Rohinga musulmonlari Xalifalik yo‘q bir zamonda musibat ketidan musibatga duchor bo‘lmoqdalar

9
0

Matbuot bayonoti

Rohinga musulmonlari Xalifalik yo‘q bir zamonda musibat ketidan musibatga duchor bo‘lmoqdalar

2024 yil 10 noyabr kuni Indoneziyaning Achex viloyati ma’muriy markazi bo‘lmish Banda-Achex tomonidan qabul qilinmagan 152 nafar Rohinga qochqinlari Janubiy Achexga qaytishga majbur bo‘ldi. Mahalliy hukumat bu qochqinlarni Myanma hududidan ikki hafta oldin Janubiy Achexga joylashtirgan edi. Ular yuk mashinalarida yana yuzlab kilometr yo‘l bosib o‘tdilar. Hozirda ular Janubiy Achexdagi «GOR Tapaktuan» sport markaziga joylashtirilgan. Boshqa tomondan, 2024 yil 12 noyabr kuni «Radio Free Asia» radiosi Myanmadagi zo‘ravonlik va ta’qiblardan qochgan Rohinga qochqinlari harbiy xunta va Arakan armiyasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va Myanmadagi fuqarolik urushida qatnashishga majbur qilingani haqida xabar berdi. Rohingalarning aytishicha, ular hech qanday harbiy mashg‘ulotlardan o‘tkazilmasdan jonli qalqon sifatida frontga jo‘natilgan va ularga ishdan chiqqan o‘qotar qurollar berilgan. Harbiy xunta internetda ularning o‘qotar qurol ko‘tarib yurgan suratlarini tarqatgandi. Biroq aslida ularga o‘q-dorilar berilmagan, aksincha, frontning oldingi safiga qo‘yib yuborilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z lagerlaridan 80 nafar qochqin o‘g‘irlanib, majburan Myanma chegarasidan olib o‘tib ketilgan.

Bu surunkali muammo ertami-kechmi krizisga aylanib, yana ko‘p fojialarni keltirib chiqarishi mumkin. Rohinga musulmonlari bilan aynan shunday bo‘ldi. Bangladeshning Myanmaga majburan qaytarish siyosati sababli fuqaroligi yo‘q Rohingalarning fojialari tugamayapti. Hatto ular Malayziya va Indoneziyaning Achex sohillarida qolib ketganlarida ham bir necha bor mamlakatga qabul qilinmadilar.

«Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilmoq» degan maqol Rohinga musulmonlari boshdan kechirgan fojialarning murakkabligini ifodalash uchun noo‘rin va sodda bo‘lib qoladi. O‘nlab Osiyo sammitlari, BMTning son-sanoqsiz rezolyutsiyalari bu muammoni hal qila olmadi. Chunki muammo Myanmaning jinoyatchi rejimi, Bangladesh davlatining muvaffaqiyatsizligi, Malayziya va Indoneziyadagi millatchi rejimlar hamda qochqinlar lagerlari va Andaman dengizidagi jinoiy guruhlarning blokadasi kabi murakkab masalalar bilan o‘ralgan. Bangladeshlik akademik Krishna Kumar Saxa «ReliefWeb»dagi maqolasida Rohingalarni vataniga qaytarish masalasi Myanmaning hamkorlik qilmasligi hamda qurolli Rohinga guruhlarining qarshiliklari kabi sabablarga ko‘ra, muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ehtimoli yuksakligini ta’kidladi.

Rohingalar boshdan kechirayotgan fojia Osiyo va dunyoni boshqarayotgan global tartibning barbod bo‘lganini ko‘rsatadi. Biz ayni tartibga muqobil bo‘luvchi olamshumul tuzumga muhtojmiz, chunki u nafaqat Rohinga, balki G‘azo, Sharqiy Turkiston va butun dunyodagi musulmonlar boshdan kechirayotgan azob-uqubatlarga chek qo‘yadi. Shubhasiz, Rohinga muammosini faqatgina ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlagandagina hal qilish mumkin! Bu qo‘llab-quvvatlov faqat musulmonlarning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifaligi bo‘lmish qalqoni va haqiqiy rahbariyati orqali amalga oshadi! Xalifalik global yangi tartibni o‘rnatadi hamda mustamlakachi kofir davlatlar bilan diplomatik aloqalarni uzib, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaydi. Arakanni ozod etib, Bangladesh, Indoneziya va Malayziyadagi nomard rejimlarga barham beradi.

Xalifalik siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan butun sa’y-harakatini musulmonlarni zulmdan himoya qilishga, qon va nomuslarini himoya etishga sarflaydi, bunda na masofaning uzunligiga qaraydi, na oqibati qimmatga tushishiga. Chunki Islom buni farz qilgan. Bu haqda Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«فَإِنَّ دِمَاءَكُمْ وَأَمْوَالَكُمْ وَأَعْرَاضَكُمْ بَيْنَكُمْ حَرَامٌ عَلَيْكُمْ كَحُرْمَةِ يَوْمِكُمْ هَذَا، فِيْ شَهْرِكُمْ هَذَا، فِيْ بَلَدِكُمْ هَذَا»

«Shubhasiz, sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va nomuslaringiz sizlarga ushbu (muborak) kuningiz, oyingiz va shahringiz(da urush) harom qilingani kabi haromdir».

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.