G‘azo ahli qirg‘in, ochlik va sovuqni boshdan kechirmoqdalar Ey musulmonlar, kech bo‘lmasidan ularga yordamga shoshiling!

15
0

Matbuot bayonoti

G‘azo ahli qirg‘in, ochlik va sovuqni boshdan kechirmoqdalar

Ey musulmonlar, kech bo‘lmasidan ularga yordamga shoshiling!

G‘azo sektori markazidan janubigacha cho‘zilgan g‘arbiy mintaqalarda havo pastlab ketishi oqibatida g‘azolik qochqinlarning minglab chodirini suv bosdi. Shundoq ham G‘azo ahli yahudiy vujudi tomonidan sodir etilayotgan vahshiy genotsid sababli juda og‘ir sharoitda yashamoqdalar. G‘azo hukumati matbuot bo‘limi qochqinlarga boshpana bo‘layotgan 10 mingga yaqin chodirni havo haroratining pastlab ketganligi tufayli suv bosib, dengiz to‘lqini oqizib ketganini xabar qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorining g‘arbiy hududlarida 35 kvadrat kilometr maydonda taxminan 1,8 million qochqin istiqomat qiladi. Bu odamlar qishning sovuq sharoiti, infratuzilmaning butunlay ishdan chiqishi, munitsipalitetlarning hech narsa qila olmasligi, chunki yomg‘ir suvlari va kanalizatsiya suvlarini yig‘ishtirish imkonini beruvchi resurslar va imkoniyatlar yo‘qligi sababli katta falokatga duch kelishmoqda. Oqibatda epidemik kasalliklar tarqalishi xavfi yuqori. Chunki qochqinlar juda tiqilinch yashamoqdalar va zaruriy narsalar yetishmayapti. «UNRWA» tarqatgan hisobotlarga ko‘ra, yomg‘irgarchilikning ko‘p bo‘lishi va infratuzilmaning yo‘qligi sababli bir yarim million g‘azolik suv toshqini xavfsi ostida qolgan.

Yomg‘irgarchilik G‘azo ahlining, yayniqsa, yashash uchun eng zarur narsalardan mahrum ahvolda chodirlarda yashayotgan qochqinlarning azob-uqubatlarini yanada kuchaytirdi. Zotan. bular na yozning issig‘idan to‘sadigan va na qishning sovug‘idan saqlaydigan, yomg‘ir suvi ham, dengiz to‘lqini ham oqizib ketadigan yaroqsiz-sifatsiz chodirlardir. Eng yaxshi holatda, chodir ichidagilar tik turib uxlaydilar, chunki uning tomidan chakki o‘tib, yerni loy qilgan, chodirning devorlari yirtilib, shomol urib turadi. Ya’ni G‘azo ahli sovuq, ochlik va ayovsiz qirg‘inlar iskanjasidalar. Shahid bo‘lmaganlar yoki o‘qlar, bombalar va raketa hujumlaridan omon qolganlar ochlik yoki noto‘g‘ri ovqatlanish qiyinchiligi ostida bo‘lib, sovuq ularning suyak-suyaklariga o‘tib ketmoqda. Hatto ba’zilari ochlikdan halok bo‘lyapti. Yahudiylarning shafqatsiz qirg‘inlarida bo‘lgani kabi ochlik va sovuq eng qattiq ayollar va bolalarga ta’sir qilmoqda.

G‘azo xalqi bir yildan ortiq vaqtdan beri boshdan kechirayotgan shafqatsiz genotsid urush yuraklarni parchalab, ko‘zlarni qon yig‘latmoqda. Qolaversa, G‘azo ahli dunyodagi eng kuchli qo‘shinlarga ega Ummatning bir qismidirlar. Xo‘sh, Misr va Iordaniya qo‘shinlariga nima bo‘ldi? Nega ular atigi bir chaqirim masofada bo‘lsa ham, g‘azoliklarga yordamga kelishmaydi, nega bu shafqatsizlik va zulmni tugatish uchun chora ko‘rishmaydi?

Bas, Islom Ummat o‘z qarorini qachon qaytarib oladi? Qachon hukmdorlarni ag‘darib, o‘zini va G‘azo ahlini bu asirlikdan qutqaradi? Bu hukmdorlar yahudiylarga yonilg‘i, kiyim-kechak, sabzavot va meva-cheva jo‘natayotgan bo‘lsalar, G‘azo ahliga bir-ikki burda narsa faqat yahudiylarning ruxsati bilan yetib borishi mumkin. Islom Ummati mustamlakachilar tomonidan talon-toroj qilingan boyliklarini qachon qaytarib olib, ulardan G‘azo xalqi hamda boshqa yurtlaridagi och va kambag‘allar manfaati uchun foydalanadilar? Ummat qachon o‘z egnidan qo‘rquv, nomardlik, mutelik changini qoqib tashlab, kuch-qudratini qaytarib oladi? Qachon Sayks-Piko chegaralarini buzib tashlab, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh bayrog‘i ostida birlashadi? Qachon ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan yetakchiga ergashadi?! Ey Islom Ummati, yordam bering, qutqaring, aks holda, vaqt kech bo‘lib, bu dunyoda pushaymon, oxiratda ziyon ko‘rasiz.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.