Matbuot bayonoti
Myanma tog‘uti va uning omadsiz rejimi Junubi-Sharqiy Osiyodagi firibgarlik o‘chog‘ining markazidir
Gardian gazetasining xabar berishicha, Myanmada 7000 ga yaqin inson onlayn firibgarlik amaliyotlaridan qutqarib olingan va hozirda Tailandga ko‘chirilishini kutmoqda. Tailand bosh vazirasi Pxetxongtxan Chinavat 19 fevral, chorshanba kuni bu operatsiya chegaradagi firibgarlik markazlariga qarshi boshlangan keng ko‘lamli kampaniya bilan bir vaqtda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Bundan taxminan ikki hafta oldin, 2025 yilning 12 fevral kuni Myanmaning Karen shtatida faoliyat yurituvchi Demokratik Karen Buddist Armiyasi (DKBA) deb nomlangan qurolli guruh tomonidan 260 dan ortiq xorijlik (221 erkak va 39 ayol) qutqarib olinib, Tailandning Pxop Pxra mintaqasidagi hokimiyatga topshirilgan.
Ular orasida 8 nafar indoneziyalik, 15 nafardan ziyod malayziyalik va 12 nafar pokistonlik bor edi. Ular Myanmadagi etnik qurolli guruh tomonidan ozod etilib, Tailandga olib ketilgan. Bu shaxslar turli xil onlayn jinoiy faoliyatda, jumladan, hissiy firibgarlik (cho‘chqa so‘yish deb ham ataladi), kriptovalyuta firibgarligi, pul yuvish, noqonuniy qimor o‘yinlarida ishlashga majbur bo‘lgan. Ba’zilari ixtiyoriy ravishda faoliyat qilgan bo‘lsa, qolganlar qolishga majbur qilingan va oilalaridan katta miqdorda to‘lov undirilmaguncha qo‘yib yuborilmagan. U yerdan qutulganlardan ba’zilari qiynoqqa solinganini aytadi.
Firibgarlik qurbonlari orasida Indoneziya kabi musulmon o‘lkalardan kelgan ayollar ham bor.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Myanmaning Myavadi shahrida internetda firibgar bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan Noviana Indax Susanti ismli ayolning yurakni ezuvchi hikoyasi paydo bo‘ldi. U jinoyat zonasida qanday qilib joni omon qolganini hikoya qilar ekan, boshidan kechirgan qiynoqlarni «shou» o‘yiniga o‘xshaydi, deya ta’rifladi. Shuningdek, qiynoqlarga tutilganini aytib berdi. Masalan, so‘kib haqoratlash, temir bilan urish, elektr toki bilan azoblash va bir necha kun qamoqda saqlash kabi. Susanti 2021-2023 yillar o‘rtasida odam savdosi qurboniga aylangan 4 mingdan ortiq indoneziyalikdan bittasi hisoblanadi.
Bu voqealar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab vabo kabi tarqaldi va markazi Myanmada joylashib, ko‘plab musulmonlarni nishonga oldi.
Myanmaning ko‘plab hududlari bunday onlayn firibgarlik, noqonuniy qimor o‘yinlari, shubhali kazinolar va odam savdosi faoliyati uchun baza sifatida foydalanilganlikda gumon qilinmoqda. Bu jinoyatchi to‘dalar politsiya yetib borishi qiyin bo‘lgan uzoq joylarda, xususan, Xitoy va Taylandga yaqin chegara mintaqalarida faoliyat qilmoqda. Myanma hukumati 2020 yilda Karin rayonida bu kabi jinoyatchi tashkilotlardan bir nechtasini yopgan edi. Biroq 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan so‘ng ularning faoliyati qayta avj oldi va yanada kengaydi.
Aun San Su Chji hukumati ustidan harbiy to‘ntarishdan to‘rt yil o‘tib, Myanma muvaffaqiyatsiz davlatga aylandi va misli ko‘rilmagan qator krizislar iskanjasida qoldi.
BMTning «Taraqqiyot dasturi»ga ko‘ra, Myanma iqtisodiy inqiroz va mojarolarning kuchayishi, hukumat nazorati ostidagi rayonlarning qisqarishi, murakkab ekologik xavf-xatar va qashshoqlik darajasining o‘sishidan aziyat chekmoqda.
3,1 milliondan ortiq inson uy-joyini tashlab ketgan, 18,6 million kishi gumanitar yordamga muhtoj, ulardan 13,3 million kishi oziq-ovqat yetishmasligidan qattiq qiynalmoqda.
Myanma yanada ko‘proq boshboshdoqlik va krizisga tortilmoqda
Etnik isyonchi guruhlar o‘zaro bir-biri bilan ittifoq qilishgani sababli hukumat mamlakatning aksar qismi ustidan nazoratini yo‘qotdi. Isyonchilar ikkita mintaqaviy harbiy bazani qo‘lga kiritib, yuqori martabali zobitlarni qo‘lga olishdi. O‘nlab shaharlar va chegara o‘tish punktlarini nazorat ostiga olishdi.
Rohinga musulmonlariga qarshi vahshiy jinoyatlari bilan tanilgan bu harbiy rejim halokat yoqasiga keldi. Yaqinda xuddi Fir’avn qulaganidek qulaydi. Biz xuddi Allohning nabiysi Muso alayhissalom
﴿رَبَّنَا ٱطۡمِسۡ عَلَىٰٓ أَمۡوَٰلِهِمۡ وَٱشۡدُدۡ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَلَا يُؤۡمِنُواْ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ﴾
«Rabbano, ularning mol-dunyolarini yo‘q qil, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki alamli azobni ko‘rmagunlaricha, iymon keltirmasinlar» [Yunus 88]
deya duo qilgani kabi Allohga duo qilib, bu vahshiy rejimni barcha g‘arblik kapitalist ittifoqchilari bilan birga jazolashini so‘raymiz.
Odamlarga haqiqiy rahm-shafqat, adolat va Islom bergan xavfsizlikni o‘rgatish yo‘lida kurash va sabr-toqatni davom ettirish lozim. Ularni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda gavdalanuvchi islomiy yetakchilikni qayta olib kelishga undash kerak. Zero, barcha musulmonlarga – ular qayerda bo‘lmasinlar – qayta himoyani ta’minlashga faqat Xalifalikkina qodirdir. Alloh Taolo bunday dedi:
﴿قَالَ قَدۡ أُجِيبَت دَّعۡوَتُكُمَا فَٱسۡتَقِيمَا وَلَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ﴾
«(Alloh) dedi: Duolaringiz ijobat bo‘ldi, endi to‘g‘ri yo‘lda sobit bo‘linglar va hatto hargiz bilmaydigan kimsalarning yo‘liga ergashmanglar!» [Yunus 89]
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot
bo‘limi ayollar qanoti