Matbuot bayonoti
Xalifalik ag‘darilishi xotirasida va uning qaytishi bo‘sag‘asida biz Islom Ummatini uni tezroq qaytarishga da’vat qilamiz
Hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni Xalifalik ag‘darildi. O‘shandan beri Islom Ummati yurtlari bo‘lib tashlanishidan tortib, boyliklari talon-taroj etilishi, farzandlari qirg‘in qilinishi hamda muqaddas narsalari toptalib, shariatiga qilingan hujumga qadar cheksiz azob-uqubatlar va ketma-ket mag‘lubiyatlar iskanjasida yashamoqda.
Lekin Xalifalik bugungi kunda bayroqlari musulmon yurtlari uzra qayta hilpirashiga har qachongidan yaqin qoldi. Zero, biz haqiqatda Madina ahli sayyidimiz Muhammad Mustafo ﷺga siyosiy yetakchi va davlat rahbari sifatida bay’at qilish haqida o‘zaro maslahatlashgan xuddi o‘sha lahzalarda yashamoqdamiz.
Darvoqe, imom Ahmad bilan Bayhaqiy «Sudan»da rivoyat qilishicha, sahoba Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu musulmonlarning eng katta qarorni qabul qilish bilan Islom tarixidagi oltin sahifalarga qayd etilgan Madinadagi holatlarini sifatlab, bunday deydi: «… Islomini oshkor qiluvchi musulmonlar jamoasi kirmagan birorta ham Ansoriylar xonadoni qolmadi. So‘ng o‘zaro maslahatlashib, qachongacha Rosululloh ﷺni Makka tog‘larida quvg‘inda va xavfda yurishlariga qo‘yib beramiz, deyishdi».
Keyin Jobir roziyallohu anhu ansoriylarni yetmish uch kishi va ikki ayol bo‘lib borishgani va Rosululloh ﷺga Aqaba bay’atini qilishganini tushuntirdi. So‘ng ansoriylardan birining shunday bir pozitsiyasini zikr qildiki, bu bugungi kunda Ummat yashayotgan g‘am-tashvishlarni tamoman ifodalaydi: (Ul zotning qo‘llarini oralarida eng yoshi bo‘lgan As’ad ibn Zurora olib, bunday dedi: «Shoshilmang, ey Yasrib ahli! Biz u zotning Allohning Rosuli ekanini bilganimiz uchun shu yergacha keldik. Bugun u zotga yordam berish barcha arablar bilan janjallashishni, eng yaxshilaringizning o‘ldirilishini va qilichlar sizga qarshi ko‘tarilishini anglatadi. Siz bularga sabr qilsangiz buning mukofotini Allohning O‘zi beradi. Agar boshingizga bir kulfat kelishidan qo‘rqsangiz, buni hozir ayting. Chunki bu Allohning huzurida sizlar uchun uzrga o‘tadi». Shunda ular «Bizni tinch qo‘y, ey As’ad! Allohga qasamki, biz ushbu bay’atdan aslo voz kechmaymiz» deyishdi va hammamiz o‘rnimizdan turib, u zotga bay’at qildik. Payg‘ambar alayhissalom bizdan va’da olib, o‘z shartlarini qo‘ydi va evaziga bizga jannatni va’da qildi).
Shuningdek, «Siyrati Ibn Hishom»da ham yana bir hadis kelgan, unda Ibn Is’hoq bunday deydi: «Menga Osim ibn Umar ibn Qatoda bunday hikoya qildi: Qavm Rosululloh ﷺga bay’at qilar ekan, Banu Solim ibn Avfning akasi ansoriylardan Abbos ibn Uboda ibn Nazla bunday dedi: ey Xazraj ahli, bu zotga nima uchun bay’at qilayotganingizni bilyapsizmi? Qavm, ha, deb javob qilgach, so‘zini davom ettirdi: Siz bu zotga odamlarning qizil-u qora tanlisiga qarshi urush ochish uchun bay’at qilyapsiz. Agar mollaringizga falokat yetib, ulug‘laringiz halok bo‘lganda, u zotni yordamsiz qoldirishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, hozir shu ishni qiling. Allohga qasamki, agar u zotni yordamsiz qoldiradigan bo‘lsangiz, bu narsa dunyo va oxiratda zarar keltiradi. Agar mollaringiz talon-toroj qilinsa ham, ulug‘laringiz o‘ldirilsa ham ul zotga sodiq qolishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bas, u zotga ergashing. Chunki bu narsa Allohga qasamki, dunyo va oxirat yutug‘idir. Ular, mollarimiz talon-toroj qilinsa ham, ulug‘larimiz o‘ldirilsa ham u zotga ergashamiz, agar biz bay’atimizga vafo qilsak, evaziga bizga nima beriladi? – deyishdi. Ul zot «Jannat» deb javob berdilar. Ular «qo‘lingizni bering», deyishdi. Ul zot qo‘lini berdi va ular bay’at qilishdi».
