Adan Markaziy bankining valyuta auksionlari milliy valyutaning dahshatli qulashini to‘xtatish uchun to‘g‘ri yechimi emas

13
0

Matbuot bayonoti

Adan Markaziy bankining valyuta auksionlari milliy valyutaning dahshatli qulashini to‘xtatish uchun to‘g‘ri yechimi emas

Adan Markaziy banki 2025 yil 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan «7-2025» raqamli auksion doirasida 30 million dollarlik valyuta auksionini o‘tkazdi. Avvalroq 2025 yil 20 yanvarda o‘tkazilgan «1-2025» raqamli auksionda 50 million dollarlik valyuta auksioni o‘tkazilgan edi. Ushbu dollar auksionlari Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi va ochiq bozor siyosatini yurgizuvchi boshqa xalqaro banklar ko‘magida Adan Markaziy banki tomonidan 2021 yil oxirida boshlangan edi. Bundan korrupsiya ayblovlarini bartaraf etish va Adan markaziy bankida tiqilib qolgan mablag‘larni xalqaro moliya tizimiga bog‘lash ko‘zlangani da’vo qilinmoqda.

Adan Markaziy bankining ayni chora-tadbiri mahalliy valyuta (Yaman riyali)ning qattiq valyutalarga nisbatan davom etayotgan qadrsizlanishini to‘xtatish uchun vaqtinchalik yechim sifatida qabul qilingan. Jahon banki 1995 yildan beri Yaman markaziy bankiga g‘aznachilik obligatsiyalarini chiqarish hamda yoqilg‘i va bug‘doy subsidiyalarini olib tashlashdan iborat moliyaviy va ma’muriy islohotlar o‘tkazish vazifasini yuklagan edi. Xalqaro Valyuta Fondi ham ayni islohot talablari bilan 2011 yil Yamanga sizib kirgan. Biroq o‘tgan o‘ttiz yil mobaynidagi bu harakatlarining barchasi yomonlikdan boshqa narsa keltirmadi. Masalan, riyalning xarid quvvati tushib ketib, bozorlarda narxlar oshib ketdi va odamlar bunga qarshi tura olmay qoldi. Amerika esa ushbu iqtisodiy krizisdan foydalanib, britaniyaparast Adan hukumati va prezidentlik kengashini Husiylar bilan kelishishga majburlamoqda!

Amerika Yamanni iqtisodiy jihatdan qo‘lga kiritish uchun Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondidan so‘ng (USAID)ni faollashtirdi. Ushbu agentlik Adan markaziy bankining asosiy tarmoqlarini qayta qurish, uning texnik tuzilmasini yangilash va qonunchilik islohotlarini amalga oshirish uchun «sheriklik» nomi ostida texnik yordam ko‘rsatadi. Ushbu qo‘llab-quvvatlov 2029 yilgacha davom etadi. Bu ham yetmagandek, Britaniya-Amerika moliyaviy maslahat firmasi (PKF) ham markaziy bankka maslahat berish uchun tayinlangan.

G‘arbning ushbu aytib o‘tilgan ajnabiy muolajalari neftga boy bir o‘lkaning tobora yomonlashayotgan iqtisodiy ahvolini bartaraf eta olmadi. Chunki Yaman neftini qazib olgan va ishlab chiqarib sotgan ham, uning daromadini qo‘lga kiritgan ham, keyin daromaddan Yamanga qarz bergan ham mana shu ajnabiy G‘arb davlatlaridir. Ammo masala shu bilan tugamaydi. Bugun Yaman iqtisodiyotini qutqarish nomi ostida amalga oshirilayotgan siyosatlardan asl maqsad, Yaman o‘z qarzlarini to‘lay olmaydi degan bahona bilan mamlakatning neft sektorini butunlay qo‘liga olishdir.

Yamanni va barcha musulmon o‘lkalarini har tomondan qamrab olgan ushbu fojialarga quyidagilar sabab bo‘lgan:

1 – Xalifalik davlatining xalqaro siyosiy maydondan yo‘q bo‘lishi;

2 – Kapitalistik tuzumning tatbiq etilishi;

3 – Malay hukmdorlarning mavjudligi.

Yaman iqtisodiy muammosi rejimni barcha basharalari va ustunlari bilan qo‘shib ag‘darish va kapitalistik iqtisod tuzumini tatbiq qilishni darhol to‘xtatib, o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida Islomdagi iqtisod tuzumini, shu bilan birga qolgan siyosat, ijtimo va tashqi siyosat tuzumlarini tatbiq qilish bilan hal bo‘ladi. Shuning uchun bu dunyo va oxirat azizligiga noil bo‘lish uchun ushbu davlatni barpo etmoq har bir musulmonga farzdir.

 Hizb ut-Tahrirning

Yaman viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.