ko‘chaga haydayapti.
Himoya qilinishi kerak bo‘lganlarga qarshi repressiv kuch ishlatyapti, bu bilan o‘z xalqiga dushman davlatga aylanyapti.
Bularning barchasi shar’an harom va ulkan jinoyatdir. Chunki Islom hukmdorga xalq manfaatlarini g‘amxo‘rlik bilan ta’minlashni buyurgan, vayron qilishni emas!
Varroq ahlini ko‘chirish kimning foydasiga bo‘lyapti?
Rejim «orolni rivojlantirib, uni turistik yoki sarmoya hududga aylantiramiz», degan oqlovlar keltiryapti. Ammo bu til biriktiruvni yashirishdan boshqa narsa emas. Chunki aslida orolni evakuatsiya qilib, uni investitsiya kompaniyalariga va nufuzli tadbirkorlarga berishmoqchi. Bu kompaniya va tadbirkorlar bilan hukumat va rejim o‘rtasida esa mustahkam aloqa bor.
Bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q, Misrda boshqa joylarda ham bu kabi operatsiyalar kuzatilgan. Jumladan:
Terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Sinayni evakuatsiya qilish. Biroq bundan asl maqsad yahudiy xavfsizligiga oid reja asosida mintaqani aholidan bo‘shatish bo‘lgan.
Ko‘p milliard dollarlik ko‘chmas mulk loyihalari uchun Qohiradagi ayrim mahallarni evakuatsiya qilish. Bundan aslo odamlar foyda ko‘rmaydi, aksincha, uni hukmron sinf bilan nufuz egalari monopoliya qilishmoqda.
Misr aholisi orasida qashshoqlik va ularni mensimaslik tobora ortib borayotgan bir paytda, davlat aktivlari sotilib, resurslari xususiylashtirildi va ular ajnabiylarga sariq chaqaga berib yuborildi.
Demak, Varroq orolida rivojlantirish emas, bil’aks, kuch bilan bosib olish ishi ketyapti. Ya’ni bu musulmon o‘lkalaridagi mavjud malay rejimlar tomonidan sistematik ravishda olib borilayotgan va mustamlakachilar bilan ularning qo‘g‘irchoqlari manfaatigagina xizmat qilayotgan och qo‘yish va zulm qilish siyosatining bir qismidir.
Aslida, armiya bilan politsiya tog‘utlar qo‘lidagi repressiya mashinasi emas, balki xalqning mudofaasi bo‘lishi kerak edi! Lekin Misrdagi voqelikda – boshqa islomiy yurtlardagi kabi – bu apparatlar xalq va uning haq-huquqlarining posboni bo‘lish o‘rniga, korrupsiyachi rejim va manfaatlarining xizmatkoriga aylanib qolgan!
Nega Misr armiyasi Varroq ahlini bostirish uchun harakatga kelgani kabi ularni himoya qilish uchun harakatga kelmadi?!
Nega qurolli kuchlar Ummatning asl dushmani bo‘lmish yahudiy vujudiga qarshi emas, Misr farzandlariga qarshi yo‘naltirildi?!
Armiya va xavfsizlik xizmatining o‘z majburiyatlaridan bunday og‘ishi rejim korrupsiyasi ko‘rinishlaridan biridir. Bu esa ayni rejimlarning Ummatga mansub emasliklariga, aksincha, unga qarshi ekanligiga yaqqol dalildir!
Islom o‘z xalqiga zulm qiladigan va yerlarini bosib oladigan kimsani hukmdor deb tan olmaydi. Aksincha, uni Ummatga xiyonat qilgan, hokimiyatini bosib olib, o‘z qonuniyligini yo‘qotgan kimsa deb hisoblaydi. Zero, Nabiy ﷺ
«أَفْضَلُ الْجِهَادِ كَلِمَةُ حَقٍّ عِنْدَ سُلْطَانٍ جَائِرٍ»
«Jihodning afzali zolim hukmdor oldida aytilgan haq so‘zdir», deganlar. Mudom bugun Misrdagi hukmron rejim siyosatida mana shu zulmlarning barchasi mavjud bo‘lib, u xavfsizlik kuchlaridan bir siqim korrupsiyachilar manfaatini qo‘riqlashda foydalanayotgan ekan, demak, uni yo‘q qilib, o‘rniga islomiy haqiqiy hokimiyatni o‘rnatish Misr ahlining vazifasidir. Shunday hokimiyatgina ularning huquqlarini himoya qiladi va Islom adolati asosida hukm yuritadi.
Yechim shikoyat-arizalar taqdim etishda ham, rejimdan rahm-shafqat kutishda ham emas. Balki yechim tub o‘zgarish sari harakatga kelib, korrupsiyaga botgan bunday rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan iborat. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Voqelikka taslim bo‘lishni bas qilib, ayni jinoyatlarga barcha qonuniy vositalar yordamida qarshi kurashmoq kerak.
Muammo faqat Varroq orolida emas, balki butun o‘lkani talash va yeb-bitirish tushunchasi asosida boshqarayotgan rejimda ekanini anglamoq lozim.
Ayni azob-uqubatlarga chek qo‘yadigan hamda Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritib, xalq huquqlarini himoya qiladigan va o‘rtalarida adolat o‘rnatadigan Islom boshqaruvini barpo etishga da’vat qilish lozim.
Armiya bilan xavfsizlik apparatini tog‘ut va jinoyatkorlarga xizmat qilish o‘rniga Ummat safiga o‘tish sari harakatga kelishga chaqirish kerak.
Varroq orolida bo‘layotgan hodisalar nafaqat Misr ahliga, balki butun Ummatga qarshi jinoyatlarning davomidir. O‘z xalqini ko‘chirib chiqarib, bostirayotgan aynan shu rejim yahudiy vujudiga qarshi jihoddan uni to‘smoqda va G‘arb foydasiga qashshoqlashtirish va och qo‘yish siyosatini tatbiq qilmoqda.
Ey Misr ahli!
Zulm va zolimlarga sukut qilmang, xorlikka rozi bo‘lmang, diningiz, tuprog‘ingiz va hurmat-izzatingiz uchun kurashing.
﴿إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوۡمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمۡ﴾
«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas»
[Ro’d 11]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi