Shom qo‘zg‘oloni xoinlar sharmandasini chiqarib, malaylar aybini fosh qiladigan qo‘zg‘olondir

11
0

Matbuot bayonoti

Shom qo‘zg‘oloni xoinlar sharmandasini chiqarib, malaylar aybini fosh qiladigan qo‘zg‘olondir

Biz Misrda Shomdagi diktator rejim va uning oilasining uzoq yillik hukmronligining tugashi haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatib bordik.

Biz Kinona zaminidan Shom zaminidagi qo‘zg‘olonchi ahlimizga murojaat qilib, ularga xolis nasihat yo‘llamoqchimiz:

Ey qo‘zg‘olon ahli! Misr va uning qo‘zg‘oloniga nima bo‘lganiga e’tibor bering. Qanday qilib Amerika hokimiyatni qayta tiklab, Misr ahliga yovuzlik, shafqatsizlik va zulmda avvalgisidan ham o‘tadigan yana bir amerikaparast malay rejimni o‘rnatganiga qarang va bizdan ibrat oling. G‘addor Amerikaga ishonmang va tayanmang, uning siyosiy yechimlariga va da’vo qilayotgan saylovlariga, istayotgan o‘tish davri hokimiyatiga aslo rozi bo‘lmang. G‘arbning mustamlakachi tashkilotlariga ham, u yerlardan chiqayotgan xalqaro rezolyutsiyalarga ham quloq solmang. Chunki ularning barchasi qo‘zg‘oloningizni va istaklaringizni tortib olish va bergan qurbonliklaringizni zoye ketkazish niyatida tuzilgan. Shuni bilingki, sizning dushmaningiz Amerika, uning ittifoqchilari va loyihasini tatbiq qiluvchilaridir. Qo‘shni hukmdorlarning har biri Amerikaning xizmatkorlari bo‘lib, uning rejalarini bajarib, sizga va qo‘zg‘oloningizga qarshi to‘qigan fitnalarini ijro etib kelishmoqda. Erdogan, Sisiy va Bashar o‘rtasida farq yo‘q. Har biri sizni turli suratda aldayotgan amerikaparastlardir. Yodingizda bo‘lsin, dushmaningiz siz bilan faqat tupikka kirib qolib, o‘ziga chiqar yo‘l topolmaganda va ustingizdagi xo‘jayinligini qayta tiklashga imkon qilolmay qolgandagina muzokara stoliga o‘tirishi mumkin, xolos. Shunday ekan, arzimas dunyo manfaati uchun dinini sotgan itoatgo‘y kimsalarning chaqiriqlariga quloq solmang. Bizning Misrdagi ahvolimizga boqing va ibratlaning. Ayrimlar zolimlarga tayanib, Amerikaning nayranglariga ishonib, oxiri qo‘y kabi so‘yildi. Alloh sizni dushman yovuzligidan asrasin!

Bu narsalarning har birini danak kabi tuflab tashlang va qo‘zg‘oloningizni oxirigacha olib boring, rejimni butunicha ag‘darib, ildizlari bilan qo‘porib tashlashdan boshqasiga rozi bo‘lmang. «Ey Alloh, Sendan o‘zgaga tiz cho‘kmaymiz», deya hayqirgan ekansiz, rejimni Parvardigoringiz rozi bo‘ladigan narsaga almashtiring. Buning uchun «yetakchimiz toabad, sayyidimiz Muhammad», deya hayqirgan ekansiz, u zotning sunnatlariga ergashing. «Yo Alloh, Sendan o‘zga tayanchimiz yo‘q», degan ekansiz, U zotga itoat qiling. So‘ng qo‘zg‘olonni sizga nusrat beradigan va haq-rost g‘amxo‘rlik qiladigan Islom davlatini barpo etishga olib boring. Shuni bilingki, bundan boshqa yo‘l bilan hargiz yaxshilikka yetolmaysiz, eski rejim yangi shakli va basharalari bilan qaytib keladi, yana sizni qul qilib, rizqingizni qiyishni boshlaydi. «Alloh uchun, Alloh uchun», dedingizmi, bas, qo‘zg‘oloningizni Alloh uchun sobit qiling, Amerikadan, uning malaylaridan va gumashtalaridan tozalang, faqat va faqat Alloh uchunligini e’lon qiling. Alloh uchun Uni rozi qiluvchi davlat bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo eting.

﴿وَلَا تَرۡكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴾

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas»       [Hud 113]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.