Amerikaning G‘azo ahlini ko‘chirish siyosatiga qarshi turish Islomiy Ummatning shar’iy burchidir

12
0

Matbuot bayonoti

Amerikaning G‘azo ahlini ko‘chirish siyosatiga qarshi turish Islomiy Ummatning shar’iy burchidir

Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati Dakka va Chitagong shaharlaridagi ko‘plab masjidlar oldida 2025 yil 7 fevral juma namozidan keyin namoyishlar o‘tkazdi. «Amerikaning mazlum G‘azo ahlini ko‘chirish siyosatiga qarshi turish Islom Ummatining shar’iy burchidir», deb nomlangan ushbu namoyishlar AQSH prezidenti Donald Tramp bayonotiga javoban uyushtirildi. Tramp Oq uyda yahudiy bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bergan matbuot anjumanida Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini ishg‘ol etishni va uy-joylarni qayta qurish uchun uni o‘z nazoratiga olishni maqsad qilayotganini aytdi. G‘azo musulmonlarini Iordaniya bilan Misrga ko‘chirish taklifini kiritgani bilan maqtanib, ikki davlat bu talabni qabul qilishga majbur ekanliklarini ta’kidladi.

Ushbu namoyishlarda nutq so‘zlaganlar bir necha muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, shuncha repressiya va bostirishlarga qaramay, G‘arbning G‘azo ahlini ko‘chirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi, islomiy yurtlardagi Amerikaga malay hukmdorlarning amalga oshirgan jinoyatlari, Trampning bunday takabburlik bayonotini berishga qanday jur’at qilganligi, Falastinni ozod etishning haqiqiy yo‘li, Salohiddin Ayyubiy avlodlari bo‘lmish xolis harbiy zobitlar rolining muhimligi kabi mavzular.

Ushbu nutqlardagi eng muhim fikrlardan qisqacha keltiramiz:

«Ey musulmonlar!

Trampning bu bayonoti bosqinchi yahudiy vujudining omadi chopmay qolgan bir paytda yangradi. Zero, bosqinchi vujud bevosita AQSH qo‘llab-quvvatlovi bilan G‘azo ahlining irodasini sindirish maqsadida 15 oy tinimsiz genotsid jinoyatlarini sodir etish bilan ham muvaffaqiyatga erisholmadi. G‘azo infratuzilmasining 60 foizidan ko‘prog‘ini, jumladan, kasalxonalar, masjidlar, universitetlar va maktablarni vayron etdi. Biroq, shularga qaramay, G‘azo ahli sinmas qat’iyat bilan yana o‘z uylariga qaytmoqdalar. Tramp va uning tarafdorlari ko‘chirilganlar o‘z tuproqlaridan voz kechishni istamay, yana tog‘lar qadar mustahkam iroda bilan vayron bo‘lgan uylariga qaytayotganini ko‘rib, hayratga tushishdi. Shuning uchun Trampning G‘azo ahlini u yerdan ko‘chirish rejasi ushbu muborak zamin ahlining tebranmas iymoni va saboti qarshisida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ bu zaminning darajasi haqida bunday marhamat qilganlar:

«طُوبَى لِلشَّامِ. فَقُلْنَا: لِأَيٍّ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: لِأَنَّ مَلَائِكَةَ الرَّحْمَنِ بَاسِطَةٌ أَجْنِحَتَهَا عَلَيْهَا»

«Shomga tubo jannati bo‘lsin! Nima uchun, yo Rosululloh? – deb so‘radik. Shunda u zot bunday javob berdilar: chunki Rahmonning maloikalari Shom uzra qanotlarini yoyib turadi». (Imom Termiziy va imom Ahmad rivoyati).

Ey musulmonlar!

