Da’vatni ko‘tarib chiquvchilardan birining vafoti

19
0

Ta’ziya

Da’vatni ko‘tarib chiquvchilardan birining vafoti

﴿مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ رِجَالٞ صَدَقُواْ مَا عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ عَلَيۡهِۖ فَمِنۡهُم مَّن قَضَىٰ نَحۡبَهُۥ وَمِنۡهُم مَّن يَنتَظِرُۖ وَمَا بَدَّلُواْ تَبۡدِيلٗا﴾

«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q»

Allohning qazosi va hisob-kitobiga imon keltirganimiz holda biz Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi a’zolari Hizb safidagi da’vat yetkazuvchilardan biri ustoz Hoji Mustafo Abdulloh Isojobir Abushiy (Abu Anas)ning vafot etganini chuqur qayg‘u ila xabar qilamiz.

Ustoz Abu Anas 80 yoshdan oshganda 2024 yil 3 dekabr seshanba kuni ertalab vafot etdi. U o‘z hayotini roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga qaratilgan da’vatni ko‘tarib chiqish bilan o‘tkazdi. Hizb ut-Tahrir safiga juda erta, bolalik paytlarida qo‘shilgan. U kishi sabr-toqatli, haqiqatga intilishda juda ham faol edi. Da’vat faoliyati davomida qamoqqa olinib, zolimlar zindoniga tashlandi. Vafot vaqti kelgunga qadar da’vatni olib chiqishda sobit, Allohga bergan ahdu paymonida sodiq turdi. Biz ustozni shunday deb bilamiz. Lekin Allohga gunohdan pok deb, ko‘rsatmaymiz. Zero, hisob-kitob qilguvchi U zotning o‘zidir.

Allohdan Abu Anasni o‘zining keng rahmatiga olib, bepoyon jannatiga doxil aylashini, Firdavsi A’loda anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘rab qolamiz, ularga hamroh bo‘lmoq naqadar go‘zal baxt. Shuningdek, oilasiga ham ajri azim berib, faqat Allohdan hisob kutuvchi sobirlardan aylashini so‘raymiz.

﴿إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ﴾

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz»                                                                      [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.