Bu aynan bugun Ummat yashayotgan lahzalardir. Ya’ni Ummat bugun fikr yuritmoqda, hisob-kitob qilmoqda, o‘ziga nazar solib, imkoniyatlarini o‘lchamoqda. So‘ng olamga boqib, uning imkoniyatlarini o‘lchab ko‘ryapti. Bir tarafdan umidvor, ikkinchi tomondan xavotirda. Miyasida ushbu savollar tinmaydi: Islomni siyosiy loyiha sifatida e’lon qila oladimi? Yoki G‘arb va uning malaylariga ko‘ra harakat qilishi kerakmi?!
G‘arb va uning malaylari Ummatni kambag‘allik, qamal va qirg‘in bilan qo‘rqitmoqda! Biroq Ummatning ko‘pchiligi maydonlarda Islomning qaytishini talab qiladigan bo‘lib qoldi. Islom bilan yashashni xohlayapti, ammo keskin qaror qabul qilishga ikkilanib turibdi. Bu Shomda rejim ag‘darilib, qonxo‘r Bashar Asad Damashqdan qochib qolganidan keyin yaqqol ko‘rindi. Biz ilk lahzadanoq butun G‘arbni Shom ahlidan «islomiy shariatni tatbiq qilasizmi, Xalifalikni barpo etasizmi?» deya xavotirlanib so‘rayotganini guvohi bo‘ldik!
Masalaning eng muhim jihati shuki, bu faqat Shom ahliga tegishli emas. Balki butun Islom Ummati Shom ahliga nazar tashlab, ular bilan birgalikda fikrlamoqda va birgalikda masalani muhokama qilmoqda. Hatto ijtimoiy aloqa tarmog‘idagi xizmatlar dunyo bo‘ylab Ummat farzandlarining ushbu savollarga javob topishga harakat qilib, o‘zaro munozara yuritishlari bilan to‘lib ketdi.
Faqatgina Shom ahli deb aytmasligimiz kerak. Balki butun Ummat «mollari talon-toroj qilinsa ham, ulug‘lari o‘ldirilsa ham» Islomga nusrat berib, uni barpo etadimi yoki bu ishni keyinroqqa kechiktiradimi?
Arab bahori bo‘ldi, so‘ng Aqso to‘foni bo‘ldi, so‘ng Shom ahlini ezib kelgan qirg‘in mashinasi vayron bo‘ldi. Xalifalikning qaytishi oldida mashaqqatlar birin-ketin yengib kelinmoqda. Millatchilik loyihalari Ummat nazaridan tushdi. Mana, hozir Shom ahli, oltmish yillik sekulyar tuzumga qaramay, maktablarda qayta Islom dasturi o‘qitilishini olqishlamoqda. Har bir navbatdagi hodisada Ummat G‘arb fikrlaridan uzoqlashmoqda va islomiy fikrlardan tashkil topgan shaxsiyatiga kundan-kunga qaytishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Har bir muhim voqea sodir bo‘lganda, Sayks-Piko chegaralari g‘oyasi chegaralarni bekor qilish g‘oyasi bilan to‘qnash kelmoqda. Ayniqsa, bu G‘azo urushida, Shom tog‘uti qulashida va G‘azoga bo‘lgan tajovuzlar to‘xtaganda yaqqol ko‘rindi.
Xalifalikni qayta barpo etish oldidagi qiyinchiliklar juda oz qoldi. Jamiyatlar voqeligini yaxshi biluvchi insonlar Xalifalikni barpo etish uchun qarshimizda faqat bir lahzadayoq qabul qilinadigan qarordan boshqa ish qolmaganini anglamoqdalar. Bu ansoriy roziyallohu anhularning qarori bilan bir xildir. O‘shanda ular tiriklik Allohning rozi qilish uchun, o‘lim jannatiga yetishish uchun bo‘lishiga rozi bo‘lgandilar.
﴿قُلۡ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحۡيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ + لَا شَرِيكَ لَهُۥۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرۡتُ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴾
«Ayting: (Ey Muhammad): «Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh uchundir. U zotning bironta sherigi yo‘qdir. Mana shunga (ya’ni yagona Allohga ixlos-ibodat qilishga) buyurilganman. Va men bo‘yinsunguvchi-musulmonlarning avvali-peshqadamiman»» [An’om 162-163]
Hizb ut-Tahrir Ummat va uning barcha qo‘shinlariga qo‘lini cho‘zmoqda, ularni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun birgalikda harakat qilishga da’vat qilmoqda. U Xalifalik uchun allaqachon o‘z tayyorgarligini ko‘rib qo‘ygan. Shunday bo‘lgach, ey musulmonlar, bu yil Xalifalik ag‘darilishi xotirlangan so‘nggi yil bo‘lishi va kelasi yillarda insha Alloh har yili uning qayta barpo bo‘lganini nishonlashimiz uchun biz bilan birga harakat qiling.
Muhandis Salohiddin Azoza
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot bo‘limi raisi