Fevral zilzilasiga ikki yil bo‘ldi hamki odamlar azob-uqubatlari davom etmoqda

9
0

Matbuot bayonoti

Fevral zilzilasiga ikki yil bo‘ldi hamki odamlar azob-uqubatlari davom etmoqda

2023 yil 6 fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriya shimolida 5,8 va 7,5 magnitulali ikki yirik zilzila sodir bo‘ldi. Bu 11 ta viloyatga ta’sir ko‘rsatib, katta vayronagarchilik va ulkan insoniy yo‘qotishlarni keltirib chiqardi. Turkiyadagi zilzilada kamida 54 ming inson, Suriyadagi zilzilada 8500 inson halok bo‘ldi. Markazi Qahramonmarash bo‘lgan bu zilzilada halok bo‘lganlar soni, hammasi bo‘lib, 62,000dan oshdi, millionlab inson uy-joysiz qoldi. Ayrim mustaqil ekspertlar va mahalliy manbalar haqiqiy raqam bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Qirg‘inbarot zilzila ortidan odamlar chodirlarda va uy-joy kompleksiga aylantirilgan metal konteynerlarda yashashdi. U yerda vaqtincha yashovchilar ikki yil ichida atigi 7,78 %ga kamaydi. Turkiya prezidenti departamentining 2025 yil yanvar oyida e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtinchalik konteynerlarda hali ham 650 ming jabrdiyda yashamoqda.

Ayni paytda, zilziladan so‘ng 300dan ziyod inson bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Biroq ichki ishlar vaziri Aliy Yerlikaya 2024 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 75 kishi ekanini ta’kidladi. SNR partiyasining Xataydan deputati Narmin Yildirim Kara bizda 140 nafar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati bor, ulardan 38 nafari bolalar, dedi. Shundan kelib chiqqan holda, oilalar davlatning befarqligidan shikoyat qilib, hamon farzandlarini qidirmoqdalar.

Turkiya dunyoda zilzilalar o‘chog‘i bo‘lgan yerlardan biri. Ammo shunga qaramay, davlatning e’tiborsizligi va loqaydligi zilzila paytida yaqqol ko‘rindi. Masalan, aholi zichligi yuqori bo‘lgan hamda norasmiy qurilish keng tarqalgan yirik shaharlarda bunga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmagan. Bundan tashqari, tezkor, kuchli va samarali qidiruv-qutqaruv rejasi avvaldan bo‘lmaganligi, ustiga-ustak, qutqaruv guruhlari ham malakasiz bo‘lganligi hamda e’tiborsizlik ko‘lamining kattaligi fosh bo‘ldi.

1999 yilgi Marmara zilzilasi hokimiyatning davlat qarorlariga qanday e’tiborsiz qaraganligini, muassasalar masalaga panja orasidan qaraganligini, rasmiy idoralar va qurilish tekshiruvlarida poraxo‘rlik keng tarqalganligini oshkor qildi. Bu muvaffaqiyatsizlik davlatning samarali nazorat mexanizmlarini yarata olmaganligidan kelib chiqmoqda. Aslida, 2025 yil 21 yanvarda yuz bergan Bolu mehmonxonasidagi yong‘in ayni muvaffaqiyatsizlikning bevosita oqibatidir. Masalan, bu yong‘in jumladan, mehmonxona egasidan boshlab, yong‘in xavfsizligi sertifikatini bergan hokimiyat, yong‘in haqida hisobot bergan o‘t o‘chirish bo‘linmasi va hech qanday nazoratsiz bunga ruxsat bergan gubernatorlik va turizm vazirligigacha, barchasidagi beparvolik, tekshiruvning yetishmasligi va kapitalistik ochko‘zlikdan darak bermoqda. Bu esa 78 insonning halok bo‘lishiga olib keldi. Shunga qaramay, hamma bir-birini ayblayapti, hech kim javobgarlikni zimmasiga olmayapti. Aslida, jinoyat ham, uning sabablari ham aniq. U ham bo‘lsa, ochko‘z kapitalistlar va ularga xizmat qilayotgan hukmdorlardir. Zero, ular hayot hech qachon tugamaydi va undagi yagona maqsad moddiy boylik to‘plash deb bilishadi.

Yashashdan yagona maqsad faqat Allohni rozi qilishga va abadiy jannatga kirishga harakat qiluvchi islomiy yetakchilik fuqarolarning hayoti, mol-mulki va qadr-qimmati xavfsizligini ta’minlash uchun tinimsiz mehnat qiladi. Uning uchun bundan ortiq sarmoya yo‘q. Zotan, u Allohning odil, xavfsiz va farovon tuzumini hayotning barcha sohasida, imkon qadar go‘zal suratda tatbiq qilishga har doim intiladi. Chunki uning eng oliy g‘oyasi Alloh Subhanahu va Taoloning roziligidir.

﴿وَأَحۡسِنُوٓاْۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴾

«Yaxshilik qiling! Albatta Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi»   [Baqara 195]

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.