Ey musulmon armiyalar! Bu ikki ahmoqni kim to‘xtata oladi?

11
0

Matbuot bayonoti

Ey musulmon armiyalar!

Bu ikki ahmoqni kim to‘xtata oladi?

Kecha tunda barcha sun’iy yo‘ldosh kanallari AQSH prezidenti Donald Trampning yahudiy vujudi bosh vazirini qabul qilish marosimi va ularning muzokaralaridan oldingi matbuot anjumanini namoyish etdi. Tramp ekranlarda G‘azo sektori haqida ahmoqona bayonotlar berish, sektorni aholisidan bo‘shatib, Amerika nazoratini o‘rnatish niyatini bildirish bilan tomoshabinlarni kuldiruvchi masxaraboz sifatida namoyon bo‘ldi.

Biz Amerika xalqi o‘z prezidentining bunday bema’ni bayonotlari tufayli qanday sharmandali vaziyatga tushib qolgani haqida to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz. Ularning prezidentlari o‘z xalqini butun dunyo oldida kulgiga aylantirgani ko‘rinib turibdi. Dunyo davlatlari prezidentlari va tashqi ishlar vazirlarining bunday telbanamo bayonotlarni rad qilib, ularni xalqaro qonunga zid, deyishlarini ham, Xalqaro Amnistiya tashkilotining Tramp bayonotlarini absurd deb ta’riflashini ham sharhlab o‘tirmaymiz!

Bizni bu yerda ko‘proq qiziqtirgan va biz uchun muhim sanalib, sharhlashimiz kerak bo‘lgan narsa Islom Ummatidir. Chunki u ayni telbanamo bayonotlar bilan nishonga olindi va hujumga uchradi. Xo‘sh, Ummatning hukmdorlari tomonidan yuzaki bildirilgan qoralashlar kifoya qiladimi? Nima deb o‘ylaysiz, bu ikki ahmoqni to‘xtatish uchun hukmdorlarning xalqaro qonunlarga rioya qilishlari va uni buzmasliklari kifoya qiladimi?

Yo‘q, albatta. Islom Ummati bunga haqiqiy javob berishi kerak. Bu javob tarixda Rosululloh ﷺning pozitsiyalarida hamda Ummatning haqiqiy er kishilari bo‘lmish xalifalari va sarkardalari tutgan mavqeda namoyon bo‘ladi. Masalan, Rosululloh ﷺning Qaynuqo yahudiylariga nisbatan tutgan pozitsiyalarini olaylik. O‘shanda ular bir muslimaga hujum qilib, bir musulmonni o‘ldirishganda Rosululloh ﷺ ularga qarshi butun qo‘shinni safarbar qilganlar va ularni qamal qilib, so‘ng Qaynuqo yahudiylarini Madinadan Azraotga surgun qilganlar. Xalifa Horunar Rashid Ummat dushmaniga kofirning bolasi deb xitob qilib, boshlanishi dushmanning oldida, oxiri esa xalifaning huzurida bo‘ladigan katta qo‘shin tortishi haqida aytgan. Natijada dushman tiz cho‘kib, qayta jizya to‘lay boshlagan. Mo‘tasim Billah esa, bir muslima yordam so‘rab maktub yozganida, u uchun o‘ch olib, Amuriyani fath qilgan. Sulton Abdulhamid II Falastinni himoya qilish pozitsiyasini tutgan. Bulardan boshqa yana Ummatning qator buyuklari ham Falastin uchun shunga o‘xshash ulug‘vor pozitsiyada turganlar. Alloh barchalarini rahmat qilsin.

G‘azo va uning aholisini qirg‘in qilish va vayronagarchiliklar Amerikaning bevosita ko‘magi, himoyasi va homiyligi bilan yahudiy-Amerika harbiy mashinasi tomonidan amalga oshirildi. Agar musulmon armiyalari mana shu yahudiy vujudini muborak Falastin tuprog‘idan supurib tashlash va yurtlarimizdan Amerikaning dumini qirqib tashlash sari qo‘zg‘alganda edi, bu qirg‘in ham, vayronagarchilik ham sodir bo‘lmas edi.

Ey musulmon qo‘shinlari!

G‘azodagi, so‘ng G‘arbiy Sohildagi shuncha vayronagarchilik va qirg‘inlarga guvoh bo‘lyapsiz-u, bularga qoningiz qaynamayaptimi?!

Siz anavi telba Trampning urush jinoyatchisi bo‘lmish Netanyaxuni qahramon sifatida kutib olayotganini ko‘ra turib, Ummatingizni g‘azablantiruvchi bayonotlarini eshita turib, Mo‘tasimlar g‘ururi sizda uyg‘onmadimi, bu izzat-nafsingizga tegmadimi, axir, siz Ummatning qo‘shini, tayanchi, mudofaachisi va saqlovchi qalqonisiz-ku?!

Ruvaybiza hukmdorlarni ildizi bilan qo‘porib tashlashingiz, malay rejimlarni yo‘q qilib, Islom boshqaruvini barpo etishingiz, Ummatingiz shon-sharafini tiklashingiz vaqti kelmadimi?! Adolatsizlikni ko‘rib uxlolmaydigan, botilni ko‘rib sukut qilolmaydigan, o‘z Islomida, Ummatida, yurtida va muqaddas narsalarida xorlikni ko‘rib rozi bo‘lmaydigan haqiqiy er kishilari orangizda yo‘qmi?! Sizga qulay imkoniyat keldi, uni qo‘ldan boy bermang. Mana, aniq siyosiy shar’iy qarashlarga ega Hizb ut-Tahrir sizdan nusrat so‘rayapti. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishi uchun unga nusrat bering. Siz shunday qilsangiz, butun Ummat anavi ikki tentaklarga qarshi bir musht bo‘lib oyoqqa turadi va ularni shayton vasvasasiga solib qo‘yadi.

 Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.