Hilolni shar’iy ko‘rish va siyosiy til biriktiruv

22
0

Matbuot bayonoti

Hilolni shar’iy ko‘rish va siyosiy til biriktiruv

Aqso To‘foni butun Ummat tuyg‘ularini muborak Falastin zamini ahli tuyg‘ulari bilan birlashtira oldi va bu mustamlakachi kofir bilan uning islomiy o‘lkalardagi ruvaybiza malaylari uchun tarsaki bo‘ldi. Chunki ular musulmonlar o‘rtasidagi bo‘linish va tarqoqlikni mustahkam ushlab turishda bir asrdan ko‘p vaqt astoydil harakat qilishgandi. Bu borada ular siyosiy jihatdan muvaffaqiyat qozonishdi. Masalan, musulmon o‘lkalarini ellikdan ortiq mayda davlatlarga bo‘lib tashlashdi. Biroq ularni tuyg‘ularini bo‘lib tashlashga – qattiq mashaqqatlar bilan urinishlariga qaramay – muvaffaq bo‘lisholmadi. Bu yo‘lda musulmonlarning o‘lkalari orasiga fitna olovini qalashdi. Ba’zan vatanparvarlik, millatchilik, mintaqachilik kabi turli badbo‘y nizolarni qo‘zg‘ab bir-birlariga qarshi urushtirishdi. Biroq bunday barcha jinoyatkor sa’y-harakatlari puchga chiqdi. Chunki musulmonlar har safar Ummatdagi birodarlari chekayotgan azob-uqubatlardan alamlanganlarida birlik tuyg‘ularini ko‘rsatdilar hamda ularda Rosululloh ﷺning ushbu so‘zlari gavdalandi:
«تَرَى الْمُؤْمِنِينَ فِي تَرَاحُمِهِمْ وَتَوَادِّهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ كَمَثَلِ الْجَسَدِ، إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ جَسَدِهِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى»
«Mo‘minlarning o‘zaro rahmdilliklari, munosabatlari va hamdardliklarida xuddi bir tanaga o‘xshashini ko‘rasizlar. Agar uning biror a’zosi og‘rib qolsa, qolgan a’zolar ham isitmalab, bedor bo‘lib chiqadi». (Buxoriy rivoyati).
Ummatdagi mana shunday holatni ko‘rgan mustamlakachi kofir bilan uning islomiy o‘lkalardagi malaylari va saroy ulamolari bunday buyuk tuyg‘uga qarshi turish va kurashish kerakligi to‘g‘risida fikrlashdi. Chunki har qancha ko‘p til-biriktirib, tuzoqlar qo‘yishlariga qaramay, ularning bu tuyg‘ulari Islom aqidasidan balqib chiqqan mag‘rur tuyg‘ular edi. Shuning uchun yaqinda yana musulmonlarni Islomning uchinchi rukni, ro‘za borasida bo‘lib tashlashga urinishdi. Ya’ni saroy ulamolariga shariatda ma’lum-mashhur bo‘lgan ilmga teskari keladigan, balki Tramp va uning partiyasi adnozasiga mos tushadigan fatvo chiqarishni buyurishdi. Haqiqatda saroy ulamolari musulmonlarning ro‘za oyini boshlash kunini Sayks-Piko chegaralariga muvofiq belgilash to‘g‘risida fatvo chiqarishdi va bu bilan shariatdagi hilol chiqishining birligiga rioya qilishga buyuruvchi dalili kuchli ra’yni oyoq-osti qilishdi!
Bu diniy nizo emas, balki siyosiy ixtilof hamda Islom va musulmonlar birligiga qarshi til biriktiruv hisoblanadi. Buni aslida ayni rejimlarning Islom bilan hukm yuritmagani, aksincha, Islomga qarshi kurashayotgani hamda muomala va ibodatlarda Islomni tatbiq qilishga da’vat qilayotgan har bir mo‘minga qarshi kurashayotgani aytib turibdi. Misol uchun, bu rejimlar Islomdagi iqtisod nizomini tatbiq qilishmayapti, aksincha, odamlarga zo‘rlab tiqishtirilgan kapitalistik iqtisod nizomini tatbiq qilishyapti. Ibodatlarda esa, musulmonlarga na namozni ado etishni buyurishyapti, na ro‘za tutishni, bularga amal qilmaganlarga shar’iy jazo qo‘llashmayapti. Boylaridan zakot yig‘ish va ularni kambag‘allarga ulashish ahkomlarini bajarishmayapti va boshqa ahkomlarni ham tatbiq qilishmayapti, odamlarga ularni buyurishmayapti. Qachon kofirlarga musulmonlarni bo‘lib tashlash manfaat keltirsa, o‘z nafs-havolariga muvofiq keladigan fatvo chiqarishni saroy ulamolariga buyurishyapti. Tabiiyki, saroy ulamolari shu rahbarlarni rozi qiladigan fatvolar chiqarishga doim tayyor. Biroq ular yoki ularning birlashish borasida fatvo berishlari Ummatga kerak bo‘lgan paytda yoki muborak Falastin zamini kabi o‘lkalardagi mazlum aholiga yordam berish to‘g‘risida fatvo berishlari zarur bo‘lgan paytda soqov bo‘lib olishyapti. Shuning uchun saroy ulamolaridan ogohlantirishimiz, ularni ayblashimiz va dinimizni ulardan o‘rganmasligimiz shart.
