Shom qo‘zg‘oloni o‘z ulug‘vorligini tiklamoqda, uning dushmanlari esa kelishuv tuzog‘iga turtmoqda

15
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qo‘zg‘oloni o‘z ulug‘vorligini tiklamoqda, uning dushmanlari esa kelishuv tuzog‘iga turtmoqda

Frontlarda besh yil davomida harbiy amaliyotlar to‘xtab qolganidan so‘ng, 2024 yil 27 noyabrda bir nechta harbiy tuzilmalar ishtirokida jinoyatchi rejimga qarshi amaliyotlar boshlangani e’lon qilindi. «Agressiyani to‘xtatib qolish» deb nomlangan bu amaliyot Hay’ati Tahrirush Shom nazoratidagi Halabning g‘arbidagi qishloqdan boshlandi. Ko‘zlangan maqsadlar: «jinoyatchi rejim hujumlarini to‘xtatish, ozod qilingan hududlardan Eron jangarilari tahdidini bartaraf etish va odamlarning o‘z yerlariga qaytishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish» ekani aytildi. Buning ortidan bir necha kundan so‘ng Halabning Milliy armiya nazoratidagi shimoliy qishloqlarida «Ozodlik tongi» nomi ostida yangi amaliyot boshlandi.

Janglar boshlanishi bilanoq odamlar ilk qo‘zg‘olon boshlangan paytdagi jo‘shqinlik va kuch-quvvatni qayta tiklab, takbir ayta boshladilar. Sadoqatli qo‘zg‘olonchi va mujohidlar kuchli qat’iyat va g‘ayrat ko‘rsata boshladilar. Ular hudud, qishloq va shaharlarni jinoyatchi rejim nazoratidan ozod qilishda eng ajoyib qahramonlik dostonlarini yozdilar. Ayniqsa, Alloh Taoloning ularga ko‘rsatgan izzat-ikromi va ularga rizq eshiklarini ochib, dushmanning har xil turdagi qurollarni o‘lja qilib olishlariga imkon berishi, shuningdek, xalqning turli darajada qo‘llab-quvvatlashi natijasida Halab shahrini ozod qildilar. Buning ortidan Saroqib, Maarratu No‘mon va Xon Shayxunni, shuningdek, Halab va Idlibning juda ko‘p shahar va qishloqlarini ozod qildilar. Alloh ularga g‘alaba berib, ularning qarshisida hududlar ketma-ket quladi. Ushbu maqola yozilgan lahzaga qadar ko‘plab shahar va qishloqlarni ozod qilganlaridan keyin Hama shahri ostonalarigacha yetib bordilar. Bular dushman qalbiga dahshat solgan Xoms va Dar’a qahramonlarining sa’y-harakatlari bilan bir vaqtda bo‘ldi. Chunki Xoms va Dar’a qahramonlari rejimning nazorat punktlari va harbiy kazarmalariga hujum qilib, uning burnini yerga ishqab qo‘ydilar. Jinoyatchi rejimni qo‘llab-quvvatlovchilar hamda uning askarlari va bezorilari qalbiga haqiqiy qo‘rquv o‘rnashdi. Bularning barchasi Amerika va uning yurtlarimizdagi zararkunanda rejimlardan iborat malaylari qalbiga qo‘rquv soldi. Ular (terrorizmga qarshi kurashda) jinoyatchi rejimni qo‘llab-quvvatlashlarini, Suriya hududiy birligi va mustaqil qaror qabul qilishini istashlarini e’lon qilishdi. Bunga kichik o‘yinchilarga eng jirkanch rollarni taqsimlagan amerikalik katta pudratchi, AQSH milliy xavfsizlik maslahatchisi Jek Sallivanning: «Biz Suriyadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz va bu borada mintaqadagi hamkorlarimiz bilan aloqadamiz», deb aytganidan ko‘ra kuchliroq dalil bo‘lmasa kerak. Ayni paytda Turkiya tashqi ishlar vazirligi «Suriyadagi to‘qnashuvlar istalmagan eskalatsiya» ekanini ta’kidladi. Turkiya tashqi ishlar vaziri amerikalik hamkasbiga shunday dedi: «Biz Suriya hukumati bilan muxolafat o‘rtasida tinchlikni tiklash uchun siyosiy jarayonni boshlashga chaqiramiz». Albatta, bu jinoyatchilar makridir va Allohning ularga qarshi makri kattaroqdir.

