Musulmonlarni kim bo‘lyapti?

10
0

Musulmonlarni kim bo‘lyapti?

 Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasining O‘sh viloyati bo‘limi “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘sh shahri va O‘sh viloyati bo‘yicha qo‘mita rahbari Doniyor Risaliyev imom-xatiblarni qattiq nazoratga olish kerakligini ta’kidladi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasining mintaqadagi “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bo‘limining boshlig‘i Tinchtikbek Orozbayev esa, masjidlarda imom-xatiblarni ishga olish bo‘yicha yaxshi tekshiruvlar olib borilmayotganini tanqid qildi. U viloyatdagi 1078ta masjidning 87 nafar imom-xatibi “Salafiylik” yo‘nalishiga, 145 nafari esa “Tablig‘” yo‘nalishiga amal qilishini va hatto O‘sh shahridagi masjidlarda “Adep Bashat”, “Sulaymoniya” kabi jamoalarning fikrini qo‘llab-quvvatlovchilar imomlik qilayotganini alohida ta’kidladi.

 Bundan avval prezident Japarov “Din to‘g‘risida”gi qonunni imzolaganini e’lon qilar ekan, mamlakatda sud tomonidan taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” va shu kabi 20ta tashkilot va hali ta’qiqlanmagan 14ta jamiyat faoliyat yuritayotgani, ularga qo‘shilayotganlar soni kundan-kunga ortib borayotganidan xavotir bildirgan edi.

Ma’lumki, rasmiy hukumat masjid imomlarini turli Islomiy jamoalarga mansublikda ayblab, shu bahonada musulmonlarni bir-biriga qarshi qo‘yishni ko‘zlamoqda. Aniqrog‘i, masjidlarga hukumatning buyrug‘ini hech ikkilanmay bajaradigan imomlarni tayinlash orqali, ulardan qirg‘iz jamiyatining bir qismi bo‘lgan Islomiy jamoalarga qarshi foydalanishni ko‘zlamoqda. Hukumat o‘z manfaatlariga asosiy tahdid, deb hisoblaydigan “Hizb ut-Tahrir” Islomiy siyosiy uyushmasiga qarshi kurashdan bu ishni boshladi. O‘nlab yigitlarni hibsga olib, Hizbga qarshi soxta ayblovlar qo‘yishni kuchaytirdi. Bu ishlar ortidan masjid imomlari hukumat manfaatlariga zid bo‘lgan jamoalarni jamiyatdan ajratishga harakat qilishi kutilmoqda. Bu bilan hukumat diniy sohani to‘liq qo‘lga olishni va Islomni o‘zi chizgan chegaralar ichida nazorat qilishni maqsad qilmoqda. Demak, yuqoridagi yig‘ilishdan ma’lum bo‘lishicha, hukumatning Hizbga qarshi kurashi ortidan boshqa jamoalarga ham kurash boshlashi va fitnalar uyushtirishi kutiladi.

Shu o‘rinda musulmonlar bir yoqadan bosh chiqarib, hukumat tomonidan olib borilayotgan “bo‘lib tashla, hukmron bo‘l” siyosatiga qarshi turishlari kerak. Zero, jamoalar o‘rtasidagi ixtilofli masalalar shar’iy ray bo‘lib, ular faqat mujtahidlar o‘rtasidagi muhokama bilan hal bo‘ladi. Lekin, asosiy masalada musulmonlar bir tana kabidirlar. Ularning barchasi Allohga, farishtalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga va yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligiga iymon keltirishda bir xildirlar. Shunday ekan, hukumat musulmonlarni bo‘lib tashlash uchun “ekstremizm va terrorizm” kabi kufr tiqishtirgan atamalarni musulmon birodarlarimizga qarshi qo‘llashi va ularga qarshi kurash olib borishi joiz emas! Zero, mustamlakachilar haqiqiy Islomga amal qiluvchilarni va da’vatni ko‘tarib qiluvchilarni “ekstremist”larga aylantirib qo‘yishdi. Aslida bu atamalar Islom va musulmonlarga qarshi kurash uchun o‘ylab topilgan. Shunday ekan, mustamlakachi kofirlar va ularning malaylarining hiylalariga aldanib qolishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Alloh Taolo aytadi:

وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ اللَّهُ وَاللَّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ

“Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makkor»roqdir”. [8:30]

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.