O‘lkalarimizdagi rejimlarning Islom ibodatlari borasida dushman bilan til biriktirgani aniq. Ayniqsa, bu ibodatlarimiz ularning Ummatni bo‘lib tashlashga qaratilgan rejalariga zid kelib qolgan paytda ayni til biriktiruvlari yanada yaqqol ko‘rinmoqda. Bu holat joriy yilda ayrim arab davlatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Masalan, musulmonlarni hayit kuni ro‘za tutish bilan harom amalini qilishga majburlashdi. Vaholanki, bu kuni ro‘za tutish oldingi yillarda ularning ulamolari ra’yi bo‘yicha harom hisoblangan. Jumladan, Suriya, Iordaniya va Misrda Birlashgan Islom fiqhi assambleyasi ramazon hilolini ko‘rish birligi ra’yini qabul qilgan. Shuningdek, hayit kunini belgilashda astronomik hisob-kitobni qabul qilish masalasini muhokama qilgan konferensiya va seminarlarda faqat hilolni ko‘rish birligi qabul qilingan. Bu ray’ni qabul qilganlar, jumladan, 1966 yil Azhari Sharifdagi islomiy tadqiqot akademiyasi, 1978 yil mashhur Istanbul konferensiyasi, 2016 yil Istanbul konferensiyasi, 1973 yil Kuvayt konferensiyasi, 2009 yil Yevropa Fatvo va tadqiqotlar kengashi, 2012 yil Musulmon olam ligasi konferensiyasi kabilardir.
Bu til biriktiruv Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va Malayziya kabi Osiyo davlatlaridagi malay rejimlarning ixtilofida yaqqol namoyon bo‘ldi. Deyarli har yili bu davlatlar ramazonni boshlash va tugatishda, ba’zida Qurbon hayiti kunini belgilashda ham qolgan islomiy o‘lkalarga, xususan arab davlatlariga xilof qilishyapti. Bu esa ularning ayni islomiy o‘lkalarda mustamlakachi Britaniya ularga yuklagan vazifa va majburiyatlarni bajarayotganini ko‘rsatib turibdi. Chunki ular Ummatni bo‘lib tashlash va imkon topganda musulmonlarni bir Ummat emasliklariga ishontirish ustida ishlashyapti. Holbuki, Alloh Taolo bunday degan:
﴿إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمۡ أُمَّةٗ وَٰحِدَةٗ وَأَنَا۠ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُونِ﴾
«Sizning ummatingiz haqiqatda bitta ummatdir. Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!» [Anbiyo 92]
Bu yil ramazon oyida sodir bo‘lgan qilmish shu bo‘ldiki, yahudiy vujudi G‘azoda qatli omni qayta boshlagan bir paytda hukmdorlar o‘z ulamolari va qo‘shinlari bilan birgalikda og‘izlariga tolqon solib olishdi… Falastindagi ahlimizga nusrat berish sari jangovar safarbarlik e’lon qilishdan ovozlarini o‘chirib olishdi, ammo hayit kunini belgilashda musulmonlarni bo‘lib tashlash uchun esa ovozlarini baland ko‘tarishdi. Bularning barchasi bugungi rejimlarni albatta ag‘darib tashlashni va ularga tobe saroy ulamolariga itoat qilmaslikni shart qilmoqda. Bu til biriktiruvlar esa, Rosululloh ﷺning ushbu hadislarida ta’kidlanganidek, Islomning boshqaruv va arkonlarini bittama-bitta so‘kib tashlagan va hamon so‘kib tashlayotganlar mana shu hukmdor va ulamolar ekanini isbotlab turibdi:
«لَيُنْقَضَنَّ عُرَى الْإِسْلَامِ عُرْوَةً عُرْوَةً، فَكُلَّمَا انْتَقَضَتْ عُرْوَةٌ تَشَبَّثَ النَّاسُ بِالَّتِي تَلِيهَا، وَأَوَّلُهُنَّ نَقْضاً الْحُكْمُ، وَآخِرُهُنَّ الصَّلَاةُ»
«Islomning arqonlari birma-bir uzilib boraveradi. Qachon bir arqon uzilsa, odamlar undan keyingi arqonga yopishib olishadi. Birinchi uziladigan arqon hukm bo‘lsa, oxirgisi namozdir». (Imom Ahmad rivoyati).
Shuning uchun Ummat o‘z boshiga kelgan balolarning asli va asosi mana shu rejimlar va ular ortida turgan mustamlakachi kofirlar ekaniga aniq ishonch hosil qilmog‘i lozim. O‘z Islomini qizg‘anuvchi har bir kishi Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda ana shu rejimlarni ag‘darish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini ularning xarobalari uzra barpo etish uchun harakat qilmog‘i darkor.

Hizb ut-Tahrirning markaziy
matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.