Ulamolar tanlovi: haqiqatni aytib aziz bo‘lish yoki yashirib xor bo‘lish

13
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ulamolar tanlovi: haqiqatni aytib aziz bo‘lish yoki yashirib xor bo‘lish

Alloh Taolo bilmagan narsalarimizni ulamolardan so‘rashni buyurdi:

﴿فَسۡ‍َٔلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلذِّكۡرِ إِن كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴾

«Agar bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli ilmlardan so‘ranglar!»         [Nahl 43]

«Zikr ahli» deganda ulamolar nazarda tutiladi.

Alloh Taolo ulamolarning darajasini ko‘tardi:

﴿يَرۡفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ دَرَجَٰتٖۚ﴾

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur»                                              [Mujodala 11]

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إنَّ اللهَ وَمَلاَئِكَتَهُ وَأَهْلُ أَرْضِيهِ يُصَلُّونَ عَلَى مُعَلِّمِ النَّاسَ الْـخَيْرَ»

«Odamlarga yaxshilikdan ta’lim berganlarga Alloh, Uning farishtalari va yer ahli salavot aytadi». (Termiziy va Tabaroniy «Mu’jamul Kabir»da chiqargan).

Rosululloh ﷺ yana aytadilar:

«العُلَمَاءَ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ، وَإِنَّ الأَنْبِيَاءَ لَمْ يُوَرِّثُوا دِينَارًا وَلَا دِرْهَمًا، إِنَّمَا وَرَّثُوا العِلْمَ، فَمَنْ أَخَذَهُ أَخَذَ بِحَظٍّ وَافِرٍ»

«Ulamolar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor ham, dirham ham meros qoldirmaganlar. Balki ilmni meros qoldirganlar. Kim uni olsa, to‘la nasibasini olibdi».

Yuqorida ahli ilm bo‘lish Allohning nazdida yaxshilik ekanligi bayon qilindi. Bu borada juda ko‘p dalillar mavjuddir. Aslida, ko‘pchilik bu mavzuni yaxshi biladi. Chunki muftiyot sohasida faoliyat yuritayotgan va ular bilan hamkorlik qilayotgan ko‘plab ulamolarimiz bu haqda tinmay gapirishadi. Ulamolarni hurmat qilish, ularga itoat qilish haqida ham ko‘p ma’ruzalar qilishadi. Biroq, bu muammoning boshqa tomoni ham bor bo‘lib, u xuddi oyning ikkinchi tomoni kabi oshkor etilmaydi. Mazkur maqolamizda ushbu yo‘nalishga e’tibor qaratib, hukumat tomonidan parlamentga kirgizilgan «E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida»gi qonun misolida bayon qilmoqchimiz.

Bu qonun kufrning Islomga qarshi kurash amaliyoti doirasida kiritildi. Endi ulamolardan birortasi bu haqiqatni oshkor qilsa va bu munkarga qarshi chiqsa – ana shunda ular yuqorida ulamolar haqida aytib o‘tilgan fazilatlarga ega bo‘ladilar. Ya’ni ular Alloh Taolo ko‘targan martabaga, Payg‘ambarlarning vorislari unvoniga loyiq bo‘ladilar. Shuningdek, Allohning o‘zi va yeru osmondagi barcha maxluqotlar, hatto suvdagi baliqlar ham ularga salavot aytadi.

Endi so‘zimizni bir rivoyat bilan davom ettirsak. Iroq hokimi Umar ibn Hubayrga Yaziddan buyruq xati keladi. Hokim Basra va Kufa fuqaholarini chaqirib, ularning bu maktub haqidagi fikrlarini so‘raydi. Shunda Hasan Basriy Rohimahulloh maktubdagi xatolarni nazarda tutib shunday deydi: «Ey Umar, Allohdan qo‘rq! Allohning amriga aslo itoatsizlik qilmaydigan qudratli farishta tushib, seni taxtingdan olib, saroyingdan tor qabrga ko‘chiradigan kun keladi. Shuni unutma, Alloh seni Yaziddan qutqaradi, lekin Yazid seni Allohdan qutqara olmaydi. Shunday ekan, Alloh Taologa gunohlar bilan yo‘liqishdan ehtiyot bo‘l. Xoliqqa (Yaratuvchiga) gunohkor bo‘ladigan ishlarda (yaratilganlarga) itoat qilinmaydi». Hasan Basriy bu gaplarni aytib chiqib ketadi. Uning ortidan kelgan odam undan «Amirga bunday munosabatda bo‘lishingizga sizni nima majbur qildi, shayxim?!» deb so‘raydi. Shunda Hasan Basriy «Meni bunga Allohning ulamolardan ilmi haqida olgan va’dasi majbur qildi» deb ushbu oyatni o‘qiydi:

﴿وَإِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَلَا تَكۡتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمۡ﴾

«Eslang (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» — deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar!»  [Oli Imron 187]

(Xattobiyning «Uzlat» kitobidan qisqartirib olindi).