Ummatning muborak harakati va uning ortidan kelgan natijalar Allohning O‘z bandalari bilan birga ekanligini isbotlaydi. Bu yana shuni isbotlaydiki, qo‘zg‘olonchi va mujohidlarning asl tabiati ularning adolatsizlik ustida uxlamaydigan Allohning askarlari ekanliklaridir. Ummat dushmanlari Shomning qo‘zg‘olonchi ahli irodasini va ularning o‘zgartirishga qodir ekanliklariga bo‘lgan ishonchlarini sindirishga qodir emas. Shiddat bilan avj olib borayotgan voqealar, bu haqda berilgan ko‘plab tahlillar bu yerda keskin va ochiq ko‘rinib turgan siyosiy haqiqat borligini, ya’ni jinoyatchi rejimning madorsizligini, ustun va binolari darz ketganini, hatto o‘zini sherdek kuchli qilib ko‘rsatishga har qancha urinmasin, o‘rgimchak to‘ridan ham zaifligini ko‘rsatdi. Agar Amerika dushman va «do‘stlar»dan iborat qurollaridan, shuningdek, konferensiyalar va ularda qabul qilingan qarorlardan foydalanmaganida, u ancha oldin qulagan bo‘lardi.

Shunday ekan, sadoqatli qo‘zg‘olonchilar va ozod mujohidlar madorsizlangan rejimni sohil bo‘yidagi dabdabali qasrida, vatani Damashqda nafasini rostlab olishidan oldin larzaga keltirish uchun to‘xtamay o‘z yo‘llarini oxiriga yetkazishlari lozim. Allohning izni ila hal qiluvchi jang o‘sha joyda bo‘ladi.

Biroq, biz yashayotgan g‘alaba muhitida, janglar boshlanganidan ikki kun o‘tishi bilanoq, «Inqoz hukumati»ga qarashli «Ozod qilingan hududlardagi siyosiy ishlar boshqarmasi» hayratga soluvchi bayonotlar bilan chiqdi. U Shom ahlini qonga belagan hamda ularni qirg‘in qilishda, ko‘chirishda va quvib chiqarishda davom etayotgan salibchi Rossiyani «porloq kelajakni qurishdagi potensial hamkor» deb hisoblab, uni «manfaatlarni Asad rejimi yoki Bashar shaxsi bilan bog‘lamaslik»ka chaqirdi.

Xo‘sh, bayonot mualliflari to‘kilgan qonlar, sochilgan tanalar, zo‘rlangan nomuslarni hamda vayron qilingan bozorlar, shifoxonalar va maktablarni nima qilisharkin?! Buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki bir necha hafta oldin «muxolafat» deya atalmishning muzokarachi delegatsiyasi rahbari Ahmad Ta’ma bu sohada ulardan o‘zib ketdi. U kamtarlik bilan Rossiyaning «muxolafat bilan rejim qarashlarini birlashtirishda kattaroq rol o‘ynashini» talab qildi.

