Sudan xavfsizlik xodimlari Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Fotih Abdullohni hibsga oldi

30
0

Matbuot bayonoti

Sudan xavfsizlik xodimlari Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Fotih Abdullohni hibsga oldi

Bundan uch kun avval Vaddul Muslimin rayonidagi «Xolid ibn Valid masjidi»da Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Fotih Abdulloh demokratik o‘zgarishlar va uning Islomga zidligi haqida ma’ruza qilishi ortidan 2024 yil 4 dekabr chorshanba kuni Manoqil shahri xavfsizlik xodimlari tomonidan hibsga olindi hamda bir necha soat ushlab turilishi asnosida kaltaklandi va tahdid qilindi, so‘ng qo‘yib yuborildi! Ertasiga 2024 yil 5 dekabr payshanba kuni xavfsizlik idorasiga qayta chaqirildi. Ammo ushbu bayonotimiz yozilgunga qadar ustoz Fotihning taqdiri nima bo‘lganini bilolmadik.

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari bunday xatti-harakatga nisbatan quyidagilarni ta’kidlaymiz:

Birinchidan: Kofir G‘arb musulmonlarning yurtlariga olib kirgan demokratiya Islomga hech qanday aloqasi bo‘lmagan kufr nizomidir. Bu nizom o‘zining umumiy tushunchalari, mayda tafsilotlari, hosil bo‘lish manbai, kelib chiqish aqidasi, qurilgan asosi, olib kelgan fikr va qonunlarida Islom ahkomlariga tamoman ziddir.

Ikkinchidan: Ustoz Fotihning «aybi» Islom da’vatini yetkazish, ya’ni haq so‘zni aytish, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishdir. Bu esa Allohga imon keltirib, Uni yagona deb bilish amalidan keyin eng buyuk va ulug‘ amallardan hisoblanadi. Aslida, unga yordam berish kerak edi, hibsga olib, bu yo‘ldan to‘sish emas!

Uchinchidan: Bu rejim va uning gumashtalari hamon o‘zlarini sekulyar va demokrat mustamlakachi kofir G‘arb loyihalarining posbonlari ekanliklarini, Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni buzishni istaydigan kimsalar ekanini isbotlashyapti. Alloh Taolo aytadi:

﴿ٱلَّذِينَ يَسۡتَحِبُّونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا عَلَى ٱلۡأٓخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبۡغُونَهَا عِوَجًاۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ضَلَٰلِۢ بَعِيدٖ﴾

«Ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni egib-buzishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo‘ldan) yiroq bo‘lgan gumrohlikdadirlar»

                                                                                                  [Ibrohim 3]

Ulardan darhol ustoz Fotihni qo‘yib yuborishlarini, unga ziyon yetkazmasliklarini va undan uzr so‘rashlarini talab qilamiz, shoyad ustoz uzrlarini qabul qilib, unga qilgan zulmini kechirar.

To‘rtinchidan: Bizga bu xorlik va xo‘rlik hayotini ravo ko‘rgan, shubhasiz, mana shu demokratik tuzumdir. Bugungi la’nati urush olovi yoqilishiga ham shu tuzum sababchi. Bas, shunday bo‘lgach, qanday qilib unga chaqirishimiz mumkin?!

Xulosa: Islom boshqaruvining qaytishiga va ahkomlarini yer yuzida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida tatbiq etilishiga harakat qilish barchamiz uchun farzdir. Ushbu Xalifalik bilan zimmamizdan johiliyat o‘limi gunohini soqit qilamiz hamda Alloh yo‘lidan uzoq-uzoqda yashayotganimiz bu xorlik hayotiga barham beramiz. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«… وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«… Kim zimmasida bay’at bo‘lmagan holda vafot etsa, johiliyat o‘limini topadi».

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.