Agar ulamolar arzimas dunyo matosi uchun haqiqatni yashiradigan bo‘lsalar, Alloh Taolo ularga qattiq azobni va’da qilgan:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡتُمُونَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَيَشۡتَرُونَ بِهِۦ ثَمَنٗا قَلِيلًا أُوْلَٰٓئِكَ مَا يَأۡكُلُونَ فِي بُطُونِهِمۡ إِلَّا ٱلنَّارَ﴾

«Alloh nozil qilgan Kitobdan iborat bo‘lgan narsani berkitadigan va uni ozgina qiymatga sotadigan kimsalar qorinlarini faqat olov bilan to‘ldiradilar»                                                                           [Baqara 174]

Abu Hurayra roziyallohu anhudan Rosululloh ﷺning shunday deganliklari rivoyat qilinadi:

«مَنْ سُئِلَ عَنْ عِلْمٍ عَلِمَهُ فَكَتَمَهُ جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَيْهِ لِجَامٌ مِنْ نَارٍ»

«Kim bilgan ilmi haqida so‘ralsa-yu, uni yashirsa, qiyomat kunida olovli yugan bilan yuganlanadi». (Imom Ahmad rivoyati).

Xo‘sh, ey ulamolar, yuqoridagi qonunning maqsadi va mohiyatini tushunmaganlar «Bu qanday qonun?» deb so‘rasa, nima deb javob berasiz?!

Shu o‘rinda Ahmad ibn Hanbal Rohimahullohdan iqtibos keltirib, nasihat qilib o‘tamiz: Bir kuni shogirdlaridan ba’zilari u zotga «Pardalab gapirib, chetlab o‘tib ketmaysizmi, zora shu bilan balolardan qutulib qolsangiz», dedilar. Shunda buyuk imom «Agar olim pardalashga ruxsat bersa, haqiqat qachon ro‘yobga chiqadi?!», deb javob berdilar.

Rosululloh ﷺ

«العُلَمَاءَ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ»

«Ulamolar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», dedilar. Masalan, ota usta bo‘lsa, ustachilik otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib qolibdi, deymiz. Payg‘ambarlardan ulamolarga nima meros qolgan? Payg‘ambarlar ustachilikni meros qilib qoldirmaganlar. Shuningdek, «Na dinor va na dirham» meros qilib qoldirmaganlar… Ulardan ulamolarga haq dinni yetkazish va haq ustida mustahkam turish meros bo‘lib qolgan. Rosululloh ﷺga din dushmanlar tomonidan turli tazyiqlar hamda juda ko‘p chalg‘ituvchi takliflar bo‘lishiga qaramay, U zot ﷺ «yo bu ish nihoyasiga yetadi, yoki bu bosh ketadi», deb, dinni yetkazishda haqiqat ustida mustahkam turdilar. Mana shu payg‘ambarimizning ulamolarimizga qoldirgan merosidir.

Kim dinni yetkazishda haqiqatdan o‘zini chetga olsa, u omonatga xiyonat qilgan xoindir, ya’ni dinga xiyonat qilgan bo‘ladi. Shariatimizda bunday xoin munofiqlardan din o‘rganilmaydi. Ular olim hisoblanmaydi. Masalan, hozirda «E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida»gi qonun dinimiz uchun foydali, bu qonun musulmonlar manfaatiga xizmat qiladi, desa, ularga ishonib, ergashib ketilmaydi.

Ibn Asokir Ibn Abbosdan shunday rivoyat qiladi, Rosululloh ﷺ aytdilar:

«سَيَكُونُ قَوْمٌ بَعْدِي مِنْ أُمَّتِي، يَقْرَؤُونَ الْقُرْآنَ، وَيَتَفَقَّهُونَ فِي الدِّينِ، يَأْتِيهِمُ الشَّيْطَانُ، فَيَقُولُ لَوْ أَتَيْتُمُ السُّلْطَانَ، فَأَصْلَحَ مِنْ دُنْيَاكُمْ، وَاعْتَزِلُوهُمْ بِدِينِكُمْ! وَلَا يَكُونُ ذَلِكَ، كَمَا لَا يُجْتَنَى مِنَ الْقَتَادِ إِلَّا الشَّوْكُ، كَذَلِكَ لَا يُجْتَنَى مِنْ قُرْبِهِمْ إِلَّا الْخَطَايَا»

«Mendan keyin Ummatim orasidan Qur’on o‘qiydigan va dinda faqih bo‘lgan qavm chiqadi… Shayton kelib, ularga «Sultonning huzuriga borsanglar, dunyolaringizni obod qiladi. Ammo diningizni ushlab ular(ning gunohi)dan uzoq turinglar», deydi. Afsuski, bunday bo‘lmaydi. Chunki yantoqdan faqat tikan olingani kabi, sultonlarga yaqin bo‘lish bilan faqat gunohlar olinadi, xolos».

Ey muftiyot mutasaddilari, qozilar va imomlar, shuningdek, boshqa ulamolar! Sizlarni «E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida»gi qonun qarshisida haqiqatni yashiradigan, birovlarning dunyosi uchun o‘z dinini sotib, ikki dunyo xorlik pozitsiyasini tanlagan xoinlardan bo‘lishingizni istamaymiz. Biz sizlarni Payg‘ambarlarning haqiqiy vorislari bo‘lishingizni, ikki dunyo azizligini tanlagan robboniy ulamolar bo‘lishingizni umid qilamiz. Biz sizlarni Alloh O‘ziga itoat qilish uchun o‘tqazgan ko‘chatlar bo‘lishingizni istaymiz.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لاَ يَزَالُ اللَّهُ يَغْرِسُ فِي هَذَا الدِّينِ غَرْسًا يَسْتَعْمِلُهُمْ فِي طَاعَتِهِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ»

«Alloh Taolo ushbu dinda qiyomat kuniga qadar O‘ziga itoat qilinishida ishlatadigan ko‘chat o‘tqazishni to‘xtatmaydi».

Hizb ut-Tahrir          Qirg‘iziston

    4 jumoduloxir 1446h

                                                        5 dekabr 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.