Islom Ummati G‘azo ahlini yolg‘iz tashlab qo‘ygani kabi G‘arbiy Sohil ahlini ham yahudiylar zulmiga tashlab qo‘yadimi?!

10
0

Matbuot bayonoti

Islom Ummati G‘azo ahlini yolg‘iz tashlab qo‘ygani kabi G‘arbiy Sohil ahlini ham yahudiylar zulmiga tashlab qo‘yadimi?!

Yahudiy armiyasi G‘arbiy Sohilda «Temir devor» nomli jangovar operatsiya boshladi. Buni 21 yanvar kuni Janin shahri va u yerdagi qochqinlar lagerida boshlagan edi. So‘ng Tulkarm va uning lageriga qadar kengaytirdi. U bu operatsiyani kelgindi yahudiylarni himoya qilish va G‘arbiy Sohilda, ayniqsa, shimoldagi «terrorizm»ni yo‘q qilish, degan da’vosi doirasida amalga oshirmoqda. Operatsiyada hozirga qadar 17 inson shahid bo‘ldi, o‘nlabi yaralandi va asirga olindi. Yahudiy kuchlari, shuningdek, nishonga olingan hududdagi oilalarni u yerdan quvib chiqarib, uylarni portlatdi, infratuzilmani vayron qildi, kasalxonalarni qamalga oldi. Mahalliy axborot vositalari Janin shahri hokimi Muhammad Jarrorning bunday deganini keltirdi: «(Isroil) armiyasi 15 ming fuqaroni lagerni bo‘shatishga majbur qildi. Operatsiya boshlanganidan buyon lager ichidagi 100dan ziyod xonadonni portlatdi, uylarga o‘t qo‘yib, vayron qildi. Masalan, 70-80ta uyni yoqib yubordi, 30-40 uyni butunlay kulini ko‘kka sovurdi, yuzlabi qisman yoqildi. Bundan tashqari, Janin ko‘chalarini buldozer bilan surib, suv, elektr, kanalizatsiya va aloqa tarmoqlarini yo‘q qildi. Bu harbiy operatsiyaning eng og‘riqli tomoni Janin qochqinlar lageridagi odamlarning ommaviy ravishda majburiy ko‘chirilishi va vayronagarchilikning to‘xtovsiz davom etishidir». Bularning barchasi G‘arbiy Sohil yuzlab nazorat-o‘tkazish punktlari va darvozalar bilan to‘sib tashlangan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Bu to‘siqlar har bir shahar va qishloqni kichik qamoq lageriga aylantirdi va muborak zamin ahlining tang-baxtsiz vaziyatini yanada kuchaytirdi. Bundan tashqari, G‘arbiy Sohil bo‘ylab uy-joylar va inshootlarni vayron qilish davom etmoqda.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon etilishi bilanoq yahudiy vujudi Sohilning shimolida jangovar operatsiya boshladi. Shundoq ham, G‘azo genotsidi chog‘ida bu jinoyatlarini to‘xtatmagan edi. Ustiga-ustak, bu yoqda Falastin ma’muriyati ham «Vatan himoyasi», degan soxta, yolg‘on nom ostida va Amerikaning buyruqlarining ijrosi sifatida operatsiya boshlab, yahudiylar operatsiyasi bilan musobaqalashdi hamda Janin lagerini 48 soat qamal qilib, u yerdagi mujohidlarni yo‘q qilishga urindi. U «Qonunga qarshi chiqqanlar», deganda mana shu mujohidlarni nazarda tutyapti. Hatto bu ma’muriyat hozirda Janin bilan Tulkarmga va ularning lagerlariga qilayotgan hujumlari bilan yahudiy vujudiga yordam bermoqda, shu orqali xo‘jayinini rozi qilish evaziga undan qo‘lga kiritgan narsasi atigi ushoqlar bo‘lyapti.

G‘arbiy Sohildagi tajovuzlar xuddi yahudiy armiyasining G‘azodagi genotsid urushiga o‘xshaydi. Masalan, yahudiy armiyasi tinch aholini nishonga olib, ayollar, bolalar va qariyalarga bomba tashlayapti, insonlardan tirik qalqon sifatida foydalanyapti, masjidlar, uy-joylarni vayron qilib, yoqib yuboryapti va aholisini qamal qilib, ko‘chishga majbur qilyapti, ulardan suv, elektr va oziq-ovqat yo‘llarini kesib, infratuzilmani ishdan chiqaryapti, kasalxonalarni qamal qilib, tez yordam guruhining yaralanganlarga yetib borishiga to‘sqinlik qilyapti.

Bu jinoyatkor vujud mo‘min to‘g‘risida na ahdga boqadi va na burchga. Bunday jinoyatlari uning Islom va musulmonlarni naqadar qattiq yomon ko‘rishini ko‘rsatib turibdi. U o‘z zalolatiga botib, xomxayollari va tavrotiy rejalarini amalga oshirishda davom etyapti. Nega, chunki u o‘ziga Amerikaning islomiy yurtlardagi o‘z malaylari bilan yordam berayotganini, kuch va omonlik sabablari bilan ta’minlayotganini, Islom Ummati va uning armiyalarining esa Rosulimiz ﷺning Isro maskanlariga nusrat berish va muborak zaminni ozod etishga birorta ham harakat qilmayotganini ko‘rib turibdi.

Ey Islom Ummati!

Sen muborak zaminni yahudiylar iflosligidan poklash uchun yetarli kuch-qudratga, moddiy va insoniy potensiallarga egasan. Ammo shunday bo‘la turib, hech narsa qilmayotganing juda uyat va sharmandalikdir. Sen hatto yahudiylarni G‘arbiy Sohilda izg‘ib, buzg‘unchilik va jinoyat qilib yurishlariga qo‘yib beryapsan, G‘azo sektoridagi hodisalarga miq etmay qarab turibsan. Biz senga shuni eslatib ogohlantirib qo‘ymoqchimizki, bu qonxo‘r vujud muborak zamin bilan ham kifoyalanmaydi, balki ertaga o‘zining tavrotiy orzulariga ushalishish yo‘lida harakat qiladi. Bu ishda uni (Isroil)ning maydoni kichik ekanini va kengaytirish kerakligini da’vo qilayotgan Tramp qo‘llab-quvvatlaydi. Biz so‘zimizni xossatan Iordaniya bilan Misr ahliga va qo‘shinlariga qaratamiz. Chunki Tramp G‘azo ahlini shu ikki yurtga ko‘chirmoqchi bo‘lyapti, xuddi bu yurtlar o‘zinikidek, mamlakat ahli uning qo‘g‘irchoqlaridek. Shunday ekan, ey Ummat, sen muborak zamin ahliga yetib olib, ularga zudlik bilan nusrat bermog‘ing hamda yahudiylar bilan Amerika tomonidan tuzilayotgan rejalarni chippakka chiqarmog‘ing lozim. Buning uchun avvalo anavi yuvindixo‘r hukmdorlardan qutulishing, so‘ng muborak zaminga yurish qilishing kerak. Agar shunday qilmasang, dunyoda ham, oxiratda ham Allohning g‘azabi va katta yo‘qotishga giriftor bo‘lasan.

﴿وَإِن تَتَوَلَّوۡاْ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمۡثَٰلَكُم﴾

«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangiz, U (o‘rningizga) sizdan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!»                [Muhammad 38]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.