Birgina Aqso To‘foni amalga oshirgan shuncha ishlardan so‘ng, Kinona armiyasidagi xolis askarlar Falastinni ozod etish uchun nimani kutmoqdalar?!

9
0

Matbuot bayonoti

Birgina Aqso To‘foni amalga oshirgan shuncha ishlardan so‘ng, Kinona armiyasidagi xolis askarlar Falastinni ozod etish uchun nimani kutmoqdalar?!

Yahudiy armiyasi bosh shtab qo‘mondoni Eyal Zamir Aqso To‘foni operatsiyasi boshlangandan to o‘tgan yilning oxiriga qadar o‘z armiyasining qancha yo‘qotishlarga duch kelganini e’lon qildi. Bu, ayniqsa, ushbu nozik davrda bayonot ortidagi haqiqiy maqsadlar haqida ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.

Ma’lumki, yahudiy vujudi o‘zining harbiy yo‘qotishlarini yashirish uchun ommaviy axborot vositalari senzurasidan qurol sifatida foydalanib, o‘zini yengilmas kuch sifatida ko‘rsatishga harakat qilib keldi. Ushbu tasavvurni paydo qilish uchun o‘zining yolg‘on targ‘ibotini keng yoyadigan mediya mashinasini ishga tushirdi. Ammo, Zamirning yangi 5942 nafar oilaning ro‘yxatga qo‘shilgani va 15 mingdan ziyod jarohatlanganlar borligi haqidagi bayonotlari bu urushda bosqinchi rejimning katta yo‘qotishlarga uchraganini va o‘tmishda e’lon qilingan raqamlar haqiqatni aks ettirmasligini ko‘rsatmoqda.

Ey Kinona qo‘shinlari!

Aqso To‘foni operatsiyasida qilingan ishlar yahudiy vujudi bir karton qog‘oz ekanini, u rostgo‘y mo‘minlar ahd-paymoniga aslo dosh berolmasligini hech shubha qoldirmaydigan darajada isbotladi. Bosqinchi armiyaning afsonasi mujohidlar oyoqlari ostida ezg‘ilandi. Bu shunga dalolat qilmoqdaki, agar yahudiy armiyasi G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, xoin hukmdorlar tomonidan himoyalanmaganida edi, shuningdek, islomiy armiyalar loqaydlik qilib, hukmdorlar buyrug‘iga itoat qilmaganida va ularning energiyalari yahudiylar mudofaasi yo‘lida sarflanmaganida edi, shubhasiz, yahudiy armiyasi aslo oyog‘ida tura olmasdi.

Ey Kinona qo‘shinlari, ey Amr ibn Os va Salohiddin Ayyubiy avlodlari!

Sizning burchingiz Falastindagi birodarlaringizga nusrat berish va muborak zaminni yahudiylar iflosligidan tozalashdan iborat. Chunki siz butun islomiy yurtlarni, asosan, ushbu muborak zaminni hamda ikki qiblaning birinchisi va ikki Haramning uchinchisi bo‘lmish Aqso masjidini mudofaa qilishdan javobgarsiz. Kecha ajdodlaringiz Misr, Shom va Falastinni ozod etib, ularga uzatilgan qo‘llarni kesib tashlaganlari kabi, bugun siz ham anavi jirkanch vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlash hamda diningiz va birodarlaringizga nusrat berishingiz oldida turgan to‘siqlarni parchalab tashlash sari otlanmog‘ingiz lozim. Falastin ozodligi Misr ozodligidan boshlanadi. Misrni uning rejimidan ozod qilish lozim. Chunki Misr rejimi yahudiylar bilan til biriktiribgina qolmay, G‘azodagi ahlimizga qarshi uning jinoyatlariga sherik bo‘ldi, sizlarni ham o‘zining xiyonatiga tortmoqda. Shunday ekan, uni danak kabi tuflab tashlang va o‘rtangizdagi aloqa ipini uzib, sizni kengligi yeru osmonlarcha bo‘lgan jannatga tortayotgan zotlarning arqonini ushlang. Ular sizni Alloh Azza va Jallani rozi qilish uchun Unga, Uning Rosuliga va Uning diniga nusrat berishga, shu orqali o‘zingizni ham, Ummatni ham bu malay rejimlar kishanidan qutqarishga va birgalikda Islom davlatini barpo etishga chaqirmoqdalar. Zero, Islom davlati Ummatni birlashtiradi va barcha musulmon yurtlarini, avvalo Falastin zaminini ozod etish sari armiyalarni harakatga keltiradi. Bas, shunday qiling, ey Kinona qo‘shinlari! Shoyad Alloh sizdan qabul qilib, nusratni sizning qo‘lingizga bitgan bo‘lsa va buyuk yutuqqa erishgan bo‘lsangiz! Shoyad, siz tufayli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bo‘lmish kuch-qudrat davlati barpo etilsa.

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴾

«(Ey mo‘minlar), sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Rabbano, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalar doxil bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsiz?!»     [Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.