Oddiy odamlar, tahlilchi va kuzatuvchilar orasida bu jangning mohiyati haqida ko‘plab savollar paydo bo‘ldi. Ya’ni, bu samimiy va mustaqil ravishda boshlangan jangmi? Yoki ilmoniy jinoyatchi rejimni mustahkam o‘rnashtirish hamda qo‘zg‘olonga barham berish maqsadida Amerika qabul qilgan yechimga turtish uchun Amerika va Turkiyaning yoqqan yashil chirog‘imi? Buning «yashil chiroq» ekaniga ishora qilgan ba’zi tahlilchilarning aytishicha, uni yoqqanlar ishlarning bu tarzda o‘zgarib ketishini va rejimning mudofaa chizig‘i qulashini kutishmagan. Ayniqsa, qo‘zg‘olonchilarning ulkan energiyalari, imkoniyatlari va mahoratlarini, shuningdek, ularning dushmanlarini shok holatiga tushirgan hamda ularning foydasiga ishlagan qulay sharoitlarni hisobga olsak, ishlar bu tarzda o‘zgarishi aniq.

Qisqacha aytganda, bu jang qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlovchi jamoatchilikning frontlarni ochish, siyosiy va harbiy qaror qabul qilishni qayta tiklash uchun o‘tkazgan bosimlaridan keyin, ayniqsa, rejimning sharoitlari turli darajada yomonlashayotgan va uning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya, Eron va uning Livandagi hizbi o‘zi bilan ovora bo‘lib turgan bir paytda boshlandi.

Dushmanlarimizning qo‘zg‘olonga qarshi har qanday hiyla-nayranglari qo‘zg‘olon ahli tomonidan ongli ravishda hamda bu hiyla-nayranglarni barbod qilishga qaratilgan maydondagi harakatlar bilan qarshi olinishi kerak.

Bugun Shom zaminidagi qo‘zg‘olon va jihod ahlining ko‘rsatgan sabr-matonati, qahramonliklari, qurbonliklari, to‘kilgan qonlari va sochilgan tanalari Islom dushmanlari yo‘lida emas, balki Islom yo‘lida bo‘lmog‘i kerak. Shuningdek, bular Amerika talab qilayotgan va zolim Asad bilan tuzilgan sulhlarning cho‘qintirgan otasi bo‘lgan Turkiya rejimi boshchiligidagi vositalari orqali uni amalga oshirishga zo‘r berib intilayotgan siyosiy kelishuvlar stoliga o‘tirish yo‘lida emas, balki jinoyatchi rejimni qulatish yo‘lida bo‘lmog‘i kerak. Ummat safidagi ozod insonlar rejim nafasini rostlab olishidan oldin unga qarshi kurashni to‘xtovsiz davom ettirish va himoyalangan karton qo‘rg‘onlarini larzaga keltirish zarurligini, shuningdek, u yoki bu davlatga ishonch yorliqlarini topshirmaslik (vakolat bermaslik) kerakligini anglab yetdi. Chunki ularning barchasi Islomga va Shom qo‘zg‘oloniga dushman bo‘lgan davlatlar, rejimlar va xalqaro tashkilotlardir. Ular Shom qo‘zg‘oloniga halokatli yechimlarni joriy etish orqali bizni jinoyatchi rejimga qaytarish uchun kechayu kunduz hiyla-nayrang qilishmoqda.

Biz qo‘zg‘olonchi ahlimizga va ozod mujohidlarga aytamiz: qo‘zg‘oloningizni va jihodingizni bartaraf etish uchun sizlarga qarshi hiyla-nayrang qilayotganlardan ehtiyot bo‘ling. Chunki sizlar Islomning Alloh Taolodan keyingi qo‘riqchi posboni va qo‘zg‘olonning umidisiz. Shunday ekan, vaziyatni o‘zgartirish va jinoyatchi rejimni nom-nishonsiz yo‘q qilish uchun Allohning barakoti ila janubga, poytaxt Damashq tomon yurishni davom ettiring. Shoyad, Alloh bizga ikrom ko‘rsatib, bu rejim vayronalari ustida Islom boshqaruvini, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etishga imkon bersa. Shom ahli va ularning bergan qurbonlari uchun mukofot bo‘lishga birgina Xalifalikning o‘zi loyiqdir. Albatta Alloh Xalifalikni keltiruvchi va unga qodir Zotdir.

 Roya gazetasining 2024 yil 4 dekabr chorshanba kungi 524-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.