Muborak zamin ulkan harbiy qudratga ega bo‘lgan islomiy yurtlar bilan o‘ralgan bir paytda, qanday qilib Tramp bunday takabbur bayonotlarni berishga jur’at qila oladi? Dunyoda ikki milliard musulmon bo‘lib, yuz millionlab askarlarimiz bor ekan, u qanday qilib bunday qilishga jur’at etadi? Buning sababi oddiy: Tramp shuni yaxshi bilyaptiki, musulmon yurtlaridagi g‘arbparast malay hukmdorlar 15 oy davom etgan G‘azo urushida o‘z birodarlari tomonida turishmadi, aksincha, islomiy yurtlarni millatchilik asosida bo‘lib-parchalashdi va askarlarini kazarmalarga qamashdi. Garchi bu hukmdorlar yahudiylar tajovuzini ochiq qoralashgan esalar-da, biroq aslida, Alloh Taolo

﴿إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ إِخۡوَةٞ﴾

«Albatta mo‘minlar (bir-birlariga) og‘a-inidirlar»                 [Hujurot 10]

deganiga qaramay, hammalari Amerikaning siyosatlarini ijro etishmoqda.

O‘zingizga ma’lum, Bangladeshdagi ayrim siyosatchilar va ziyolilar Amerikani – mustamlakachi davlatligiga va musulmonlarning ashaddiy dushmani ekaniga qaramay – do‘st tutishgan. Xo‘sh, Amerikadan yordam so‘rayotgan va Tramp mening chaqirig‘imni qabul qildi deya faxrlanayotgan kimsalardan nimani kutyapmiz?! Alloh Taolo bunday degan:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡيَهُودَ وَٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوۡلِيَآءَۘ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٖۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمۡ فَإِنَّهُۥ مِنۡهُمۡۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴾

«Ey mo‘minlar, yahudiylar va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas»     [Moida 51]

Shuning uchun yahudiylarni qo‘llab-quvvatlayotgan Amerikani dushman deb bilish va uning yurtimizdagi malaylarini qulatish har bir musulmonning shar’iy burchidir.

Ey musulmonlar!

Rosululloh ﷺ

«الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi» dedilar. (Sahihi Buxoriy). Chunki musulmonlarning birdan-bir himoyachisi xalifadir. Bugungi kunda Islom Ummatining repressiyadan aziyat chekayotganiga mana shu himoyachining yo‘qligi sababdir. Bu kundek ravshan haqiqat. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir yetakchiligi ostiga kirishingiz lozim. Chunki u Ummatning haqiqiy himoyachisi bo‘lmish Xalifalikni barpo etishga harakat qilmoqda. Siz, shuningdek, Amerika tiqishtirayotgan demokratik va millatchilik kabi siyosiy yechimlarni ham rad qiling. Aks holda qiyomat kuni Allohning huzurida hisob berishingizga to‘g‘ri keladi. Faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatigina Islom Ummati va armiyalarini birlashtiradi. Bu davlat qo‘shinlarining arslondek o‘kirigining o‘zi Ummat duch kelayotgan turli repressiyalarni to‘xtatishga yetarlidir.

Ey Salohiddin Ayyubiy avlodlari bo‘lmish xolis qo‘shinlarimiz!

Bobomiz Salohiddinning Quddusni ozod etish oldidagi to‘siqlardan qanday qutulganini yaxshi bilasiz. Bugungi kunda sizning oldingizda malay hukmdorlar va demokratik sekulyar rejimlar to‘siq bo‘lib turibdi. Sizda tarixiy imkoniyat bor. Shunday ekan, bu malaylarga bo‘yin egmang va Xalifalikni tiklash uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bering. Eslang, Madinada Sa’d ibn Muoz boshchiligidagi harbiy kuchlar kufr yetakchisi Abdulloh ibn Salulni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechib, Rosululloh ﷺga nusrat berganda Ibn Salul o‘zining ojiz ekanini anglab yetgan va faqat qoralashdan nariga o‘tmagan edi. Mamlakatning turli qatlamlari hozirgi malay hukmdorlarning siyosiy o‘yinlaridan charchadi. Haqiqatda, Islom g‘alabasi Ummatni birlashtiradi va natijada haqiqiy takbirlar jaranglaydi. Shuning uchun ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘lida siz musulmonlar mustamlakachi kuchlardan yoki Hindutva davlatidan aslo qo‘rqmang. Amerika ham ichkaridan zaiflashdi, mafkuraviy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hindiston ham o‘z malaylarisiz (Hasina guruhisiz) hech narsa qila olmaydi. Shuning uchun har doim nusrat Allohdan ekanini unutmang.

﴿إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَيَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ﴾

«Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan kunda ham albatta nusrat berurmiz»                                                                                                    [G‘ofir 51]

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.