Ta’ziya
Da’vatni ko‘tarib chiquvchilardan birining vafoti
﴿وَبَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ + ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَٰبَتۡهُم مُّصِيبَةٞ قَالُوٓاْ إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُون﴾
«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering»
Bugun Alloh Taoloning qazosiga imon keltirganimiz holda fozil birodarimiz va otaxonimiz hoji Hozim Muhammad Yahyo Rohuning 2024 yil 22 noyabr juma kuni vafot etgani xabarini oldik. Darhaqiqat, rahmatli ustoz Xalifalik davlatiga ko‘z tikib, da’vatni xolis ko‘tarib chiqqan va Hizbning oliyhimmat birinchi a’zolaridan biri edi. Yoshining keksayib qolganiga ham, surunkali kasallik o‘tqazib qo‘yganiga ham qaramay, vafot etguniga qadar voqea-hodisalarni kuzatib borib, Hizb fikrlarini tarqatishda davom etdi.
Shu munosabat bilan biz Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati a’zolari marhumning oilasiga iliq hamdardlik bildiramiz. Shuningdek, o‘zimizga va barcha da’vatni ko‘tarib chiqayotgan birodarlarimizga ham hamdardlik bildirib, Mavlo Azza va Jalladan ustozni O‘zining keng rahmatiga burkashini, roziligi va mag‘firatini yog‘dirishini hamda bepoyon jannatida anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘raymiz, ularga hamroh bo‘lmoq naqadar buyuk baxt! Ahli oilasi va yaqinlariga sabru jamil berib, buning ajridan bizni mahrum aylamasligini, fitnaga uchratmasligini so‘rab qolamiz.
Hizb ut-Tahrirning Iroqdagi
matbuot bo‘limi